Preparat qo‘llanganida asosan davolash boshlanganidan keyingi birinchi hafta davomida quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: Teri tomonidan: ko‘pincha toshma, qichishish, kuchli terlash, eritema, dermatit; yakka hollarda – angionevrotik shish, yuzni shishi, ko‘p shaklli eritema, eshakemi, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz; Ovqat qabul qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, gastrit, qorin og‘rig‘i, diareya, qabziyat, meteorizm; yakka hollarda – stomatit, melena, me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning peptik yarasi, yarani perforatsiyasi yoki me’da-ichakdan qon ketishi; Jigar tomonidan: sariqlik, xolestaz, jigar transaminazalarining faolligini oshishi, ba’zida o‘tkir gepatit holatlari, xatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin; Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, entsefalopatiya (Rey sindromi); Ruxiy buzilishlar: xavotirlik hissi, asabiylik, dahshatli tush ko‘rishlar; Buyrak tomonidan: shishlar, dizuriya, gematuriya, siydik chiqarilishini tutilishi, oliguriya, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligining alohida hollari; Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, eozinofiliya, yakka hollarda – pantsitopeniya, purpura va trombotsitopeniya; Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaksiya; Nafas tizimi tomonidan: dispnoe, yakka hollarda – bronxial astma, bronxospazm, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipertenziya, kam xollarda – qon ketishi, oqib kelishlar, arterial bosimini o‘zgarishlari.
Shuningdek preparatni qabul qilish vaqtida ko‘rishning aniqligini buzilishi, asteniya, gipotermiya, giperkaliyemiya bo‘lishi mumkin.