Zideformretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: gliklazid – 40 mg, 80 mg; metformin gidroxloridi – 500 mg; yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi – 4,0/4,0 mg, magniy stearati – 8,0/8,0 mg, povidon K30 – 24,0/24,0 mg, polisorbat 80 – 1,5/1,5 mg, mikrokristall tsellyuloza – 222,5/182,5 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gliklazid, metformin

Preparatning savdo nomi:

Zideform

Farmakalogik guruhi:

peroral qo‘llash uchun gipoglikemik vosita (II avlod sulfonilmochevina hosilalari + biguanid).

Dori shakli:

tabletkalar

kapsulasimon shaklli, bir tomonidan Z 40 yoki Z80 belgisi bosib tushirilgan va boshqa tomonida riskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

peroral qo‘llash uchun gipoglikemik vosita (II avlod sulfonilmochevina hosilalari + biguanid).

A10BD02

Gliklazid. Ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. So‘rilishi – yuqori. 80 mg peroral qabul qilingandan keyin qondagi maksimal kontsentratsiyasiga (2,2-8 mkg/ml) taxminan 4 soatdan keyin, 40 mg qabul qilingandan keyin qondagi maksimal kontsentratsiyasiga (2-3 mkg/ml) – 2-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 85-97%, taqsimlanish hajmi – 0,35 l/kg. Qondagi muvozanat kontsentratsiyasiga 2 sutkadan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, bunda 8 metabolitlar hosil bo‘ladi. Qonda uchraydigan asosiy metabolitlarning miqdori qabul qilingan preparatning umumiy miqdorining 2-3% ni tashkil qiladi, u gipoglikemik ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Buyraklar orqali chiqariladi – 70% metabolitlari ko‘rinishida, 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda; ichak orqali – 12% metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 8-20 soatni tashkil qiladi. Keksa yoshdagi shaxslarda farmakokinetik ko‘rsatkichlarni klinik ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Metformin qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan (MIY) deyarli to‘liq so‘riladi, Smax ga 2,5 soat davomida erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 50% dan 60% gachani tashkil qiladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganda metforminni so‘rilishi sekinlashadi va tutiladi. Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi. Juda sust darajada metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Metforminning taxminan 20-30% o‘zgarmagan ko‘rinishda ichak orqali chiqariladi. T1/2 taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.

Kattalarda qandli diabetning 2 tipi: diyetoterapiya, jismoniy mashqlar va avvalgi metformin yoki gliklazid bilan davolash samarasizligida;glikemiya darajasi barqaror va yaxshi nazoratlangan bemorlarda ikkila preparatlar (metformin va gliklazid) bilan avvalgi davolashni almashtirish uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalar uchun sutkalik doza ovqatlanish vaqtida 1-2 tabletka kuniga 1-2 martani tashkil etadi. Maksimal sutkalik dozasi 4 tabletkani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.

Gipoglikemiya (dozalash tartibi buzilganda va noadekvat parhezda): bosh og‘rig‘i, yuqori toliqish, ochlik hissi, ko‘p terlash, to‘satdan holsizlik, yurak urib ketishi hissi, aritmiya, arterial bosimni oshishi, uyquchanlik, uyqusizlik, ajitatsiya, tajavuzkorlik, havotirlik, ta’sirchanlik, diqqatsizlik, diqqatni jamlayolmaslik va reaktsiyani sekinlashishi, depressiya, ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parezlar, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, najotsizlik hissi. Gipoglikemiya avj olganda bemor o‘zini nazorat qilishini yo‘qolishi, deliriy, tirishishlar, yuzaki nafas, bradikardiya, hushdan ketish, koma. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, qabziyat (ovqatlanish vaqtida qabul qilganda bu simptomlarni yaqqolligi kamayadi); kam hollarda – jigar funktsiyasini buzilishi (gepatit, xolestatik sariqlik – preparatni bekor qilishni talab etadi, “jigar” transaminazalari, ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi). Qon yaratish tizimi tomonidan: suyak ko‘migida qon yaratishni susayishi (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya). Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi, (shu jumladan makulopapulyoz va bullyoz), eritema. Boshqalar: ko‘rishni buzilishi. Sulfonilmochevina hosilalarining umumiy nojo‘ya samaralari: eritropeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, pantsitopeniya, allergik vaskulit; xayotga xavf soluvchi jigar yetishmovchiligi, giponatriyemiya.

