A11AA Farmakologik xususiyatlari Yunivit-M – ko‘p vitaminli majmuaviy preparat bo‘lib, ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning samarasi bilan bog‘liq. Vitaminlar biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatori va boshqaruvchisi sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi. A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqaruvida ishtirok etadi, hujayra va subhujayra membranalarining faoliyatini, moddalar almashinuvini normal kechishiga yordam beradi; yangi hujayralarning o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ye vitamini antioksidant modda bo‘lib, hujayralarni shikastlanish va qarishidan himoya qiladi, erkin radikallar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qimaning tolalari, qon-tomirlar va ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarining shakllanishida ishtirok etadi. D3 vitamini kaltsiy bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, kaltsiyni ingichka ichakda so‘rilishini oshiradi, kaltsiyni buyrak naychalaridan qayta so‘rilishini oshiradi. D3 vitamini I tur kollagen va matritsa oqsillari sintezini oshirish yo‘li bilan osteoblastlar sintezini faollashtirishi yordamida, suyak to‘qimasini qayta modellanish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bezi, qalqonsimon bezi oldi bezlari va jinsiy bezlarning funktsional holatiga ta’sir qiladi, skelet suyaklarining kaltsifikatsiyasini ta’minlaydi. S vitamini kuchli tiklovchi xususiyatlarga ega, xususan, atrof-muhitning toksik moddalarini zararsizlantiruvchi fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar, paylar, bog‘lamlar va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) sintezi uchun, yog‘larni hazm bo‘lishiga xizmat qiluvchi, shuningdek peristaltikani kuchaytiruvchi xolesterinni yog‘ kislotalariga aylantirish uchun zarur. V1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi hujayra energetikidir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatni oshiradi, detoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin uglevodlar va energiya almashinuvida, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida muhim rol o‘ynovchi qator fermentlarning kofermentlarini qurilishida ishtirok etadi. Tiamin yetishmovchiligi beri-beri (spetsifik polinevrit) va Vernike (polinevrik psixoz) sindromlarining rivojlanishiga olib keladi. V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi. V12 vitamini immunitetni rag‘batlantiruvchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta’sirga ega, arterial qon bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasi strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, nerv tizimi, jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uglevodlarlar va lipid almashinuvi, qon ivish jarayonlarini faollashtiradi. V2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatoridir. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlariga (shu jumladan, teri hujayralari), hujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanishiga yordam beradi. V9 vitamini o‘sish, rivojlanish va hujayralar proliferatsiyasi, hususan, qon hosil bo‘lishi va embriogenez jarayonlarini normal kechishi uchun zarur, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me’dada xlorid kislotasini hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Folat kislotasi eritropoezni rag‘batlantiradi Kaltsiy karbonati – kaltsiy ionlari nerv impulslarining o‘tkazilishida, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokardning faoliyatida, qonning ivishida qatnashadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va a’zolarni faoliyati uchun zarur. Temir fumarati – temir gemoglobin molekulasini tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda kislorodning tashilishida ishtirok etadi, shuningdek anemiyaning rivojlanishini oldini oladi.