Zolotaya Zvezda ot grippa i prostud rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 0,325 g, feniramin maleati – 0,02 g, fenilefrin gidroxloridi – 0,01 g, askorbin kislotasi – 0,05 g; yordamchi moddalar: maltodekstrin, mannitol, sukraloza, natriy xloridi, limon kislotasi, qand, aerosil; “Limon” ta’mi uchun – xinolin sarig‘i bo‘yovchisi; “Limon” aromatizatori; “Apelsin” ta’mi uchun – sariq “Quyosh shafag‘i” bo‘yovchisi; “Apelsin” aromatizatori; peg 600; “Malina” ta’mi uchun – “Krasny ocharovatelny AC” bo‘yovchisi; “Malina” aromatizatori.

Preparatning savdo nomi:

“Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud”

Farmakalogik guruhi:

O‘tkir respirator kasalligi (O‘RK) simptomlarini va “shamollashni” bartaraf etish uchun vosita (nonarkotik og‘riq qoldiruvchi vosita+alfa adrenomimetik+N1–gistamin retseptorlarining blokatori+vitamin).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun (limon, apelsin, malina ta’mli) eritma tayyorlash uchun kukun.

Yengil sochiluvchan granulalangan kukun: Limon ta’mi uchun: oqdan och sariq rangligacha bo‘lgan biroz limon hidiga ega granulalar. Tayyorlangan eritma tiniq yoki deyarli tiniq bo‘lib, och sariq rangga ega; Apelsin ta’mi uchun: oqdan och-to‘q sariq rangligacha bo‘lgan biroz apelsin hidiga ega granulalar. Tayyorlangan eritma tiniq yoki deyarli tiniq bo‘lib, och-to‘q sariq rangga ega; Malina ta’mi uchun: oqdan och pushti rangligacha bo‘lgan biroz limon hidiga ega granulalar. Tayyorlangan eritma tiniq yoki deyarli tiniq bo‘lib, och qizil rangga ega bo‘ladi.

O‘tkir respirator kasalligi (O‘RK) simptomlarini va “shamollashni” bartaraf etish uchun vosita (nonarkotik og‘riq qoldiruvchi vosita+alfa adrenomimetik+N1–gistamin retseptorlarining blokatori+vitamin).

N02BE51

Paratsetamol Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparat ichga qabul qilinganidan keyin paratsetamolning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Paratsetamol organizmning ko‘pchilik to‘qimalariga taqsimlanadi, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Terapevtik kontsentratsiyalarda paratsetamolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi juda oz, kontsentratsiyasi oshgani sayin oshib boradi. Jigarda birlamchi metabolizmga uchraydi, glyukuronidli va sulfat birikmalar ko‘rinishida asosan siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1-3 soatni tashkil etadi. Feniramin Feniraminning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 1-2,5 soatdan keyin erishiladi. Feniraminning yarim chiqarilish davri – 16-19 soat. Qabul qilingan dozaning 70-83% organizmdan siydik bilan metabolitlari ko‘rinishida yoki o‘zgarmagan holda chiqariladi. Fenilefrin Fenilefrin me’da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va ichakda va jigarda birlamchi metabolizmga uchraydi. Sulfat birikmalar ko‘rinishida siydik bilan deyarli to‘liq chiqariladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin 45 minutdan 2 soatgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida erishiladi. Yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Askorbin kislotasi Askorbin kislotasi me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 25% ni tashkil etadi. Doza oshirib yuborilganda askorbin kislotasi siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Yuqori harorat, et uvishishi, tanada zirqirab og‘riq, bosh va mushak og‘rig‘i, tumov, burun bitishi, aksirish bilan kechuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklar (O‘RVI, shu jumladan grippni) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Ichga qabul qilish uchun. Bir paketchaning ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritilsin. Issiq holda iste’mol qilinsin. Ta’mga qarab, qand qo‘shish mumkin. Takroriy dozani har 4 soatdan keyin qabul qilish mumkin (24 soat davomida ko‘pi bilan 4 doza). Gripp va shamollashga qarshi “Zolotaya Zvezda” kukunini sutkaning istalgan vaqtida qo‘llash mumkin, ammo preparatni kechqurun uyqudan oldin qabul qilish eng yaxshi samara beradi. Agar preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin 3 kun davomida simptomlarni yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Gripp va shamollashga qarshi “Zolotaya Zvezda” kukunini 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Noxush samaralar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning tasnifiga muvofiq ularni yuz berish tezligining quyidagi gradatsiyalari bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), tezligi noma’lum – mavjud ma’lumotlar bo‘yicha yuz berish tezligini aniqlashning iloji bo‘lmagan. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, agranulotsitoz, leykopeniya, pantsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri toshmasi, hansirash, anafilaktik shok), angionevrotik shish. Tezligi noma’lum: anafilaktik reaktsiya, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Ruhiyatni buzilishlari: Kam hollarda: kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez: uyquchanlik. Kam hollarda: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: midriaz, akkomodatsiya parezi, ko‘z ichki bosimini oshishi. Yurak tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: taxikardiya, yurakni tez urib ketishini his etish. Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: arterial bosimni oshishi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish. Kam hollarda: og‘izni qurishi, qabziyat, qorinda og‘riqlar, diareya. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: “jigar” fermentlari faolligini oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: terida toshma, terini qichishishi, eritema, eshakemi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: siyishni qiyinlashishi. Umumiy buzilishilar va yuborish joyida buzilishlar: Kam hollarda: lohaslik. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlik;tritsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar yoki boshqa simpatomimetik preparatlarni bir vaqtda qabul qilishmonoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish yoki ularni avvalgi ikki hafta davomida qo‘llash;portal gipertenziya;alkogolizm;qandli diabet;saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoz malabsorbtsiya (preparat saxaroza saqlaydi);gipertireoz;homiladorlik;emizish davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari;arterial gipertenziya;yopiq burchakli glaukoma;feoxromotsitomada qo‘llash mumkin emas.

