Preparatga qaramlik Agar benzodiazepin guruhiga kiruvchi trankvilizatorlar, shu jumladan alprazolam uzoq vaqt yoki katta dozalarda qabul qilinsa, preparatga nisbatan o‘rganib qolish va jismoniy yoki psixologik qaramlik holati kelib chiqishi mumkin.
Qaramlik xavfi anamnezida alkogolizm va toksikomaniyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori bo‘ladi.
Davolashni boshida bemorga davolash davomiyligining cheklanganligi to‘g‘risida xabar berish muhim va qanday qilib dozani sekin-asta kamaytirishni tushuntirish kerak.
Muhimi, patsiyent preparatni bekor qilish simptomlari paydo bo‘lishi mumkinligini va shu belgilar paydo bo‘lsa, bezovtalikni qanday kamaytirishni tushunib olishidir.
Preparatning dozasi birdan kamaytirilsa yoki qo‘llash to‘satdan to‘xtatilsa, abstinentsiya sindromi quyidagi simptomlar: bosh og‘rishlari, disforiya, uyqusizlik, bezovtalik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, og‘ir holatlarda – qusish, qorinda xurujga o‘xshash og‘riqlar, kuchli terlash, qaltirash, paresteziya, yorug‘lik yoki tovushga nisbatan yuqori suzuvchanlik, gallyutsinatsiya, deliriy, titrash xurujlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin mumkin.
Bundan tashqari, “bekor qilish” fenomeni rivojlanishi mumkin.
Bu shuni bildiradiki, davolash to‘xtatilgandan so‘ng kasallikning avvaligi simptomlari qaytalaniladi (xavfsirash, bezovtalik, uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarib turishi) va bu belgilar davolashdan oldinga qaraganda yanada ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, benzodiazepinlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jizzakilik, tajovuz, maniya, g‘azab, tungi dahshatlar, gallyutsinatsiyalar, psixozlar, noadekvat xulq-atvor va xulqni boshqa buzilishlari to‘g‘risida ham xabar berilgan.
Bu simptomlar ko‘pincha qariyalarda kuzatiladi.
Ushbu simptomlar paydo bo‘lganda preparatni berishni to‘xtatish kerak.
Abstinentsiya sindromi yoki “bekor qilish” fenomenini kelib chiqish ehtimoli oldini olish va to‘xtatish uchun preparatni iloji boricha qisqa muddatda qo‘llash va dozani sekin-asta kamaytirib, davolash to‘xtatilish kerak.
Patsiyentlar shifokor ruxsatisiz, ixtiyoriy ravishda dozani ko‘paytirish va davolash davomiyligini o‘zgartirish, hamda birdan preparatni qabul qilishni to‘xtatishi mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirilishi zarur.
Ogohlantirishlar Alprazolam ham boshqa benzodiazepin hosilalari kabi, fiziologik va har kundagi stress bilan bog‘liq bo‘lgan xavotirlikni davolashga mo‘ljallangan emas.
Alprazolam shizofreniya, psixozlar, shaxsiyatning o‘zgarishi, obbesiv-kompulsiv holatlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar og‘ir depressiya va o‘z joniga qasd qilish moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Alprazolam qayta berilgan holatlarda sedativ-tinchlantiruvchi ta’siriga nisbatan ko‘nikish kelib chiqishi mumkin.
Preparatni bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Qariyalarda va holsizlangan bemorlarda, shuningdek miyani organik shikastlanishi bo‘lganda benzodiazepinlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir (ataksiya, sedatsiya, gipotenziya) kuchliroq bo‘ladi, shuning uchun bu holatlarda preparatning minimal dozalarini berish va zarurat bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarda alprazolam ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilib, kam dozalar buyuriladi.
Chunki bu bemorlarda nafasni keskin susayishi xavfi bor.
Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga ham minimal dozalar buyurish tavsiya etiladi, chunki bu holatlarda preparatni chiqarilishi pasaygan bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida uning ta’sirini oshishga olib kelishi mumkin.
Uzoq vaqt davolanganda jigar faoliyati va qon manzarasini aniqlab turish maqsadga muvofiqdir.
Tabletkalar o‘zida laktoza saqlaydi, shuning uchun bu preparatni kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi, yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.