Zoldermretsept bilan

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: klotrimazol – 10 mg; betametazonga ekvivalent betametazon dipropionati – 0,64 mg; gentamitsinga ekvivalent gentamitsin sulfati 1 mg; yordamchi moddalar: krem uchun asos.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klotrimazol, betametazon dipropionati, gentamitsin sulfati.

Preparatning savdo nomi:

Zolderm

Farmakalogik guruhi:

mahalliy ta’sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun krem.

oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan, qattiq kiritmalar va zarrachalardan holi bo‘lgan, silliq krem.

mahalliy ta’sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita.

Zolderm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas. Betametazon Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga betametazonning faqat bir qismigina tushadi. To‘qimalarga o‘tishi va so‘rilishi tana sohasiga, terining holatiga, dori shakliga, patsiyentning yoshiga va surtish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Gentamitsin Gentamitsin jarohatlanmagan teriga surtilganda so‘rilishi kuzatilmaydi. Keratin qavati shikastlanganida, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida yoki terining katta yuzalariga surtilganida teri orqali kuchli so‘rilishini kutish mumkin. Klotrimazol Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox vaqtida qoladi, tizimli qon oqimiga esa juda oz so‘riladi. 1% radioaktiv klotrimazol sog‘lom teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga surtilgandan keyin 6 soat o‘tgach quyidagi kontsentratsiyalarni aniqlash mumkin bo‘ldi: shoh qavatda – 100 mkg/sm³, retikulyar qavatda – 0,5-1 mkg/sm³, teri osti kletchatkasida – 0,1 mkg/sm³.

Zolderm kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan bakteriyalar va/yoki zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar allaqachon mavjud bo‘lganda, yoki ularni rivojlanish xavfidan saqlanish kerak bo‘lgandagi dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi. Preparat, eng avvalo, kasallik namlanuvchi jarohatlar bosqichida bo‘lganda qo‘llash uchun to‘g‘ri keladi. Allergik dermatit, atopik dermatit, seboreyali dermatit, ekzema, bichilish, eksfoliativ dermatit, oddiy surunkali temiratki (neyrodermatitlar) kabi bakterial va zamburug‘lar chaqirgan infektsiyalar yoki terini ikkilamchi infektsiya bilan kortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan shikastlanishida qo‘llanadi.

O‘smirlar va kattalar Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib qo‘yiladi va yengil ishqalanadi, ayni paytda terining butun shikastlangan sohasini, hamda uning atrofidagi sog‘lom terining yuzasini ham qamrab olishi kerak. Davolash davomiyligi ham klinik kuzatish va mikrobiologik tadqiqotlarning natijalariga, shuningdek davolashga nisbatan javob reaktsiyasiga bog‘liq. Oyoq panjalari mikozida uzoqroq muddat (2-4 hafta) davolash zarurati ko‘rib chiqilishi mumkin. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar Kremning katta bo‘lmagan miqdori terining faqat shikastlangan sohalariga qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kuniga ikki martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas, kremni surtishlar orasidagi tanaffus kamida 6-12 soat bo‘lishi kerak. Kremni yuz, bo‘yin, bosh terisi, jinsiy a’zolar sohasi, rektal soha va terining intertriginoz sohalariga shifokor nazorati ostida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi. “Maxsus ko‘rsatmalar” va “Bolalarda qo‘llanishi” bo‘limlariga qarang.

Davolashni boshida Teri Kam hollarda: terini ta’sirlanishi, achishishi, terini qichishishi, quruqligi, preparatning ingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va teri rangini o‘zgarishi. Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida va/yoki uzoqroq vaqt davomida qo‘llanganida Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga va/yoki uzoqroq vaqt qo‘llanganida terida mahalliy o‘zgarishlari yuz berishi mumkin. Krem terining katta sohalariga surtilganida tizimli ta’sir ko‘rsatish (buyrak usti bezi po‘stloq qavati faoliyatini susayish) ehtimoli mavjud. Infektsiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik pasayishi tufayli ikkilamchi infektsiyalarni rivojlanish xavfi mavjudligini hisobga olish lozim. Teri Atrofiyalar (ayniqsa yuzdagi), teleangiektaziyalar, striyalar, terining yo‘l-yo‘lsimon atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne, rozatseaga o‘xshash yoki perioral dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini o‘zgarishi kabi mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Teri rangini o‘zgarishini orqaga qaytishi noma’lum. Ba’zida: gentamitsinga nisbatan kontakt sezuvchanlik. Ayrim patsiyentlarda yorug‘likka sezuvchanlik kuzatilgan, biroq keyinchalik gentamitsin qayta surtilganida ultrabinafsha nurlanishning ta’siri ostida yorug‘likka sezuvchanlik qaytalanmagan. Endokrin tizimi Endogen kortikosteroidlarning sintezini susayishi, shishlar bilan kechuvchi giperkortitsizm. Moddalar almashinuvi Qandli diabet (avvalgi yashirin shakli namoyon bo‘ladi). Quloq, ichki quloq/buyraklar Preparatni terining katta maydonlariga surtish bilan davolash vaqtida yoki preparatni terining shikastlangan sohalariga aminoglikozid antibiotiklar bilan bir vaqtda tizimli qo‘llanganida, ototoksiklik/nefrotoksiklikni kuzatilishi mumkin. Skelet-mushak tizimi Osteoporoz, o‘sishni sekinlashishi (bolalarda). Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida qayd etilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

