Izoh: dorilarning potentsial o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun bir vaqtda qo‘llanilayotgan preparatning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.
Boshqa dori vositalarining Zoeli preparatiga ta’siri Peroral kontratseptivlar va fermentlarni qo‘zg‘atuvchi preparatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shiddatli qon ketishlarni yuz berishiga yoki xatto kontratseptsiyani samarasizligiga olib kelishi mumkin.
Jigardagi metabolizm.
Jigarning mikrosomal fermentlarini, xususan tsitoxrom P450 (CYP) fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlari yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlar o‘zaro ta’sirga kirishishi mumkin, bu, klirensni kuchayishiga, jinsiy gormonlarning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasayishiga va majmuaviy peroral kontratseptivlar, jumladan Zoelining samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bunday preparatlarga: fenitoin, fenobarbital, primidon, bozentan, karbamazepin, rifampitsin va dalachoy saqlovchi dori yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlar kiradi.
Oksakarbazepin, topiramat, felbamat, grizeofulvin, shuningdek OITV proteazasi ayrim ingibitorlari (masalan, ritonavir va nelfinavir) va qaytuvchan transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, nevirapin va efavirenz) kamroq namoyon bo‘luvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Fermentlarning induktsiyasi davolash boshlangandan keyin bir necha kundan so‘ng yuz berishi mumkin.
Fermentlarning maksimal induktsiyasi, odatda bir necha haftadan keyin kuzatilgan.
Davolash tugatilganidan so‘ng fermentlarning induktsiyasi 28 kun mobaynida saqlanib qolishi mumkin.
Gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda OITV proteazasi ingibitorlari (masalan, nelfiravin) va qaytuvchan transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari (masalan, nevirapin) ning ko‘pgina majmualari, va/yoki S gepatitiga qarshi preparatlar (masalan, botseprevir, telaprevir) bilan majmuasi progestinlar, jumladan nomegestrol atsetati yoki estrogenning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Ayrim hollarda bu o‘zgarishlarning samarasi klinik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlaridan yoki o‘simliklardan olinadigan preparatlardan birontasi bilan davolanayotgan ayollar, Zoelining samaradorligini pasayishi to‘g‘risida xabar berishlari kerak.
Jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi dori preparatlari bilan davolanganda va davolash tugatilganidan keyin 28 kun davomida kontratseptsiyaning to‘siqli usulidan qo‘shimcha ravishda foydalanish kerak Agar faol tabletkalarni bir vaqtda qo‘llanishi joriy o‘ramda nihoyasiga yetayotgan bo‘lsa, unda keyingi o‘ram, platsebo tabletkalarini odatdagi qabul qilmasdan, darhol boshlanishi kerak.
Jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi preparatlar bilan uzoq muddatli davolash kurslari o‘tkazilgan hollarda, ayollar jigar fermentlarini induktsiya qiluvchi preparatlar ta’sir ko‘rsatmaydigan kontratseptsiyaning boshqa usulini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishlari kerak.
CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin) yoki o‘rtacha ingibitorlari (masalan, flukonazol, diltiazem, eritromitsin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi qon plazmasida estrogenlar va progestinlarning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Zoeli preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, lekin rifampitsin va ketokonazol qo‘llangan ikkita tadqiqotda mos ravishda maksimal dozadagi nomegestrol atsetati-estradiol kombinatsiyasi (3,75 mg nomegestrol atsetati + 1,5 mg estradiol) menopauza davri bo‘lgan ayollarda qo‘llanilgan.
Rifampitsinning bir vaqtda qo‘llanilishi nomegestrol atsetatining AUC0-∞ ko‘rsatkichini 95% ga kamaytirgan va estradiolning AUC0-t yakuniy.
ko‘rsatkichini 25% ga oshirgan.
Ketokonazolni (bir martalik dozasi 200 mg) bir vaqtda qo‘llanilishi estradiolning metabolizmiga ta’sir ko‘rsatmagan, lekin nomegestrol atsetatining maksimal kontsentratsiyasini (85%) va AUC0-∞ ko‘rsatkichini (115%) oshirgan, lekin bu klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Bunday natijalar tug‘ruq yoshidagi ayollarga taalluqli deb taxmin qilinadi.
Zoeli preparatining boshqa dori vositalariga ta’siri Peroral kontratseptivlar boshqa dori vositalarining metabolizimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Muvofiq ravishda, ularning qon plazmasidagi va to‘qimalardagi kontsentratsiyasi oshishi (masalan, tsiklosporin) yoki pasayishi (masalan, lamotridjin) mumkin.
Boshqa o‘zaro ta’sirlar Klinik tadqiqotlar vaqtida S gepatitiga (HCV) qarshi preparatlar ombitasvir/paritaprevir/ritonavirning majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz qo‘llanganda ALT darajasini normaning yuqori chegarasidan (ULN) besh barobardan ortiq oshishi MGK lar kabi etinilestradiol saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ancha ko‘proq kuzatilgan.
Etinilestradioldan tashqari, estradiol kabi boshqa estrogenlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda ALT darajasi, estrogenlarni qabul qilmayotgan ayollarda kuzatiladigan ALT darjasi bilan bir xil bo‘lgan.
Biroq boshqa estrogenlarni qabul qilayotgan ayollar soni chelanganligi tufayli, ombitasvir/paritaprevir/ritonavir preparatlarining majmuasini dasabuvir bilan yoki usiz birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.