Sertralinni MAOI bilan birgalikda, MAOIni qabul qilishni boshlashdan oldin 14 kun davomida va bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida buyurish mumkin emas.
Dozaga tuzatish kiritish zaruratini baholash maqsadida qonda tritsiklik antidepressantlar kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim.
Sertralin va tolbutamidni bir vaqtda qo‘llanilganida qonda glyukoza darajasini nazorat qilish zarur (“Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang).
Serotonin sindromi SQQOSI qo‘llanilganida serotonin sindromi (SS) va xavfli neyroleptik sindrom (XNS) rivojlanishi hollari ta’riflangan.
SQQOSI ni boshqa serotoninergik vositalar (shu jumladan triptanlar va fentanil va ularning analoglari, tramadol, deksometorfan, tapentadol, meperedin, metadon, pentazotsin) bilan, shuningdek serotoninning metabolizmiga ta’sir qiluvchi preparatlar (shu jumladan monoaminoksidaza ingibitorlari), antipsixotik vositalar va dofamin retseptorlarining boshqa antagonistlari bilan birga qo‘llanilganida mazkur asoratlar xavfi oshadi.
SSning ko‘rinishlari bo‘lib, ruhiy holatni o‘zgarishi (xususan, ajitatsiya, gallyutsinatsiyalar, koma), vegetativ labillik (taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishlari, gipertermiya), neyromushak impuls o‘tkazuvchanligini o‘zgarishlari (giperrefleksiya, harakatlar muvozanatini buzilishi) va/yoki me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish va diareya) bo‘lishi mumkin.
SS ning ayrim ko‘rinishlari, shu jumladan gipertermiya, mushaklarning rigidligi, hayotiy muhim funktsiyalar parametrlarini tezda o‘zgarishlari bilan kechishi mumkin bo‘lgan vegetativ labillik, shuningdek ruhiy holatni o‘zgarishi xavfli neyroleptik sindromda (XNS) da rivojlanadigan simptomatikani eslatishi mumkin.
Patsiyentlarni SS va XNS ning klinik ko‘rinishlarni rivojlanishi yuzasidan kuzatish zarur.
QTc intervalini uzayishi yoki “piruet” (torsade de pointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi Sertralinni postmarketing qo‘llash vaqtida EKG da QTc intervalini uzayishi hollari va “piruet” (torsadedepointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar berilgan.
Ko‘pgina hollar bunday holatlar rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan patsiyentlarda qayd etilgan.
Shunday qilib, EKG da QTc intervalini uzayishi yoki “piruet” (torsade de pointes) turidagi taxisistolik yurak qorinchasi aritmiyasi rivojlanishi xavfi omillari bo‘lgan patsiyentlarda sertralinni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Boshqa SQQOSI, antidepressantlar yoki antiobsessiv preparatlardan o‘tish Bir SQQOSI ni bekor qilish va boshqa shunday preparatni qabul qilishni boshlash o‘rtasidagi zarur bo‘lgan interval belgilanmagan.
Boshqa SQQOSI, antidepressantlar yoki antiobsessiv preparatlardan, ayniqsa uzoq muddat davomida ta’sir qiluvchi preparatlardan, masalan, fluoksetindan sertralinga o‘tishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Serotoninni neyronal qamrab olinishining bir ingibitoridan boshqasiga almashtirilganida “xoli bo‘lish davri”ga zarurat yo‘q.
Biroq davolash kursi o‘zgarishlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish talab qilinadi.
Boshqa serotoninergik preparatlar, masalan, triptofan, fenfluramin va 5-NT-agonistlar Sertralinni neyrotransmitter impuls uzatilishiga yaqqol namoyon bo‘lgan ta’siri bo‘lgan boshqa preparatlar (triptofan, fenfluramin, 5-NT-agonistlar yoki tabobatda qo‘llaniladigan giyohlardan tayyorlanadigan preparatlar, teshik dalachoy) bilan bir vaqtda qo‘llanilishini ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish va potentsial farmakodinamik o‘zaro ta’sirni hisobga olib, iloji boricha bundan saqlanish lozim.
O‘z joniga qasd qilish xatti xarakatlari Depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikrlarining yuqori xavfi, o‘ziga shikast yetkazish va o‘z joniga qasd qilishga moyillikga bog‘liqdir.
Bunday xavf barqaror remissiyaga qadar saqlanib qoladi.
Patsiyent holatini yaxshilanishi davolashning birinchi bir necha haftasida yoki undan ko‘proq vaqtda yuz bermasligini inobatga olgan holda bunday yaxshilanish yuzaga kelgunga qadar patsiyentni sinchkovlik bilan nazorat qilishni amalga oshirish lozim.
Shuningdek sog‘ayishning boshlang‘ich bosqichlarida o‘z joniga qasd qilish xavfini oshishi odatdagi hol bo‘lib hisoblanadi.
Sertralin buyurilishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar o‘z joniga qasd qilish hodisalarining yuqori xavfi bilan shuningdek bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu kasalliklar katta depressiv buzilish bilan kechishi mumkin.
Shu boisdan katta depressiv buzilishni davolashdagi kabi aynan shunday ehtiyot choralarini amalga oshirish lozim.
Anamnezda o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki davolanish boshlanishidan oldin o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish fikrlarining yoki urinishlarining yuqoriroq xavfi qayd etiladi.
Bunday patsiyentlar ham davolash vaqtida sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Sertralin bilan davolanayotgan barcha patsiyentlarni, ayniqsa xavf guruhiga mansub patsiyentlarni o‘z joniga qasd qilish xulq-atvori simptomlarini rivojlanishi yoki yomonlashuvini aniqlash maqsadida sinchkovlik bilan kuzatish lozim.
