Qon va limfatik tizim tomonidan: agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok).
Metabolizm va moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar: giperlipidemiya va lipidlar (triglitseridlar, xolestirol) darajasini oshishi; tana vaznini o‘zgarishi, giponatriyemiya, gipomagniyemiya, gipokaltsiyemiya1, gipokaliyemiya.
Ruhiy buzilishlar: uyquni buzilishi, depressiya (shu jumladan zo‘rayishi), dezoriyentatsiya (shu jumladan zo‘rayishi), gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi (ayniqsa mazkur buzilishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek anamnezda mavjud bo‘lganida ushbu simptomlarning zo‘rayishi).
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta’mni buzilishi, paresteziya.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi/ko‘rishni xiralashishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo‘lishi, qabziyat, og‘izni qurishi, abdominal og‘riq va diskomfort.
Gepatobiliar tizim tomonidan: jigar fermentlari (transaminaza, gamma-glutamintransferaza) darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi, gepatotsitlar shikastlanishi, sariqlik, gepatotsellyulyar yetishmovchilik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: teri toshmasi, ekzantema, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi, ko‘p shaklli eritema, yorug‘likka sezuvchanlik.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushaklar spazmi2, son suyagi, bilak, umurtqa sinishlari.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit (buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi ehtimoli bilan).
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar: asteniya, toliqish, lohaslik, tana haroratini oshishi, periferik shishlar.
1Gipokaltsiyemiya gipomagniyemiya bilan bir vaqtda.
2 Mushaklar spazmi elektrolitlar muvozanatini buzilishi oqibatida.