Yuniparretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Paratsetamol – 500 mg; diklofenak natriy – 50 mg. Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati, gidroksipropilmetiltsellyuloza, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati, aerosil, natriy laurilsulfati, kroskarmelloza.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Paratsetamol va diklofenak natriy.

Preparatning savdo nomi:

Yunipar

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

Tabletkalar

Oq rangli, dumaloq, yassi, riskali qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

M01AB55

Diklofenak ovqat hazm qilish yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. So‘rilish tezligi bir vaqtda ovqat qabul qilinganda biroz sekinlashadi. Sinovial suyuqlikka kirish qobiliyatiga ega. Metabolizmi asosan jigarda amalga oshadi. Metabolitlarining bir qismi farmakologik jihatdan faoldir. Metabolitlarini chiqarilishi asosan buyrak orqali, qisman – safro bilan amalga oshiriladi. Diklofenakning taxminan 1% buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Paratsetamolni ovqat hazm qilish yo‘llarida tez so‘riladi, asosan ingichka ichakda yuz beradi. Paratsetamolning metabolizmi jigarda kechadi. Almashinuv mahsulotlari buyrak orqali chiqariladi. Preparatning 5% o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi.

Shamollash kasalliklari, bosh og‘rig‘i, nevralgiya, tish og‘rig‘i, lyumbago, osteoartroz, ishias, revmatoid artrit, radikulit, isitmali holatlar, bursitlar, tendinitlar, miozitlar, dismenoreyani va operatsiyadan keyingi og‘riqni simptomatik davolash uchun tavsiya qilinadi.

Peroral qo‘llash uchun buyuriladi. 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanmasin. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin yoki shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra buyuriladi.

– anoreksiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, diareya; – qon ketishi bilan asoratlanishi mumkin bo‘lgan ovqat hazm qilish yo‘llarining yaralari (odatda, faqat uzoq muddat davomida ishlatilganda uchraydi); – depressiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; – gematuriya, nefrotik sindrom, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, proteinuriya; – trombotsitopeniya, anemiya; – allergik reaktsiyalar. Nojo‘ya samaralarning simptomlari (agar ular bo‘lsa) dori vositasi bekor qilinganidan keyin yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar o‘tib ketmasa, shifokorga murojaat qiling.

– me’da yara kasalligini zo‘rayishi; – homiladorlik va laktatsiya davrida; – buyrak va jigar kasalliklari; – “aspirin uchligida” (burun va qo‘shimcha bo‘shliqlarning polipozi, NYAQV o‘zlashtiraolmaslik va bronxial astmani birga qo‘shilishi); – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Yunipar furosemid va gipotenziv preparatlarning klinik samaralarini pasaytiradi, kaliyni tejovchi diuretiklarning samarasini potentsiyalaydi. Plazmada digoksinning miqdorini oshiradi. Metotreksatning toksik samaralarini kuchaytiradi. Tsiklosporinning nefrotoksik samarasini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning ta’sirini potentsiyalashi mumkin.

Preparatni buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Homiladorlik va laktatsiya. homiladorlik yoki laktatsiya davrida ishlatish mumkin emas. Homiladorlikda faqat agar patsiyent uchun potentsial foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, tirishishlar, dispeptik holatlar, nafasni buzilishi. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.

4 yil.