Zentamig SDretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: Albendazol – 400 mg; yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy  kraxmal glikolyati, povidon K-30, quyosh shafaqi bo‘yovchisi, natriy saxarini, magniy stearati, vanilin, apelsin aromatizatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albendazol

Preparatning savdo nomi:

Zentamig SD

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

xira-to‘q sariq rangli, chetlari dumaloq, uzunchok, ikki yoqlama qavariq, xol-xol dog‘li, bir tomonidan bo‘lish chizig‘i bo‘lgan, o‘ziga xos meva hidili tabletkalar.

Antigelmint vosita.

Agar uch haftadan keyin patsiyentni sog‘ayishi kuzatilmasa, u holda ikkinchi davolash kursi buyuriladi Och qolish (och qoringa qabul qilish) yoki ichakni tozalash kabi maxsus muolajalar talab qilinmaydi. Ayrim patsiyentlar, ayniqsa kichik bolalar tabletkani butunligicha yutishda qiyinchilikni his qilishlari mumkin va bu hollarda tabletkani oz miqdordagi suv bilan chaynagan holda yoki muqobil ravishda tabletkalarni maydalab yoki suspeneiya shaklida qabul qilishlari mumkin.

Albendazolni homiladorlikda yoki taxmin qilinayotgan homiladorlikda buyurish mumkin emas. Albendazolni albendazolga va anamnezida dori vositayeini boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Tsimetidin, prazikvantel va deksametazon preparatning tizimli samaradorligiga mas’ul bo‘lgan albendazolning faol metabolitini plazmadagi darajasini oshiradi. Ritonavir, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital albendazolning faol metaboliti – albendazol sulfoksidining plazmadagi kontsentratsiyasini kamayishini potentsiyalashi mumkin. Buning klinik ahamiyati noma’lum, ammo bu, ayniqsa tizimli gelmint kasalliklarini davolashda samarani pasayishiga olib kelishi mumkin. bunday patsiyentlar nazorat ostida bo‘lishlari kerak va ularga muqobil dozalash tartibi yoki davolash talab qilinishi mumkin.

Albendazolni ilk homiladorlik davrida qabul qilishdan saqlanish uchun, tug‘ruq yoshidagi ayolalar hayz ko‘rishdan keyin yoki homiladorlikka salbiy testidan keyin birinchi haftada davolashni o‘tkazishlari kerak. Albendazol bilan davolanganda ilgari kuzatilgan neyrotsistitserkoz, ayniqsa tenioz bilan yuqori darajali infektsiyalangan hududlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Patsiyentlar nevrologik simpomlarni, masalan, tutqanok xurujlarini, bosh miya ichki bosimini oshishini va miyada parazitlarni halok bo‘lishi chaqirgan yallig‘lanish reaktsiyalari natijasida o‘choq simptomlarni sezishlari mumkin. Simptomlar ko‘praq davolanishdan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Steroidlar va antikonvulsantlar bilann muvofiq davolash darhol boshlanishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi: Albendazolni homiladorlikda yoki taxmin qilinayotgan homiladorlikda buyurilmaydi (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga qarang), Albendazolni odamlarda va hayvonlarda laktatsiya davrida qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Transport vositalarini haydash va harakatdagi mexanik qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishida keyingi davolash klinik ko‘rsatmalarga yoki milliy toksikologiya markazlarining tavsiyalariga muvofiq o‘tkazilishi kerak.

Retsept bo‘yicha

2 yil.