Patsiyentlarni, ularning qarindoshlari va vasiylarini depressiya yuzaga kelishi yoki yomonlashuvi, o‘z joniga qasd qilish fikrlari yoki xulq-atvori paydo bo‘lishi, shuningdek xulq-atvorda har qanday o‘zgarishlar yuzasidan, ayniqsa davolash boshlanishida va preparatning dozasini har qanday o‘zgarishlarida, patsiyent holatini nazorat qilish zarurligi haqida ogohlantirish lozim.
Ayniqsa depressiyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish urinishlari xavfini shuningdek nazarda tutish lozim.
Shu boisdan, dozani oshirib yuborilishi xavfini kamaytirish maqsadida preparatning yetarlicha davolash samarasini ta’minlaydigan minimal dozasini qabul qilish lozim.
Depressiyasi va boshqa ruhiy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish xatti-xarakatlari xavfi mavjud.
Ushbu kasalliklarning o‘zi bunday xulq-atvorning kuchli rag‘batlantiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi.
Depressiyasi yoki boshqa ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va yoshlarda (18-24 yoshdagi) antidepressantlar (SQQOSI va boshqalar) platseboga nisbatan o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xatti-harakatlarini yuzaga kelishi xavfini oshirishi aniqlangan.
Shu sababli, sertralin yoki har qanday boshqa antidepressantlarni bolalar, o‘smirlar va yoshlarda (24 yoshdan kichik) qo‘llaganda o‘z joniga qasd qilish xavfi va ularni qo‘llashdan keladigan foydani taqqoslash lozim.
Bundan tashqari, 24 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlari xavfini oshishi qayd etilmagan, 65 yoshdagi va undan katta bo‘lgan patsiyentlarda bunday xavfning pasayishi qayd etilgan.
18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi Sertralinni 18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas, 6-17 yoshdagi OKB bo‘lgan patsiyentlar bundan mustasnodir.
O‘z joniga qasd qilishga moyillik (o‘z joniga qasd qilishga urinishlar yoki suiqasd fikrlari) va dushmanlik kayfiyati (ko‘proq tajovuzkorlik, muxolif xulq-atvor va g‘azab) antidepressantlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda platseboni qabul qilayotgan patsiyentlarga nisbatan ko‘proq kuzatilgan.
Agar patsiyentni klinik baholash asosida davolashni amalga oshirish haqida qaror qabul qilingan bo‘lsa, patsiyentning holatini o‘z joniga qasd qilish hatti-harakatlari simptomlari yuzasidan sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.
Bundan tashqari, preparatni bolaning o‘sishiga, jinsiy jihatdan yetilishiga hamda kognitiv va xulqini rivojlanishiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar cheklanganligini hisobga olish lozim.
Bolalarni uzoq muddat davolashda shifokorlar rivojlanishda normadan og‘ishlar yuzasidan monitoringni olib borishlari kerak.
Bekor qilish sindromi Preparatni bekor qilinganida ko‘pincha bekor qilish simptomlari, ayniqsa preparatni qabul qilish birdaniga to‘xtatilganida yuzaga keladi.
Bekor qilish simptomlari sertralinni qo‘llashni to‘xtatib qo‘ygan 23% patsiyentlarda va preparatni qo‘llashni davom ettirgan 12% patsiyentlarda kuzatilgan.
Ushbu simptomlarni paydo bo‘lish xavfi bir nechta omillarga, shu jumladan davolash davomiyligiga va dozaga, shuningdek dozani pasaytirish tezligiga bog‘liqdir.
Eng ko‘p uchraydigan reaktsiyalar, bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishlari (shu jumladan paresteziya), uyquni buzilishi (shu jumladan uyqusizlik va chuqur uyqu), ajitatsiya yoki tashvish, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish, tremor va bosh og‘rig‘i hisoblanadi.
Odatda ushbu simptomlar yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘ladi, shunday bo‘lsada, ayrim hollarda ular og‘ir darajada bo‘lishi mumkin.
Odatda ushbu simptomlar davolashni bekor qilishning birinchi bir necha kunlari davomida yuzaga keladi, ammo ehtiyotsizlik oqibatida dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan patsiyentlarda bunday simptomlarni rivojlanishi haqida juda ham kam xabarlar mavjud.
Odatda ushbu ko‘rinishlar chuqurlashib bormaydi va ikki hafta ichida o‘tib ketadi, ular ko‘proq (2-3 oy yoki undan ko‘p) davom etadigan ayrim holatlar bundan mustasnodimr.
Shu boisdan, preparatni qo‘llashni patsiyentning holatiga qarab, bosqichma-bosqich, dozani bir necha hafta yoki oy davomida pasaytirib borgan holda bekor qilish tavsiya etiladi.
Akatiziya/psixomotor qo‘zg‘alish Sertralinni qo‘llanilishi diskomfort yoki bezovtalik subyektiv hissiyoti bilan tavsiflanadigan akatiziyani rivojlanishi va tinch o‘tira olmaslik yoki joyida tinch tura olmaslik bilan kechadigan harakatlanishga ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha bunday simptomlar davolashning birinchi haftalarida kuzatiladi.
Bunday patsiyentlarda dozani oshirilishi zarar keltirishi mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda sertralinni qo‘llash zarurati bo‘lganida preparatning dozasi yoki qabul qilish tez-tezligini pasaytirish ehtimolini ko‘rib chiqish lozim.
Sertralinni jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llab bo‘lmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishi Kutilganidek, sertralinni sezilarli bo‘lmagan buyrak ekskretsiyasini hisobga olib buyrak yetishmovchiligini yaqqolligiga qarab, sertralinning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmasli aniqlangan.
Elektr tirishtirish bilan davolash