Zerodolretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Umifenovir

Preparatning savdo nomi:

Zerodol®

Farmakalogik guruhi:

Viruslarga qarshi vositalar.

Viruslarga qarshi vositalar.

Tez so‘riladi va a’zolar va to‘qimalar bo‘ylab taqsimlanadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 50 mg dozada qabul qilinganida 1,2 soatdan keyin, 100 mg dozada qabul qilinganda esa 1,5 soatdan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 17-21 soat. Tahminan 40% o‘zgarmagan holda, asosan o‘t-safro bilan (38,9%) va oz miqdorda preparatning (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.

Kattalar va bolalarda quyidagilarni oldini olish va davolash: – A va V grippi, O‘RVI, og‘ir o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS) (shu jumladan bronxit, pnevmoniya bilan asoratlangan); – ikkilamchi immuntanqislik holatlari; – surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish va immun holatni me’yorlashtirish. 3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash.

Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi. Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 dan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsuladan) qo‘llanadi.

Kam hollarda – allergik reaktsiyalar.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Boshqa dori vositalari bilan buyurilganida salbiy samaralar aniqlanmagan.

Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va tibbiyot amaliyotida turli kasbdagi, shu jumladan yuqori diqqat va harakat koordinatsiyasini talab qiladigan (transport haydovchilari, operatorlar va boshqalar) kasbdagi, amalda sog‘lom shaxslarda profilaktika maqsadlarida qo‘llanishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Aniqlanmagan.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar 50 mg va 100 mg dan.

2 yil.