Monoaminooksidaza ingibitorlari qabul qilinganida preparatni qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda buyurilganida paratsetamolning gepatotoksik ta’sir xavfi oshadi. Sedativ vositalar, etanolning ta’sirini kuchaytiradi. Etanol feniraminning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazinning hosilalari siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfini oshiradilar. Paratsetamol Paratsetamol MAO ingibitorlari, sedativ dori vositalari, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Paratsetamolning gepatotoksik ta’sir xavfi barbituratlar (fenobarbital), fenitoin, karbamazepin, rifampitsin, izoniazid, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda oshadi. Uzoq muddat davomida muntazam qo‘llanganda paratsetamol varfarin va kumarinning boshqa hosilalarining antikoagulyant ta’sirini  kuchaytirishi va qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. paratsetamolni bir marta qabul qilish bunday ta’sir ko‘rsatmaydi. Paratsetamolni metoklopramid bilan bir vaqtda qo‘llanganda paratsetamolning so‘rilish tezligi oshadi va muvofiq ravishda qon plazmasida uning maksimal kontsentratsiyasiga tezroq erishiladi. Xuddi shunday tarzda, domperidon paratsetamolning so‘rilish tezligi oshirishi mumkin. Xloramfenilolni paratsetamol bilan bir vaqtda qo‘llanganda xloramfenilolning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin. Paratsetamol lamotridjinning biokiraolishligini (uning jigardagi metabolizmini induktsiya qilish yo‘li bilan) pasaytirishi va lamotridjinning ta’sirini kamaytirishi mumkin. Paratsetamolni so‘rilishi kolestiramin bilan bir vaqtda qo‘llanganda pasayishi mumkin. shu boisdan “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparatini kolestiraminni qabul qilishdan 1 soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi. Paratsetamolni zidovudin bilan bir vaqtda muntazam qo‘llanishi neytropeniyani chaqirishi va jigarni shikastlanish xavfini oshirishi mumkin. Probenetsid paratsetamolning metabolizmiga ta’sir qiladi, shu boisdan probenetsid qabul qilayotgan patsiyentlarda paratsetamolning dozasi pasaytirilishi lozim. Paratsetamolning gepatotoksikligi alkogolni surunkali yoki xaddan ziyod iste’mol qilinganda kuchayishi mumkin. Paratsetamol siydik kislotasini pretsipitat hosil qiluvchi agentni ishlatib laborator aniqlash natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Feniramin Feniramin boshqa dori preparatlarining (masalan, MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, alkogol, parkinsonizmga qarshi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar, narkotik vositalarning) markaziy nerv tizimiga ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Etanol feniraminning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Feniramin antikoagulyantlarning ta’sirini ingibitsiya qilishi mumkin. Fenilefrin “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparatini, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan yoki ularni avvalgi ikki hafta davomida qabul qilgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki fenilefrin MAO ingibitorlarining ta’sirini kuchaytirishi va gipertonik kriz chaqirishi mumkin. Fenilefrinni boshqa simpatomimetik preparatlar yoki tritsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptillin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi yurak-qon tomir tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlarni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Fenilefrin beta-adrenoblokatorlar va boshqa angigipertenziv preparatlarning (masalan, guanetidin, rezerpin, metildopaning) gipotenziv ta’sirini pasaytirishi mumkin. Arterial bosimni oshish va yurak-qon tomir tizimi tomonidan boshqa noxush ko‘rinishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Fenilefrinni digoksin va yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanishi aritmiyalarni yoki miokard infrktini rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Fenilefrinni shoxkuya alkoloidlari (ergotamin, metizergid) bilan bir vaqtda qo‘llanishi ergotizmni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

