Yunormretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ondansetronga qayta hisoblanganda 2 mg ondansetron digidrati;

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ondansetron

Preparatning savdo nomi:

Yunorm

Farmakalogik guruhi:

Qusishga qarshi vositalari va ko‘ngil aynishini bartaraf qiluvchi preparatlar. Serotoninni (5NT) retseptorlari antagonistlari.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

Qusishga qarshi vositalari va ko‘ngil aynishini bartaraf qiluvchi preparatlar. Serotoninni (5NT) retseptorlari antagonistlari.

A04A A01.

Mushak ichiga yuborilganida ondansetronning qondagi maksimal kontsentratsiyasi inyektsiya qilingandan so‘ng 10 minut o‘tgach erishiladi. Kattalarda parenteral yuborilgandan keyin taqsimlanish hajmi 140 l ni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning asosiy qismi jigarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan preparatni 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 3 soat (keksa yoshdagi bemorlarda – 5 soat). Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 70-76%. O‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 15-60 ml) ondansetronni tizimli klirensi ham, taqsimlanish hajmi ham kamayadi, preparatni yarim chiqarilish davrini biroz va klinik ahamiyatsiz oshishi buni natijasi bo‘lib hisoblanadi. Surunkali gemodializdagi (tekshirishlar gemodializ seanslari o‘rtasidagi tanaffuslarda o‘tkazilgan) og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ondansetronni farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Surunkali og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ondansetronni tizimli klirensi yarim chiqarilish davrini (15-32 soat) oshishi bilan sezilarli kamayadi.

Tsitotoksik ximioterapiya va nur bilan davolash chaqirgan ko‘ngil aynishi va qusish. Operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Ximioterapiya va nur bilan davolashni chaqirgan ko‘ngil aynishi va qusish Rakni davolashni emetogen potentsiali dozaga va ximioterapiya va nur bilan davolashni majmuaviy tartiblariga ko‘ra o‘zgaradi. Dozalash tartibi emetogen ta’sirni og‘irligiga bog‘liq.

Nojo‘ya ta’siri, quyida berilgan ma’lumotlar a’zo va tizimlar bo‘yicha va ularni paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan. Paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘lingan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000). Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: darhol turdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ba’zida og‘ir anafilaksiyaga qadar reaktsiyalar. Nerv tizimi tomonidan: juda tez: bosh og‘rig‘i; tez-tez: tirishishlar, harakat buzilishlari (okulogir kriz, distonik reaktsiyalar va turg‘un klinik oqibatsiz bo‘lgan diskineziya kabi ekstrapiramid reaktsiyalar); kam hollarda: preparatni vena ichiga tez yuborish vaqtida bosh aylanishi. Ko‘rish a’zolari tomonidan: kam hollarda: asosan vena ichiga yuborish vaqtida o‘tuvchan ko‘rishni buzilishlari (ko‘zlarda xiralashish); juda kam hollarda: asosan vena ichiga qo‘llash vaqtida o‘tuvchan ko‘rlik. Ko‘pchilik holatlarda ko‘rlik 20 minut davomida o‘tib ketadi. Yurak tomonidan: tez-tez emas: aritmiya, ko‘krak sohasida og‘riq (ST segmentini depressiyasi va usiz), bradikardiya; kam hollarda: QT intervalini uzayishi (shu jumladan qorinchalarni titrashi/lipillashi (Torsade de Pointes). Qon tomirlari tizimi tomonidan: tez-tez: qizish va yuzga qon oqib kelishini his qilish; tez-tez emas: gipotenziya. Nafas tizimi va ko‘krak bo‘shlig‘i a’zolari tomonidan: tez-tez emas: hiqichoq. Ovqat hazm qilish yo‘llari: tez-tez: qabziyat. Gepatobiliar tizimi: tez-tez emas: jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini simptomsiz oshishi. Bu holatlar asosan tsisplatin saqlagan ximioterapiya preparatlari bilan davolanadigan patsiyentlarda kuzatiladi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda: toksik toshmalar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz. Umumiy buzilishlar: tez-tez: vena ichiga yuborish joyida mahalliy reaktsiyalar. Postregistratsion kuzatuv ma’lumotlari bo‘yicha quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida xabar qilingan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ko‘krakda og‘riq va diskomfort, ekstrasistoliya, taxikardiya, shu jumladan qorinchalar va qorinchalar usti taxikardiyasi, bo‘lmachalarni fibrillyatsiyasi, yurak urishi, sinkope, EKG o‘zgarishi. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm, anafilaktik shok, qichishish, teri toshmalari, eshakemi. Nerv tizimi tomonidan: qadam tashlashni buzilishi, xoreya, mioklonus, tinch turaolmaslik, achishish hissi, tilni protruziyasi. Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar: tana haroratini oshishi, og‘riq, qizarish, yuborish joyida achishish. Boshqalar: gipokaliyemiya.

Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qilish mumkin emas. Ondansetronni opomorfin gidroxlorid bilan birga qo‘llanmaydi, chunki birga qo‘llash vaqtida kuchli arterial gipotenziya va hushdan ketish holatlari kuzatilgan.

Ondansetron bir vaqtda qo‘llanganda boshqa preparatlarni metabolizmini tezlashtirmaydi va tormozlamaydi. Maxsus tekshirishlar ondansetronni alkogol, temazepam, furosemid, alfentanil, tramadol, morfin, lignokain, tiopental yoki propofol bilan o‘zaro ta’sirlashmasligini ko‘rsatdi. Ondansetron jigar tsitoxrom R450 turli fermentlari ishtirokida SYR3A4, SYR2D6 va SYR1A2 metabolizmga uchraydi. Ondansetronni metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarni turli tumanligi tufayli ulardan bittasini faolligini tormozlanish yoki kamayishi ( masalan, SYR2D2 genetik tanqisligiga) odatdagi sharoitda boshqa foliyatlar bilan kompensatsiya qilinadi va kreatininni umumiy klirensiga ta’sir qilmaydi yoki ta’siri ahamiyatsiz bo‘ladi. Ondansetronni QT intervalini uzaytiruvchi va/yoki elektrolit muzozanatini buzilishini chaqiruvchi dori vositalari bilan ehtiyotkorlik bilan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang) qo‘llash lozim. Apomorfin Ondansetronni apomorfin gidroxloridi bilan qo‘llanmaydi, chunki birga qo‘llangan vaqtda kuchli gipotenziya va hushdan ketish hollari kuzatilgan. Fenitoin, karbamazepin va rifampitsin SUR3A4 potentsiali ingibitorlari bilan davolanayotgan (masalan, fenitoin, karbamazepin va rifampitsin) patsiyentlarda ondansetronni klirensi oshadi va uning qondagi kontsentratsiyasi kamayadi. Serotoninergetik vositalar (masalan, SQQSN va SNQQSI). Serotonin sindromi (shu jumladan ruhiy holatni o‘zgarishi vegetativ beqarorlik va nerv mushak buzilishlari) ondatsetronni va boshqa serotoninergik preparatlarni, shu jumladan serotoninni qayta qamrab olinishini serotonin va noradrenalinni qayta qamrab olinishi selektiv ingibitorlari (SNQQSI) bir vaqtda qo‘llangandan keyin ta’riflangan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Tramadol Klinik tadqiqotlarni ma’lumotlari ko‘ra ondansetron tramadolni og‘riq qoldiruvchi samarasini kamaytirishi mumkin. Yunorm® ni QT intervalini uzaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan qo‘llash QT intervalini qo‘shimcha uzayishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ondansetronni kardiotonik dori vositalari (masalan, antratsiklinlar bilan) bilan birga qo‘llash aritmiyani paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

