Yunivit M rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: A Vitamini (Retinol atsetati)                                   1500 XB Tiamin gidroxloridi (V1 Vitamini)                     1,5 mg Riboflavin (V2 Vitamin )                                        1,7 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 Vitamini )            2,6 mg Xolekaltsiferol (D3 Vitamini)                            200 XB Tsianokobalamin (V12 Vitamini)                             4,0 mkg Askorbin kislotasi                                                  75,0mg α-Tokoferilatsetat  (Ye  Vitamini )                         10 XB Folat kislotasi (V9 Vitamini)                               400 mkg Kaltsiy karbonati                                                    100 mg Temir fumarati                                                         100 mg Yordamchi moddalar: rux oksidi, dinatriy editati, mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, gidroksipropilmetiltsellyuloza, talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolati, aerosil, mochevina, titan dioksidi, temir (III) oksidi, PEG-6000.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

A vitamini, tiamin gidroxloridi, riboflavin, piridoksin gidroxloridi, xolekaltsiferol, askorbin kislotasi, α-tokoferilatsetat, folat kislotasi, kaltsiy karbonati, temir fumarati.

Preparatning savdo nomi:

Yunivit-M

Farmakalogik guruhi:

Polivitaminlar.

Dori shakli:

tabletkalar

Dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-jigarrang rangli tabletklar.

Polivitaminlar.

A11AA Farmakologik xususiyatlari Yunivit-M – ko‘p vitaminli majmuaviy preparat bo‘lib, ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning samarasi bilan bog‘liq. Vitaminlar biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatori va boshqaruvchisi sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi. A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqaruvida ishtirok etadi, hujayra va subhujayra membranalarining faoliyatini, moddalar almashinuvini normal kechishiga yordam beradi; yangi hujayralarning o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ye vitamini antioksidant modda bo‘lib, hujayralarni shikastlanish va qarishidan himoya qiladi, erkin radikallar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qimaning tolalari, qon-tomirlar va ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarining shakllanishida ishtirok etadi. D3 vitamini kaltsiy bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, kaltsiyni ingichka ichakda so‘rilishini oshiradi, kaltsiyni buyrak naychalaridan qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini I tur kollagen va matritsa oqsillari sintezini oshirish yo‘li bilan osteoblastlar sintezini faollashtirishi yordamida, suyak to‘qimasini qayta modellanish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bezi, qalqonsimon bezi oldi bezlari va jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta’sir qiladi, skelet suyaklarining kaltsifikatsiyasini ta’minlaydi. S vitamini kuchli tiklovchi xususiyatlarga ega, xususan, atrof-muhitning toksik moddalarini zararsizlantiruvchi fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar, paylar, bog‘lamlar va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) sintezi uchun, yog‘larni hazm bo‘lishiga xizmat qiluvchi, shuningdek peristaltikani kuchaytiruvchi xolesterinni yog‘ kislotalariga aylantirish uchun zarur. V1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi hujayra energetikidir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatni oshiradi, detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin uglevodlar va energiya almashinuvida, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida muhim rol o‘ynovchi qator fermentlarning kofermentlarini qurilishida ishtirok etadi. Tiamin yetishmovchiligi beri-beri (spetsifik polinevrit) va Vernike (polinevrik psixoz) sindromlarining rivojlanishiga olib keladi. V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi. V12 vitamini immunitetni rag‘batlantiruvchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta’sirga ega, arterial qon bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasi strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, nerv tizimi, jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uglevodlarlar va lipid almashinuvi, qon ivish jarayonlarini faollashtiradi. V2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatoridir. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlariga (shu jumladan, teri hujayralari), hujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanishiga yordam beradi. V9 vitamini o‘sish, rivojlanish va hujayralar proliferatsiyasi, hususan, qon hosil bo‘lishi va embriogenez jarayonlarini normal kechishi uchun zarur, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me’dada xlorid kislotasini hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Folat kislotasi eritropoezni rag‘batlantiradi Kaltsiy karbonati – kaltsiy ionlari nerv impulslarining o‘tkazilishida, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokardning faoliyatida, qonning ivishida qatnashadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va a’zolarni faoliyati uchun zarur. Temir fumarati – temir gemoglobin molekulasini tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda kislorodning tashilishida ishtirok etadi, shuningdek anemiyaning rivojlanishini oldini oladi.

avitaminoz va gipovitaminozlarni oldini olishda;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;moddalar almashinuv jarayonlarini normallashtirishda;o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;organizmning infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun qo‘llaniladi.

Yunivit-M ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkada 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkani butunligicha oz miqdordagi suv bilan yutish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 20 kunni tashkil etadi. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra davolash kursi tanaffusdan (1-3 oydan) keyin qaytarilishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirmang, tasodifan yuqori dozalar kabul qilingan holda darhol shifokorga murojaat qiling.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning tarkibidagi V6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi. Surgi dori vositalarining tarkibiga kiruvchi mineral moyi va kolestiramin A, D va Ye vitaminlarning o‘zlashtirishini kamaytiradi. Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, tsisplatin A, V1 va V6 vitaminlarning o‘zlashtirilishini buzadi. Penitsillin, izoniazid V1 vitaminning chiqarilishini oshirib, uning samaradorligini pasaytiradi. Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi. Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi. Preparatning tarkibidagi askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik va nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytiradi.

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibidagi riboflavin bilan bog‘liq, salomatlik uchun bezarar. Yunivit-M tarkibida vitaminlar va minerallar saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga kabul qilish tavsiya etilmaydi.

homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi individual xolatda shifokor tavsiya etadi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida, preparat xatto uzoq muddat qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborilishining ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Sutkalik doza oshirilganida yunivit-M qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynishi, diareya, terining qizarishi va boshqa simptomlar kabi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.

Retseptsiz

30 tabletkadan polimer flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.