Zimokard MRretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: trimetazidin gidroxloridi – 35 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy gidrogen fosfati, mikrokristal tsellyuloza, gipromelloza, gidroksipropil tsellyuloza, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, tozalangan talk, izopropil spirti, oq opadriy, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Zimokard MR

Farmakalogik guruhi:

stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun vosita

Dori shakli:

ajralib chiqishi modifikatsiyalangan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq rangli, dumaloq, ikki tomoni biroz qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama silliq tabletka.

stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun vosita

S01EB15

Peroral qabul qilinganida ichak shilliq qavati tomonidan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Smax (ichga 20 mg dozada bir marta qabul qilinganidan so‘ng) 55 ng/ml ni, unga erishish vaqti esa – 2 soatni tashkil qiladi. Biokiraolishligi – 90%. Taqsimlanish hajmi –      4,8 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 16%. Gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi. Buyraklar orqali (taxminan 60% – o‘zgarmagan holda) chiqariladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 4,5-5 soatni tashkil qiladi.

Trimetazidin ishemik miotsitlarni ishemiyani metabolik qoldiqlaridan himoya qiluvchi tsitoprotektor anti ishemik agent hisoblanadi. Yurak ishemik kasalligiStenokardiya xurujlari profilaktikasi (majmuaviy davolashda)Xoreonetinal tomirlar buzilishlariTomirlardan kelib chiqqan bosh aylanishiKoxleo-vestibulyar ishemik tabiatli buzilishlari (quloqlarda shovqin, eshitishni buzilishi). In vitro va in vivo sharoitida miokard ishemiyasini tekshiruvlari shuni ko‘rsatadiki, trimetazidin quyidagi hollarda ko‘rsatilgan: xujayra ichi atsidozi tiklangandanatriy va kaltsiy to‘planishining chegarasiATF xujayra ichi darajasini va kreatininfosfokinaza kamayishini tutib turadimitoxondriyalar funktsiyasini saqlaydimiokard qisqaruvchanligini pasaytiradi yog‘ kislotalarini metabolizmi va miokard metabolizmini oshishi glyukozaerkin kislorodli radikallardan endomembran jaroxatlarini himoya qiladineyrofillar infiltratsiyasini ingibitsiya qiladi.

Trimetazidinni 1 tabletkadan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) ovqatlanish vaqtida, chaynamasdan, suv bilan qabul qilish kerak. Preparat uzoq vaqt qabul qilinadi. Davolash kursini davomiyligi individual ravishda belgilanadi, zarurat bo‘lganda davolanish sxemasi 3 oydan keyin qayta ko‘rib chiqish mumkin.

Tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Tez-tezligi noma’lum – parkinsonizm simptomlari (tremor, akineziya, mushaklar tonusini oshishi), notinch oyoqlar sindromi, yurganda chayqalish va boshqa harakat buzilishlari, ular odatda qaytuvchan bo‘lib, trimetazidimni qabul qilish bekor qilinganida yo‘qolgan. Uyquni buzilishi (uyquchanlik, uyqusizlik)

Trimetazidinga yoki boshqa o‘xshash moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, Parkinson kasalligi, parkinsonizm simptomlari, tremor, notinch oyoqlar sindromi va boshqa harakat buzilishlari, buyrak funktsiyasini jiddiy buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Trimetazidinni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirining natijalari aniqlanmagan. Trimetazidinni beta-blokatorlar, kaltsiy antagonistlari, nitratlar, geparin, gipolipidemik agentlar bilan o‘zaro ta’siri xaqida ma’lumotlar yo‘q. Trimetazidin keng qo‘llaniladigan ikkita, ayniqsa teofillin i digoksin preparatlarining kinetikasiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat fenozon-antipirinni yarim taqsimlanishiga ta’sir qilmaydi, uni dori vositasini gidroksilizatsiyasi induktori ham emas, ingibitor ham emasligini  belgilaydi. Trimetazidinni oqsillar bilan past bog‘lanishi boshqa yuqori oqsillar bilan o‘zaro ta’siri emasligini ko‘rsatadi, Varfarin kabi preparatlarni o‘zaro ta’siri ko‘rsatilgan.

Trimetazidin parkinsonizm simptomlarini (tremor, akineziya, mushak tonusini oshishi) chaqirishi yoki kechishini og‘irlashtirishi mumkin, patsiyentni, ayniqsa keksa patsiyentni muntazam kuzatib turish kerak. Shubhali hollarda patsiyentni tegishli tekshiruv uchun nevrologga yo‘llash kerak. Parkinsonizm simptomlari, tremor, notinch oyoqlar sindromi, yurganda chayqalish kabi harakat buzilishlarini rivojlanishi trimetazidinni bekor qilish to‘g‘risidagi yakuniy qarorga olib kelishi mumkin. Harakat buzilishlarini rivojlanish tez-tezligi past. Ular odatda qaytuvchan harakterga ega, trimetazidinni qabul qilish to‘xtatilganida yo‘qoladi. Ko‘pchilik hollarda trimetazidinni qabul qilish to‘xtatilganida, patsiyentlar 4 oy davomida sog‘ayganlar. Agar parkinsonizm simptomlari trimetazidinni bekor qilgandan keyin 4 oydan ortiq saqlanib tursa, nevrologning maslahati kerak. Beqaror yurishda yoki mushak tonusi pasayganida, ayniqsa antigipertenziv vositalar qo‘llanganida patsiyent yiqilishi mumkin. Agar trimetazidinni organizmdan chiqarilish vaqtini: buyrak funktsiyani o‘rtacha buzilishi;75 yoshdan oshgan keksa patsiyentlarda oshishi mumkin bo‘lsa, patsiyentlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Avtotransportni va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Klinik sinovlarda trimetazidinni gemodinamik ta’sirga ega emasligi aniqlangan. Biroq postregistratsion monitoring vaqtida patsiyentlarda bosh aylanishi, uyquchanlik kuzatilgan, bu avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.