Zeninretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: levofloksatsin gemigidrati 500 mg levofloksatsinga ekvivalent – 500 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati, povidon K-30, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kroskarmelloza, tozalangan suv*; plyonka qobig‘i: titan dioksidi, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, dietilftalat, izopropil spirti*, dixlormetan* (*tayyor mahsulotda bo‘lmaydi).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Zenin

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA12

Ichga qabul qilinganida tez va deyarli to‘liq so‘riladi (ovqat iste’mol qilish so‘rilish tezligi va to‘liqligiga kam ta’sir qiladi). Biokiraolishligi – 99%. Maksimal kontsentratsiyaga erishish uchun kerak bo‘ladigan vaqt – 1-2 soat; 250 mg va 500 mg dozasi qabul qilinganida maksimal kontsentratsiyasi muvofiq 2,8 va 5,2 mkg/ml ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30-40%. A’zo va to‘qimalar: o‘pka, bronxlarning shilliq qavatlari, balg‘am, siydik jinsiy tizim a’zolari (shu jumladan, prostata bezi), suyak to‘qimasi, orqa miya suyuqligi, polimorf yadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglarga yaxshi o‘tadi. Jigarda katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki atsetil guruhini yo‘qotadi. Organizmdan asosan buyrak orqali kalavalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yordamida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi umumiy klirensining 70% ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – 6-8 soat. Levofloksatsinning 5% dan kamroq qismi metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Peroral qabul qilingandan so‘ng qabul qilingan dozaning 70% 24 soat davomida va 87% 48 soat davomida buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi; to‘g‘ri ichakda 72 soat davomida 4% aniqlanadi.

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi: quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (surunkali bronxit, pnevmoniya);LOR-a’zolarining infektsiyalari (sinusit, o‘rta otit);siydik jinsiy tizimning infektsiyalari (shu jumladan, o‘tkir piyelonefrit, prostatit, urogenital xlamidioz);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (yiringli ateromalar, abstsess, furunkullar);tuberkulyozning doriga chidamli shakllarini majmuaviy davolash tarkibida.

Zenin tabletka preparati ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilishlar o‘rtasidagi tanaffusda, chaynamasdan, yetarli miqdorda suyuqlik (0,5 dan 1 stakangacha) ichib qabul qilinadi. Surunkali bronxit zo‘rayganida – 250-500 mg dan sutkada 1 marta, 7-10 kun davomida qabul qilinadi. Kasalxonadan tashqari pnevmoniyada – 500 mg dan sutkada 1-2 marta, 7-14 kun davomida qabul qilinadi. Sinusitda – 500 mg dan sutkada 1 marta, 10-14 kun davomida qabul qilinadi. Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida: 250 mg dan sutkada 1 marta, 3 kun davomida qabul qilinadi. Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalarida (shu jumladan piyelonefrit) – 250 mg dan sutkada 1 marta, 7-10 kun davomida qabul qilinadi. Prostatitda – 500 mg dan sutkada 1 marta, 28 kun davomida qabul qilinadi. Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida – 250-500 mg dan sutkada 1-2 marta, 7-14 kun davomida qabul qilinadi. Tuberkulyozda – tuberkulyozni dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash tarkibida 500 mg dan sutkada 1-2 marta (sutkada 500-1000 mg) 3 oygacha vaqt davomida qabul qilinadi. Levofloksatsin asosan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyati cheklangan bemorlarni davolashda preparatning dozasini pasaytirish talab etiladi. Bunga tegishli ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan:

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (shu jumladan qon aralash), ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ishtahani pasayishi, qorinda og‘riq, soxta membranoz enterokolit; “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, qon tomir kollapsi, taxikardiya, Q-T intervalini uzayishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahani oshishi, ko‘p terlash, titrash). Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, tremor, bezovtalik, paresteziyalar, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tutqanoq hurujlari (unga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda). Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va taktil sezuvchanlikni buzilishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mushaklar kuchsizligi, mialgiya, paylarni uzilishi, tendinit, rabdomioliz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar. Teri reaktsiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari. Ba’zi hollarda: terini qichishishi va qizarishi. Kam hollarda: shuningdek eshakemi, bronxlarni qurishi va og‘ir nafas qisishini kuzatilishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar), shuningdek kam hollarda – teri va shilliq qavatlarni (masalan yuz va hiqildoq sohasida) shishi. Juda kam hollarda: arterial bosimini to‘satdan tushib ketishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik. Alohida hollarda: terida pufakchalar paydo bo‘lishi bilan birga og‘ir toshmalar, masalan Stivens-Djonson sindromi, toksik–epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ ko‘p shaklli eritema. O‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalariga ba’zida biroz yengil teri reaktsiyalari qo‘shilishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan reaktsiyalar Levofloksatsinni yuborgandan keyin bir necha minut yoki soat o‘tganidan keyin darhol boshlanishi mumkin. Jigar va buyrakka ta’siri. Tez-tez: jigar fermentlari faolligini oshishi (masalan alaninaminotranferaza va aspartataminotransferaza). Ba’zi hollarda: qon zardobida bilurubin va kreatinin darajasini oshishi (jigar va buyrak faoliyatini cheklanish belgilari). Juda kam hollarda: jigar tomonidan reaktsiyalari (masalan, jigar yallig‘lanishi); o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha bo‘lgan buyrak faoliyatining yomonlashuvi, masalan allergik reaktsiyalar oqibatida (interstitsial nefrit). Qonga ta’siri: Ba’zi hollarda: ayrim qon hujayralari sonini ko‘payishi (eozinofiliya), oq qon tanachalari sonini kamayishi (leykopeniya). Kam hollarda: ayrim oq qon tanachalari sonini kamayishi (neytropeniya); qon quyilishi yoki qon ketishiga moyillikni kuchaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan trombotsitlar sonini kamayishi (trombotsitopeniya). Juda kam hollarda: og‘ir kasallik simptomlarini (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yallig‘lanishi va o‘zini yomon his qilish) rivojlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ayrim oq qon tanachalar sonini juda kuchli kamayishi (agronulotsitoz). Ayrim hollarda: qizil qon tanachalarini ularni bo‘linishi oqibatidagi kamayishi (gemolitik anemiya); barcha turdagi qon hujayralar sonini kamayishi (pantsitopeniya). Boshqa nojo‘ya ta’sirlar: Ba’zi hollarda: umumiy holsizlik (asteniya). Juda kam hollarda: isitma, o‘pka darajasidagi (allergik pnevmonit) yoki kichik qon tomirlari darajasidagi (vaskulit) allergik reaktsiyalari. Barcha antibiotiklar bilan davolash normada insonda mavjud bo‘lgan ichak mikroflorasini o‘zgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburug‘lar). Shu sababli, qo‘llaniladigan antibiotikka chidamli bo‘lgan bateriya va zamburug‘larni kuchli ko‘payishi yuz berishi mumkin (ikkilamchi infektsiya), bu ayrim hollarda qo‘shimcha davolashni talab etishi mumkin.