gliklazid, metformin yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga, sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga, sulfanilamidlarga yuqori sezuvchanlik;qandli diabetning 1 tipi;diabetik ketoatsidoz, diabetik prekoma, diabetik koma;mikonazolni qabul qilish;homiladorlik va laktatsiya davri;18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 60 ml dan kam);buyrak funktsiyasini bulishini rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi o‘tkir holatlar:degidratatsiya (diareyada, qusishda), isitma, og‘ir infektsion kasalliklar,gipoksiya holatlari (shok, sepsis, buyrak infektsiyalari, bronx-o‘pka kasalliklari);to‘qima gipoksiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir va surunkali kasalliklarning klinik jihatdan yaqqol namoyon bo‘lishi (shu jumladan, yurak yoki nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti);insulinoterapiya o‘tkazilishi ko‘rsatilgan katta jarroxlik operatsiyalari va jarohatlar (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang);jigar yetishmovchiligi, jigar funktsiyasini buzilishi;surunkali alkogolizm, alkogol bilan o‘tkir zaharlanish;laktoatsidoz (shu jumladan anamnezda);yod saqlovchi kontrast modda yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlardan oldin kamida 48 soat oldin va tekshiruvlardan keyin 48 soat davomida qabul qilish (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang);umumiy narkoz, orqa miya yoki peridural anesteziya ostida jarroxlik operatsiyalaridan 48 soat oldin va o‘tkazilgandan keyingi 48 soat davomidagi davr;gipokaloriya parhezga (sutkada 1000 kkal dan kam) rioya qilganda qo‘llash mumkin emas. Preparatni fenilbutazon yoki danazol bilan bir vaqtda majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Sulfonilmochevina hosilalari, shu jumladan gliklazidni qabul qilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, bunda ayrim hollarda – gospitalizatsiyani va dekstroza eritmasini vena ichiga yuborishni talab etuvchi og‘ir va uzoq davom etuvchi shakldi. Gipoglikemiya rivojlanishidan saqlanish uchun dozani sinchkovlik bilan individual ravishda tanlash, shuningdek tavsiya etilayotgan davolash haqida patsiyentga to‘liq ma’lumot taqdim etish kerak. Ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar, muvozanatlangan ovqat qabul qilmayotgan shaxslar, umumiy holati kuchsizlangan, shuningdek buyrak usti bezi yoki gipofizar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar gipoglikemik preparatlarning ta’siriga beriluvchan bo‘ladi. Patsiyentlarni alkogol, NYAQP qabul qilganda, och qolganda gipoglikemiya yuzaga kelishi xavfi yuqori ekanligi haqida ogohlantirish kerak. Beta-adrenoblokatorlar, klonidin, rezerpin, guanetidin gipoglikemiyaning klinik ko‘rinishlarini niqoblashi mumkin. Ba’zida keksa yoshdagi shaxslarda gipoglikemiya rivojlanganligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda Zideform preparati buyurilganda qonda glyukoza kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan monitoringini o‘tkazish kerak. Preparatni buyurish asta-sekin amalga oshirilishi kerak va davolashning birinchi kunlarida och qoringa va ovqatlangandan keyin qonda glyukoza kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Preparat faqat ovqatlanishi muntazam bo‘lgan patsiyentlargagina buyurilishi mumkin. Uglevodlarni yetarli darajada tushishini tutib turish juda muhim, chunki muntazam ovqatlanmaganda yoki uglevodlarga boy bo‘lmagan ovqat iste’mol qilganda gipoglikemiya rivojlanishi xavfi oshadi. Gipoglikemiya ko‘pincha past kaloriyali parhezda, davomli va jadal jismoniy mashqlardan keyin, alkogol iste’mol qilgandan keyin yoki bir necha gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qabul qilgandan keyin rivojlanadi. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi gliklazidni organizmda taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jigar yetishmovchiligi ham glyukoneogenezning jadalligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan samaralar gipoglikemik holatlar rivojlanishi xavfini oshiradi. Alkogol qabul qilingan hollarda disulfiramsimon sindrom (qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i) rivojlanishi mumkin. Preparat bilan davolash davrida alkogolni iste’mol qilishdan saqlanish kerak.

Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tajribasi yo‘q. Homiladorlik vaqtida sulfonilmochevinaning boshqa hosilalarini va metforminni qo‘llash haqidagi ma’lumotlar cheklangan. Homiladorlik rejalashtirilganda, shuningdek Zideform preparatini qabul qilish davrida homiladorlik yuz berganda, u bekor qilishini va insulin bilan davolash buyurilishi kerak. Emizish davrida Zideformni qo‘llash mumkin emas, chunki gliklazidni ko‘krak sutiga o‘tishi va neonatal gipoglikemiya rivojlanishi xavfi haqida ma’lumotlar yo‘q. Emizish davrida insulinoterapiyaga o‘tish yoki emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi yoki xavf omillarini mavjudligi laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin, chunki preparatning tarkibiga metformin kiradi. Laktoatsidoz shoshilinch tibbiy yordamni talab etuvchi holat hisoblanadi; laktoatsidozni davolash statsionarda o‘tkazilishi kerak. Eng samarali usul bo‘lib gemodializ hisoblanadi. Preparatning tarkibida gliklazid bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi shuningdek gipoglikemiya rivojlanishiga ham olib kelishi mumkin. Gipoglikemiya simptomlari: ochlik hissi, ko‘p terlash, holsizlik, yurak urishini his qilish, teri qoplamalarini oqarishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati paresteziyasi, tremor, umumiy bezovtalik, bosh og‘rig‘i, patologik uyquchanlik, uyquni buzilishi, qo‘rquv hissi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, o‘tuvchan nevrologik buzilishlar. Gipoglikemiya avj olganda bemor o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qotishi va hushdan ketishi mumkin. Yengil yoki o‘rtacha darajadagi gipoglikemiyada glyukoza yoki qand eritmasi ichga qabul qilinadi. Og‘ir gipoglikemiya holatida (hushdan ketganda) vena ichiga 40% li deksroza (glyukoza) eritmasi yoki glyukagon vena ichiga, mushak ichiga, teri ostiga yuboriladi. Bemor hushiga kelgandan keyin gipoglikemiya takroran rivojlanishidan saqlanish uchun uglevodlarga boy ovqat beriladi.

Retsept bo‘yicha beriladi

15 tabletkadan alyumin blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.