Yunidonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Paratsetamol – 650 mg, kofein – 55 mg. Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kaltsiy digidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoat, magniy stearati, gidroksipropilmetiltsellyuloza, talk, aerosil, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza. Qobiq tarkibi: gidroksipropilmetiltsellyuloza, titan dioksidi, talk, izopropil spirti, metilenxlorid, kanakunjut moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Paratsetamol, kofein

Preparatning savdo nomi:

Yunidon

Farmakalogik guruhi:

Analgetik-antipiretik.

Oq rangli, kapsulasimon shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Analgetik-antipiretik.

N02VЕ01

Paratsetamol me’da-ichak yo‘llarida tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Paratsetamol organizmning ko‘pchilik suyuq muhitlarida bir tekis taqsimlanadi va oqsillar bilan kuchsiz bog‘lanadi. Paratsetamol faqat buyrak orqali bog‘langan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizm bo‘ylab yaxshi tarqaladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

Bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, menstrual og‘riq, mushak-skelet og‘riqlarni yo‘qotish uchun, shuningdek isitmada qo‘llanadi.

Tabletkalar peroral qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun: 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.

Preparat odatda tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, terini qizarishi, terida nuqtali toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar. Kvinke shishi, xansirash, ko‘p terlash, arterial qon bosimini pasayishi (xatto shok holatigacha) ko‘rinishidagi giperreaktiv holatlar ta’riflangan. Qon manzarasi o‘zgarishi mumkin – trombotsitopeniya, leykopeniya, ba’zida agranulotsitoz, pantsitopeniya, metgemoglobinemiya, anemiya. Allergik reaktsiyalarga moyil shaxslarda bronxospazm kuzatilishi mumkin (“aspirinli” astma). Odatdagi dozalarni juda uzoq muddat qabul qilish yoki juda yuqori dozalarni qabul qilish, jigar va buyrakning og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Paratsetamolga, kofeinga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda metoklopramid va domperidon qo‘llanilganda paratsetamolning so‘rilish tezligi oshishi va xolestiramin bilan qo‘llanganda kamayishi mumkin. Varfarin va boshqa kumarinlarning antikoagulyant ta’siri paratsetamol davomli va muntazam qo‘llanganida qon ketishini oshishini xavfi bilan kuchayishi mumkin; preparat nomuntazam qabul qilinganida ko‘rsatiladigan samara ahamiyatsiz.

Preparat buyrak va jigar faoliyatining jiddiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Dozaning oshirib yuborilishi havfi jigarning alkogolli notsirroz kasali holatida yuqori bo‘ladi. Preparatni qabul qilganda choy va kofeni haddan tashqari iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Buyurilgan dozani oshirish mumkin emas. Bir vaqtda tarkibida paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish ma’qul emasligidan bemorlar xabardor bo‘lishlari kerak. Simptomlarning uzoq vaqt davom etsa shifokorga murojaat qilish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. preparatni shifokorning tavsiyasidan tashqari homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.

Paratsetamol: Paratsetamol 10 g yoki undan ko‘prok qabul qilinganida kattalarda jigarni shikastlashi mumkin. Uzoq vaqt karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini rag‘batlantiruvchi boshqa preparatlarni yoki muntazam alkogolni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilayotgan bemorlarda paratsetamolni 5 g dan yoki undan ko‘proq qabul qilish jigarning shikastlashiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborish simptomlari birinchi 24 soatda oqarish, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, qorin bo‘shlig‘ida og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Kofein: Kofeinning dozasi oshirib yuborilishini oqibati epigastral sohasida og‘riq, qusish, diurez, taxikardiya yoki yurak aritmiyasi, markaziy nerv tizimining ta’sirlanishi bo‘lishi mumkin. Kofeinning dozasi oshirib yuborilganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Retsept bilan

plyonka qobiq bilan tabletkalar

4 yil.