Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg tokoferol atsetati, yordamchi moddalar: araxis moyi
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
tokoferol atsetati
Preparatning savdo nomi:
α- Tokoferola atsetat (VITAMIN Ye)
Farmakalogik guruhi:
vitamin preparati
Dori shakli:
10% inyektsiya uchun moyli eritma
vitamin preparati
A11NA03
Preparat barcha to‘qimalarda, asosan limfa orqali keng tarqaladi.
Tokoferolni asosiy chiqarilish yo‘li axlat orqali hisoblanadi.
(90-95%).
Tokoferolni qolgan miqdori o‘zgarmagan holatda safro bilan chiqariladi.
Ye vitaminining siydik metobolitlari fitil qoldiqlarining mahsulotlarini namoyon qiladi, oksidlanish jarayonlarini emas.
Ye gipovitaminozi, ateroskleroz va unga bog‘liq bo‘lgan yurak – qon tomir tizimi kasalliklarida, hayz tsiklini buzilishi, amenoreya, jinsiy bezlarning gipofunktsiyasi, erkaklarda spermatogenezni buzilishi, homila tushish xavfida, homilani ona qornidagi rivojlanishni buzilishida ayollar va erkaklarda bepushtlikni majmuaviy davolash sifatida, mushak distrofiyasi, kuyishlar va teri kasalliklarini davolash.
Mushak ichiga inyektsiya qilinadi.
Yuborishdan avval preparatni, 37°S gacha isitish tavsiya etiladi.
Ye vitaminining o‘rtacha sutkalik dozasi 50-300 mg, har kuni yoki kun ora yuboriladi.
Kasallikning turi va og‘irligiga qarab, aniq sutkalik doza va davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.
Shaxsiy sezgirlik oqibatidagi kabi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalar oshirib yuborilganda dispepsiya, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik kelib chiqishi mumkin.
Yuborish joyida og‘riq, infiltrat, yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyalanishi kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik.
Miokard infarktni o‘tkir davri.
K vitaminini tanqisligi fonida gipoprotrombinemiyada qo‘llash mumkin emas.
NYAQP va antioksidantlarni samarasini kuchaytiradi.
A, D vitaminlari, yurak glikozidlari samarasini oshiradi va toksikligini kamaytiradi.
Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar so‘rilishini kamaytiradi.
Temirning yuqori dozalari Ye vitaminiga bo‘lgan organizmdagi ehtiyojni oshirib, oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi.
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin.
Kardiosklerozning og‘ir shakllari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Bevosita ta’sirga ega antikoagulyantlar va K vitamini bilan qo‘llashda dozaga to‘g‘rilashni kiritish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llaniladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Retsept bo‘yicha
1 ml preparat ampulada.
10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.