levofloksatsin yoki boshqa xinolonlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anamnezida yuqori sezuvchanlik);tutqanoq;paylarni ilgari xinolonlar bilan davolanganda kuzatilgan shikastlanishi;homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha), buyrak faoliyatini buzilishi: kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, gemodializdagi patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Keksa yoshdagilar (buyrak faoliyatini yondosh pasayish ehtimoli yuqori), glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.

Tsiklosporinning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Ichak harakatini susaytiruvchi dori vositalar, sukralfat, alyuminiy va magniy saqlovchi antatsid dori vositalar va temir tuzlari preparatning samarasini pasaytiradi (qabul qilishlar o‘rtasidagi tanaffus kamida 2 soat bo‘lishi kerak). Ibuprofen guruhiga mansub nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari (NYAQV), teofillin tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini oshiradi, glyukokortikosteroidlar (GKS) paylarni uzilish havfini oshiradi. Tsimetidin va naychalar sekretsiyasini bloklaydigan dori vositalar preparatning chiqarilishini sekinlashtiradi. Levofloksatsin K vitaminining antagonistlari bilan birga qo‘llanganida qon ivish tizimini nazorat qilish kerak.

Zeninni (Levofloksatsin) bo‘g‘im tog‘aylarini shikastlanishi ehtimoli tufayli, bolalar va o‘smirlarda davolash uchun qo‘llash mumkin emas. Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda, ushbu guruh bemorlarda buyrak faoliyatini tez-tez buzilishlari bilan aziyat chekishlarini inobatga olish lozim. Pnevmokokklar chaqirgan o‘pkaning juda og‘ir yallig‘lanishida levofloksatsin optimal terapevtik samaralar bermasligi mumkin. Ayrim ko‘zg‘atuvchilar (Pseudomonas aeruginosa) chaqirgan va orttirilgan infektsiyalar majmuaviy davolashni talab etishi mumkin. Levofloksatsin bilan davolanish vaqtida bosh miyada ilgari shikastlanish, masalan, insult yoki og‘ir jarohat bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda tirishish xurujlari rivojlanishi mumkin. Fenbufen, unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida tirishishga tayyorgarlik oshishi mumkin. Levofloksatsinni qo‘llashda fotosensibilizatsiya samarasi (quyosh nuridan kuyishni eslatuvchi yorug‘likka o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni) juda kam hollarda aniqlanishga qaramay, bemorlarga fotosesibilizatsiyadan saqlanish maqsadida zarurati bo‘lmasa kuchli quyosh yoki sun’iy ultrabinafsha nurlaridan saqlanishlari tavsiya etiladi (masalan, quyoshli yuqori tog‘li joylarda quyoshda bo‘lish yoki solyariyni qabul qilish). Soxta membranoz kolitga shubha bo‘lganda levofloksatsinni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalari qo‘llash mumkin emas. Tana harorati me’yoriga kelgandan so‘ng 48-78 soat davomida davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Davolanish vaqtida teri qoplamalarini shikastlanishdan (fotosensibilizatsiya) saqlash maqsadida quyosh va sun’iy UB-nurlardan saqlanish zarur. Tendinit, soxta membranoz kolit belgilari paydo bo‘lganida levofloksatsinni darhol bekor qilish lozim. Anamnezida bosh miya shikastlanishlari (insult, og‘ir jarohatlar), tirishishni rivojlanishi mumkinligi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan bemorlarda – gemoliz rivojlanish xavfi mavjudligini e’tiborga olish zarur. Homiladorlikda qo‘llanishi Levogan (Levofloksatsin) preparatini homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas. Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Zeninning (Levofloksatsin) bosh aylanishi, uyquchanlik va ko‘rishni buzilishi kabi nojo‘ya samaralari reaktsiya qilish qobiliyatiga va diqqatni jamlash qobiliyatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bu maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarda xavfni (masalan, avtomobilni boshqarish va mexanizmlarga hizmat qilish, turg‘un bo‘lmagan holatda turib ishlarni bajarish) yuzaga keltirishi mumkin. Bu alohida holatda levofloksatsinni alkogol bilan o‘zaro ta’siri holatlariga ham taaluqlidir. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, me’da-ichak yo‘llari (MIY) ning shilliq qavatini eroziv shikastlanishi, QT intervalini uzayishi, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, tirishishlar. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash, dializ samarasiz. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

5 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.