Zestkalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 600 mg elementar kaltsiyga ekvivalent bo‘lgan sutli kaltsiy                                             150 mg elementar fosfor                                                   75 mg kolekaltseferol (D3 vitamini) BF                     200 XB yordamchi moddalar: propilenglikol – 25,0 mg, natriy metilparaben – 7,50 mg, natriy propilparaben – 0,75 mg, bronopol – 2,50 mg, limon kislotaning monogidrati – 15,0 mg, suyuq sorbitol (kristallanmaydigan) – 4000,0 mg, ksantan qatroni – 15,0 mg, magniy alyuminiy silikati – 10,0 mg, suvsiz kolloid kremniy – 10,0 mg, glitserin – 666,6 mg, propilenglikol – 5,0 mg, askorbin kislotasi – 0,5 mg, rats-alfa-tokoferil-atsetat – 0,5 mg, suyuq qulupnay aromatizatori – 20,0 mg, yalpiz yog‘i 18774 – 0,5 mg, eritrozin supra buyovchisi – 0,08 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha. Saqlashdagi yo‘qotishlarni o‘rnini bosish uchun vitaminning muvofiq yo‘l qo‘yiladigan miqdori qo‘shilgan.

Preparatning savdo nomi:

Zestkal

Farmakalogik guruhi:

Mineral qo‘shimcha. Kaltsiy, boshqa dori vositalari bilan majmuada.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

pushti rangli suspenziya, o‘ziga xos tam va xid bilan.

Mineral qo‘shimcha. Kaltsiy, boshqa dori vositalari bilan majmuada.

A12AX

So‘rilishi Kaltsiyning taxminan 30% dozasi ingichka ichakning proksimal qismida so‘riladi. Og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin D vitamini ham ichakda tez so‘riladi. O‘t kislotalarini so‘rilishini yengillashtirishdagi roli yaxshi ma’lum. Taqsimlanishi Plazmada kaltsiyning taxminan 40% proteinlar bilan bog‘langan, ayniqsa albuminning taxminan 1/10 diffuziyalanaoladigan hisoblanadi, lekin anionlar (fosfatlar) bilan bog‘langan; qolgan fraktsiyasi diffuziya qilaoladigan kaltsiy ionlari bo‘lib, ular fiziologik samaraga ega. D vitaminini yarim parchalanishi 19 soatdan 25 soatgachani tashkil qiladi, maxsus oqsil – alfa-globulin bilan bog‘langan va plazmada aylanib yuradi, va u uzoq vaqt davomida organizmda to‘planadi. Metabolizmi D vitamini jigarda 25-gidroksilaza (kaltsidiol) hosilasiga aylanadi, u qayta aylanmaga joylashadi, u yerda solishtirma alfa-globulin bilan bog‘lanadi va buyraklarda keyingi 1-25 gidroksi hosila (kaltsitriol) ga gidroksillanishga duchor bo‘ladi. Chiqarilishi D vitamini asosan safro bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning faqat katta bo‘lmagan qismi siydikda aniqlanadi. Kaltsiy me’da-ichak yo‘llarida so‘lak, safro va pankreatik sekretsiya orqali chiqariladi. Bu manbalardagi kaltsiy, so‘rilmagan kaltsiy bilan bir qatorda, ahlat bilan chiqariladi. Buyrak tizimi bilan chiqariladigan kaltsiyning taxminan 2-3 qismi so‘riladigan kaltsiy hisoblanadi. Paratgormon burama distal naychalarda kaltsiyning qayta so‘rilishini rag‘batlantiradi, shu vaqtning o‘zida D vitamini proksimal qayta so‘rilishni oshiradi. Kaltsiyning bir qismi ter bilan ham chiqariladi.

Keksa yoshli odamlarda kaltsiy, fosfor, D vitaminining tanqisligini to‘g‘rilash. Zestkal suspenziyasini patsiyentlardagi osteoporozni spetsifik davolashga qo‘shimcha sifatida yoki D vitamini va kaltsiyni majmuaviy tanqisligida yoki bunday davolovchi qo‘shimchalarga muxtoj yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin. Suspenziya ayollarda postmenopauzada, osteoporozni davolashda va sinishlardan keyin ishlatiladi.

Faqat ichga qabul qilish uchun. Kattalar: Ikki choy qoshiqdan sutkada ikki marta. Yoki shifokor qo‘rsatmasi bo‘yicha.

Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Giperkaltsiyemiya (>10,5 mg/dl), giperkaltsiuriya (24 soatda 300 mg yoki 7,5 mmol), og‘ir buyrak yetishmovchiligi, buyrak toshi, kaltsiyli litiaz, to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi, giperkaltsiuriya va/yoki giperkaltsiyemiya bilan birga kechuvchi davomli immobilizatsiya. Zestkal suspenziyasini D gipervitaminozi holida bolalarda, homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganida peroral qabul qilingan tetratsiklinni so‘rilishi pasayishi mumkin. Bu 2 preparatni 3 soatlik oraliq bilan qabul qilish kerak. Ayrim diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi), alyuminiy saqlovchi antatsidlar va qalqonsimon bezining gormonlari kaltsiyni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi va buyraklar orqali va ahlat bilan chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Tiazid diuretiklar siydik bilan kaltsiyni chiqarilishini pasaytirishi va giperkaltsiyemiya chaqirishi mumkin, penitsillin, neomitsin va xloramfenikol kabi ayrim antibiotiklar uning so‘rilishini oshirishlari mumkin. Uzoq muddatli davolash vaqtida qon zardobida kaltsiyning darajasini nazorat qilish kerak. Kolesteramin, kortikosteroidlar va mineral moylar D vitaminini so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va kamaytiradi, shu vaqtning o‘zida fenitoin va barbituratlar uning faolsizlanishiga yordam beradi. Yurakdagi kaltsiy/digitalisli sinergizm yurak faoliyatini og‘ir buzilishlarini chaqirishi mumkin. Bisfosfonat yoki natriy ftoridi bilan bir vaqtda davolangan holda, yaxshisi, Zestkal suspenziyani qabul qilishdan oldin minimal muddat 2 soat bo‘lishi kerak (bisfosfonatlar va natriy ftoridining me’da-ichakdan so‘rilishini pasayish xavfi). Kaltsiyni so‘rilishi past bo‘lgan ovqat (masalan, fosfat, shovul yoki fitin kislotasini saqlovchi mahsulotlar) bilan mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin.

Zestkal suspenziyasini buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki siydik toshlarini hosil bo‘lishiga yaqqol moyillik bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Kaltsiyemiya va kaltsiuriya, bu patsiyentlarda giperkaltsiyemiya yuz berishini oldini olish uchun kerakli tarzda nazorat qilinishi kerak. Agar kaltsiyning darajasi 24 soatda 7,5 mmol (24 soatda 300 mg) dan yuqori bo‘lsa, darhol davolashni to‘xtatish kerak. Alohida ehtiyotkorlik, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolashda ham talab etiladi. Yurak glikozidlarining samarasi D vitamini bilan majmuadagi kaltsiyni peroral qabul qilishda kuchayishi mumkin. Qat’iy tibbiy kuzatuv, va agar talab etilsa EKG va kaltsiyemiyani monitoring qilish kerak. Zestkal suspenziyasi bilan davolanish vaqtida D vitaminining barcha mahsulotlari va hosilalaridan, shu jumladan D vitamini bilan boyitilgan ovqat mahsulotlarning iste’molidan saqlanish kerak. Preparatni D vitaminini uning faol shakliga metabolizmini oshishi mumkinligi tufayli, sarkoidozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bu patsiyentlarning zardobdagi va siydikdagi kaltsiyni nazorat qilish kerak.

30oS dan past xaroratda saqlansin. Yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin

Dozani oshirib yuborilishi D gipervitaminozga va giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiyaning simptomlari anoreksiya, chanqoqlik, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorin og‘rig‘i, mushaklar kuchsizligi, charchoqlik, ruxiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, bo‘g‘imlarda og‘riq, nefrokaltsinoz, buyrak-tosh kasalligi va og‘ir hollarda yurak aritmiyasini o‘z ichiga olishi mumkin. Haddan ziyod giperkaltsiyemiya koma va o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyning barqaror yuqori darajalari buyraklarni qaytmas buzilishiga va yumshoq to‘qimalarning kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiyada davolash: kaltsiy va D vitamini bilan davolashni to‘xtatish. Yana tiazid diuretiklar, litiy, A vitamini va yurak glikozidlari bilan davolashni to‘xtatish kerak. Suyuqlik tanqisligi muvozanatlanishi va shifokor tomonidan shaxsiy qutqarish choralari buyurilishi kerak. Regidratatsiya, va giperkaltsiyemiyaning og‘irlik darajasiga qarab xalqali diuretiklar, bisfosfonatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlari, buyraklar faoliyati va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir hollarda EKG va TsVD ni nazorat qilish kerak. Qalqonsimon bezi oldi bezlarining faoliyati normal bo‘lgan odamlarda D vitaminining intoksikatsiyasini chegarasi sutkada 40000 va 100000 XB 1-2 oy davomida, kaltsiy uchun kuniga 2000 mg dan yuqori. Giperkaltsiyemiya bilan bog‘liq bo‘lgan D vitamini intoksikatsiyasining simptomlari yuqorida ko‘rsatilgandek davolanishi kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

200 ml o‘lchov stakanchasi bilan qaxrabo rangli plastmassa butilkada. 1 butilka o‘lchov stakancha va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 24 oy. Ulashish: 7 443 Views