Davolanish davrida etanolni iste’mol qilishdan saqlanish kerak (gepatotoksik ta’sir rivojlanishi mumkin). “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparati quyidagilarni saqlaydi: Saxaroza (paketchada taxminan 10,3 g). Buni qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar e’tiborga olishlari kerak. Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar, “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparatini qabul qilmasliklari kerak.Mannitol. Tarkibida mannitol bo‘lganligi tufayli, “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparati yengil surgi ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. “Zolotaya Zvezda” ot grippa i prostud” preparatini shikastlangan paketchalardan qabul qilmang. Patsiyentlar shifokorga murojaat qilishlari kerak, agar: bronxial astma (qiyin nafas olish hurujlari), emfizema yoki surunkali bronxit kuzatilsa;simptomlar 5 kun davomida o‘tib ketmasa yoki uch kundan ortiq kun davomida og‘ir isitma, terida toshma yoki doimiy bosh og‘rig‘i bilan kechsa; Bu ancha jiddiy kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida, bu toifa patsiyentlarda preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, qo‘llash mumkin emas.

To‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Paratsetamol Simptomlari (asosan paratsetamol bilan bog‘liq bo‘lib, 10-15 g dan ortiq paratsetamol qabul qilingandan so‘ng namoyon bo‘ladi): dozani oshirib yuborilishining og‘ir hollarida paratsetamol gepatotoksik ta’sir ko‘rsatadi, shu jumladan jigar nekrozini chaqirishi mumkin. Shuningdek dozani oshirib yuborilishi nefropatiyani va jigarni qaytmas shikastlanishini chaqirishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi dozaga bog‘liq, shuning uchun patsiyentlarni, paratsetamol saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish man etilishi to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Zaharlanish xavfi ayniqsa keksa patsiyentlarda, bolalarda, jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, surunkali alkogolizmda, holdan toygan patsiyentlarda va jigar mikrosomal fermentlari induktorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishi jigar yetishmovchiligiga, entsefalopatiyaga, komaga va o‘limga olib kelishi mumkin. Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishini birinchi 24 soat davomidagi simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, tirishishlar. Qorinda og‘riq jigarni shikastlanishining birinchi belgisi bo‘lishi mumkin va odatda 24-48 soat davomida namoyon bo‘lmaydi va ba’zan kechroq, 4-6 kundan keyin namoyon bo‘lishi mumkin. Jigarni shikastlanishi maksimal darajada preparat qabul qilinganidan keyin o‘rtacha 72-96 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi. Shuningdek glyukoza metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz namoyon bo‘lishi mumkin. Xatto jigarni shikastlanishi bo‘lmasa xam o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va o‘tkir tubulyar nekroz rivojlanishi mumkin. Yurak aritmiyasi holatlari va pankreatitni rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan. Davolash: Atsetiltsisteinni antidot sifatida vena ichiga yoki peroral yuborish, me’dani yuvish, metioninni ichga qabul qilish doza oshirib yuborilgandan keyin kamida 48 soat davomida ijobiy samara berishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, nafas va qon aylanishini monitoringini o‘tkazish tavsiya etilgan. Tirishishlar rivojlangan hollarda diazepamni buyurish mumkin.

Retseptsiz beriladi

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limon, apelsin, malina ta’mli). 15 g dan kukun majmuaviy material (qog‘oz, polietilen, alyumin folga) yoki (polietilen, alyumin folga) dan paketchalarda. 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.