Teri infektsiyalari (viruslar, bakteriyalar [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburug‘lar keltirib chiqargan), vaktsinalarga nisbatan reaktsiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar hisoblanadi. Rozatsea yoki perioral dermatit mavjud bo‘lganida kremni yuzga surtmaslik kerak. Preparatning faol yoki yordamchi moddalaridan biriga, boshqa aminoglikozid antibiotiklarga (gentamitsin bilan kesishgan allergiya) ga yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Zoldermni okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llash ko‘zda tutilmagan. Zolderm kremini shilliq qavatlarga, ko‘z atrofidagi teriga yoki ko‘z yaqin sohalarga surtish mumkin emas.

Jinsiy a’zolar yoki anal teshik sohalaridagi teri Zolderm bilan davolanish vaqtida oq vazelin va quyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarni yirtilishiga qarshi mustahkamligini pasayishiga va demak, ularning ishonchliligini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganida klotrimazol amfoteritsin va boshqa poliyen antibiotiklarga nisbatan antagonistik ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Zolderm preparatini qo‘llash oqibatida terini qichishishi yoki sensibilizatsiyasi paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. Agar Zolderm preparati terining katta sohasiga surtilsa, xususan uzoq vaqt yoki shikastlangan teriga qo‘llanganida, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga so‘rilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda nojo‘ya samaralar, faol moddalar tizimli qo‘llanganidan so‘ng namoyon bo‘lganidek ko‘rinishda rivojlanishi mumkin. Bolalarda qo‘llanganida bunday holatlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Aminoglikozid antibiotiklar bir vaqtda tizimli qo‘llangan hollarda teri orqali so‘rilishi kuchayganida, organizmda to‘planishi oqibatida toksik ta’sirini (ototoksiklik, neftrotoksiklik) kutish mumkin. Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga kesishgan allergiyani paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Tarkibida anibiotiklar saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolanganda sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda yoki superinfektsiya rivojlanganida tegishli davolashni boshlash lozim. Kuchli ta’sir yoki juda kuchli ta’sir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozalarda va katta yuzalarga qo‘llash yoki okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishini susayishi va metabolik ta’sir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda, faqat shifokorning muntazam nazorati ostida amalga oshirish kerak. Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan sohalarida qo‘llashdan saqlanish kerak. Uzluksiz qo‘llash muddati, iloji boricha, 2-3 haftadan oshmasligi kerak. Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta’sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlarni yuzga va jinsiy a’zolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida qo‘llash kerak. Ko‘z atrofiga odatda faqat kuchsiz ta’sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlar qo‘llanadi (glaukoma). Kortikosteroidlar preparatning ingrediyentlariga nisbatan allergik teri reaktsiyalari simptomlarini yashirishi mumkin. Patsiyentga preparatni terining faqat joriy kasalligini davolash uchun qo‘llash kerakligi va dori vositasini boshqa shaxslarga bermaslik kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish kerak.

Homiladorlik Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanishi teratogen ta’sir ko‘rsatgan. Homiladorlarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Aminoglikozidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va agar ularni homilador ayollar qabul qilishsa, homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamitsin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda ortga to‘liq qaytmaydigan ikki tomonlama tug‘ma karlik kuzatilganligi to‘g‘risida xabarlar tushgan. Homiladorlarda gentamitsinni mahalliy qo‘llanishi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Homilador ayollarda klotrimazolni qo‘llash to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarida homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan. Zolderm preparatini faqat mutloq zarurat bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak. Zolderm preparatini terining katta yuzalariga, ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas. Emizish Gentamitsin, klotrimazol va mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarning ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q, biroq tizimli qon oqimiga o‘tuvchi kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ham o‘tadilar. Zolderm sut bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Mahalliy glyukokortikosteroidlar uzoq muddat yoki xaddan ziyod qo‘llanganida ikkilamchi adrenal yetishmovchilikni rivojlanish bilan birga gipofizar-adrenal tizim faoliyatini susayishi va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlarni gentamitsinning bir martalik dozasini oshirib yuborilishi chaqiradi deb hisoblash mumkin emas. Klotrimazolni okklyuzion bog‘lov ostiga 6 soat davomida qo‘llash, dozani oshirib yuborilishi simptomlarini rivojlanishiga olib kelmagan. Gentamitsinni xaddan ziyod yoki uzoq muddat qo‘llanishi antibiotikka nisbatan sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishiga olib kelishi mumkin. Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. O‘tkir giperkortitsizm simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurat bo‘lganida elektrolitlar muvozanatini korrektsiya qilinadi. Preparat surunkali toksik ta’sir qilganida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Rezistent mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishi yuz berganida Zolderm preparati bilan davolashni to‘xtatish va kerakli davolashni buyurish tavsiya etiladi.

Retsept bo‘yicha

Birlamchi o‘rami: 10 g preparat tubalarda. Ikkilamchi o‘rami: 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.