Zig‘ir urug‘lariretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

shilliq moddalar (5-12%), moy (30-48%), oqsil moddalar (18-33%), uglevodlar (12-26%), fermentlar, karotin, vitamin A, organik kislotalar, glikozid linomarin va boshqa biologik faol moddalar saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Zig‘ir urug‘lari

Farmakalogik guruhi:

o‘rab oluvchi vositalar.

o‘rab oluvchi vositalar.

Preparatni me’da–ichak yo‘llarining yallig‘lanish va yarali jarayonlarida (me’da va o‘nikki barmoq yara kasalligi ezofagit, gastrit, enterit, kolit) va qabziyatlarda  kompleks davolashda ichga qabul qilish uchun, shuningdek terining yallig‘lanish kasalliklarida sirtga  qo‘llash uchun ham qo‘llaniladi.

1,5 choy qoshiq (taxminan 8 g) butun zig‘ir urug‘larini sirlangan yoki shisha, yoki chinni idishga solib, ustiga 200 ml (1 stakan) qaynab turgan suv quyiladi, qopkoq bilan yopiladi va 15 min davomida aralashtiriladi, isiiq holda doka orqali suzib o‘tkaziladi va qolgan xom-ashyo siqiladi; shilliq modda olindadi. 1 choy qoshiq urug‘larga 2 choy qoshiq qaynab turgan suv qo‘shiladi, aralashtiriladi va 15 min davomida urug‘larni bo‘kishi uchun qoldiriladi. Me’da-ichak yo‘llarining yallig‘lanish va yarali jarayonlarida shilliq moddani 1/4 stakandan kuniga 3 marta ovqatdan 30 min oldin qabul qilinadi. Ta’mini yaxshilash uchun shilliqqa 1 osh qoshiq meva sharbat qo‘shish mumkin. Davolash kursi 2-3 hafta. Qabziyatda bo‘kkan urug‘larni kuniga 1-3 choy qoshiqdan 2-3 marta suv bilan birga ichga qabul qilinadi. Faqat yangi tayyorlangan shilliq va bo‘kkan  urug‘larni ishlatiladi, ular zaruratga ko‘ra tayyorlanadi va saqlab qo‘yilmaydi. Shilliqni sirtga terining mahalliy yallig‘lanish jarayonlarida kompress va priparkalar (bug‘lash) ko‘rinishida, shuningdek quruq qizdirilgan urug‘larni qopchalarda  qo‘llanadi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ba’zan – ko‘ngil aynishi; qabul qilishni birinchi kunlarida bo‘tqasimon ichni ketishi.

Preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, dispeptik (diareya) holatlar, ichak tutilishi, qizilo‘ngach va gastroezofagial sohasining strikturasi, ichak, qizilo‘ngach me’daga kirish sohasini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, xoletsistitni zo‘rayishi.

Boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida juda kam ularning so‘rilishi buziladi.

Zig‘ir urug‘larini surgi vositasi sifatida suyuqlikni yetarli darajada iste’mol qilmasdan qabul qilish ichak tutilishiga olib kelishi mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptisiz

Qutilar va paketlar; qutilarga joylashtirilgan paketlarda  50 g va 100 g dan.

3 yil.