5NT3-retseptorlarining selektiv antagonistlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari bo‘lgan patsiyentlarni davolashda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilgan. Ondansetron dozaga qaram shaklida QT intervalini uzaytiradi. (“Farmakologik xususiyatlari “ bo‘limiga qarang). Postmarketing tekshirishlariga qo‘shimcha ma’lumotlar ondansetronni bir vaqtda qo‘llanganda qorinchalarni titrashi/lipillash holatlari to‘g‘risida xabar qilingan (Torsade de Pointes). Ondasetronlarni tug‘ma QT ni uzayishi sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashdan saqlanish lozim. Ondansetronni QT intervalini uzayishi bo‘lgan yoki rivojlangan patsiyentlarni, shu jumladan elektrolit muvozanatini buzilishi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, bradiaritmiyalari bo‘lgan patsiyentlarni yoki QT intervalini uzayishini yoki elektrolit muvozanatini buzilishini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan davolanayotgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Ondansetronni qo‘llashni boshlashdan avval gipokaliyemiyani muvofiqlashtirish lozim. Ondansetron va boshqa serotoninergik preparatlarni bir vaqtda qo‘llangandan keyin serotonin sindromi kuzatilganligi ta’riflangan (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Agar ondasetron va boshqa serotoninergik preparatlar bilan bir vaqtda davolash klinik oqlangan bo‘lsa, patsiyentlarni muvofiq kuzatuvi tavsiya qilinadi. Chunki ondansetron ichak peristaltikasini susaytirganligi tufayli Yunorm® ni qo‘llash vaqtida nimo‘tkir ichak tutilishini belgilari bo‘lgan patsiyentlar sinchkov kuzatuvi zarur. Adenotonzilyar sohada jarrohlik aralashuvlari o‘tkaziladigan patsiyentlarda ondansetronni ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun qo‘llash qon ketishini niqoblashi mumkin. Shuning uchun patsiyentlarni ondansetron qo‘llangandan keyin sinchkov kuzatuvi kerak. Homiladorlik yoki emizish vaqtida qo‘llanilishi Yunorm® ni homiladorlik davrida odam uchun qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda eksperimental tadqiqotlar vaqtida ondansetron embrionni yoki homilani rivojlanishini izdan chiqarmagan va homiladorlikni kechishiga peri –va postanal rivojlanishiga ta’sir qilmagan. Ammo hayvonlardagi tadqiqotlar hamma vaqt odam uchun prognostik hisoblanmasligi tufayli, Yunorm® ni homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Eksperimental tadqiqotlar hayvonlarni ko‘krak sutiga kirishini ko‘rsatdi. Preparatni qo‘llash zarur bo‘lganda emizishni to‘xtatish lozim. Avtotransportni yoki mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Psixomotor testlar ondansetronni mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmasligini va sedativ ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatdi, ammo avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati to‘g‘risidagi masalani hal qilishda, preparatni nojo‘ya ta’sirlari profilini hisobga olish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yunorm® ni dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emas. Qo‘pchilik holatlarda simptomlar tavsiya etilgan dozalar yuborilgan patsiyentlarda ta’riflangandagiga o‘xshash (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Yunorm® QT intervalini dozaga qaram shaklida oshiradi. Dozani oshirib yuborishda EKG –monitoringi o‘tkazish tavsiya qilinadi. Dozani oshirib yuborish belgilari ichida ko‘rishni buzilishlari, og‘ir darajadagi qabziyat, gipotenziya, II-darajali tranzitor AV-blokadasi bo‘lgan vazovagal belgilari to‘g‘risida xabar qilingan. Hamma hollarda bu holat to‘liq o‘tib ketadi. Maxsus antidioti mavjud emas, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi hollarida simptomatik davolashni va tutib turuvchi davolashni qo‘llash kerak. Ondansetronni dozasini oshirib yuborilishini davolash uchun ipekakuanani qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki uning ta’siri Yunorm® ni antiemetik ta’siri orqali namoyon bo‘lmasligi mumkin.

Retsept bo‘yicha

2 ml yoki 4 ml dan ampulalarda №5.

2 yil.