Zefam Aktiv rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tuba quyidagilarni saqlaydi: Faol ingrediyent: Diklofenak dietilamin                            – 1,16% w/w (diklofenak natriyga ekvivalent)          – 1,0% w/w Yordamchi moddalar: Natriy metilparaben                                 – 0,030 g Natriy propilparaben                              – 0,015 g Karbomer 940                                               – 0,360 g. Suv                                                                – 18,633 g Zig‘ir moyi                                                 – 3,0% w/w Benzil spirti                                             – 1,0% w/w Metil salitsilat                                         – 10,0% w/w Mentol                                                         – 5,0% w/w Propilenglikol                                       – 4,500 g Kremofor RH 40                                         – 0,300 g

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

diklofenak dietilamin

Preparatning savdo nomi:

Zefam Aktiv

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

gel

laminatsiya qilingan tubaga to‘ldirilgan oq, yarim qattiq gel.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

N02BA01.

Zefam Aktiv gelning teri yuzasidan so‘riladigan miqdori teri bilan kontakt vaqti va surtilgan maydonga proportsional bo‘ladi va taxminan 6% ni tashkil etadi. Plazmada va sinovial suyuqlikdagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) gel sirtga qo‘llanganida, tabletkani ichga qabul qilinganiga nisbatan 100 marta kam.

Skelet-mushak tizimini shikastlanishi bilan bog‘liq og‘riqlarda, shishlarda va yallig‘lanishlarda: pay cho‘zilishi, tendinit, bursit, qo‘lda, bo‘yinda, yelkalarda og‘riq, ishialgiya, bo‘g‘imlarning qiyin harakati, belda og‘riq va lyumbagoda qo‘llaniladi.

Zefam Aktivni terining shikastlangan sohalariga kuniga 3-4 marta surtish tavsiya qilinadi. Gelni dori massasi singib ketgunicha ishqalanadi.

Boshqa preparatlar kabi, Zefam Aktiv gel qo‘llanganida toshma, qichishish va qizarish kabi nojo‘ya ta’sirlar yuz berishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar odatda preparatni ishlatilishi to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoladi. Agar simptomlar saqlanib qolsa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.

Zefam Aktiv diklofenak, atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalariga va preparatning boshqa ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumikn emas.

Zefam Aktiv ochiq jarohatlarga qo‘llanmaydi. Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish lozim. Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Preparatning o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatini tekshiring va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparatni ishlatmang. Zefam Aktiv og‘riqdan tez holi bo‘lish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Sizning hayotingizni yengil va erkin qiladi. Zefam Aktiv – yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf etadi. Oson singadi va hech qanday iz qoldirmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq va qorong‘u joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Gel 30 gr dan tubalarda.

3 yil.