Zemitra NЕOretsept bilan

Tarkibi:

Pankreatin – 100 mg, kamida -7500 amilolitik YED F.I.P. – 10000 lipolitik YED F.I.P – 500 proteolitik YED F.I.P faolligiga mos keladi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Zemitra NЕO

Farmakalogik guruhi:

Ferment.

Dori shakli:

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, oq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ferment.

Me’da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovistsidoz va boshqalar). Me’da, ichak, jigar, o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish – distrofik kasalliklari. Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, meteorizm, diareya (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechadigan, bu a’zolarni rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holat. Me’da-ichak yo‘llarining (MIY) faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlarda ovqatlanishda xatoliklari bo‘lgan hollarda, shuningdek chaynash faoliyatini buzilishlarida, uzoq muddatli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli turmush tarzida ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun qo‘llanadi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgenologik va ultratovush tadqiqotiga tayyorlash.

Doza me’da osti bezining faoliyatini yetishmovchiligining darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi, yaxshisi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik bilan (suv, meva sharbatlari) qabul qilinadi. Kattalar: 1-3 tabletkadan sutkada 3-4 marta har ovqat qabul qilishda qabul qiladilar. Fermentning sutkalik dozasi tana vaznining kilogrammiga lipazaning 15000-20000 TB dan oshmasligi kerak. Preparatni bolalarga – faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan beriladi. Davolash davomiyligi bir necha kundan (parhezdagi xatoliklar oqibatidagi ovqat hazm bo‘lishini buzilishida) bir necha oy yoki xattoki bir necha yillargacha (doimiy o‘rinbosar davolash zarurati tug‘ilganida) davom etishi mumkin.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida: Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – diareya, qabziyat, me’dada diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi. Allergik reaktsiyalar: alohida hollarda – teri ko‘rinishlari. Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya rivojlanishi mumkin, xaddan tashqari yuqori dozalarda – qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi. Bolalarda Pankreatin yuqori dozalarda qo‘llanganida perianal teri sohasi ta’sirlanishi mumkin.

O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bilirubinning yuqori darajasi bilan kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari, ichak tutilishi, jigar komasi.

Pankreatinni antitrombotik vositalar, K vitaminining antagonistlari va atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarning samarasi pasayadi. Monoaminlarni neyronlararo qayta qamrab olinishini noselektiv ingibitorlarining samaradorligi ularni pankreatin bilan vaqtda qo‘llanganida pasayadi bunda xavfli tormozlanish yuz berishi mumkin. M-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida antixolinergik samara kuchayadi. Preparat temirni so‘rilishini pasaytiradi (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganida).

Mukovistsidozda preparatning dozasi, iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobga olib, yog‘larning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga mos kelishi lozim. Homilador ayollarda lipaza, amilaza va proteaza fermentlarini qo‘llashning xavfsizligi haqida klinik ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish vaqtida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganidagina buyurish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yuqori dozalarda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning pastki qismida qichishish, ichak tutilishi, giperurikemiya, urikozuriya, anal oldi terini ta’sirlanishi; juda kam hollarda mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda fibrozlovchi kolonopatiya bo‘lishi mumkin. Davolash. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish, yetarlicha gidratatsiya va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz.