Yunidoks Solyutabretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: doksitsiklinga qayta hisoblanganda 100,0 mg doksitsiklin monogidrati Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, saxarin, giproloza (quyialmashingan), gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi (suvsiz), magniy stearati, laktoza monogidrati.

Preparatning savdo nomi:

Yunidoks Solyutab®

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Tetratsiklinlar.

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-sariqdan kulrang-sariq rangligacha bo‘lgan, bir tomonida “173” gravirovkasi (tabletkaning kodi) va boshqa tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Tetratsiklinlar.

J01AA02

So‘rilishi So‘rilishi – tez va to‘liq (taxminan 100%). Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga kuchsiz ta’sir qiladi. 200 mg qabul qilinganidan keyin doksitsiklinning qon plazmasidagi maksimal darajasiga (2,6-3 mkg/ml) 2 soat o‘tgach erishiladi, 24 soatdan keyin qon plazmasidagi faol moddaning kontsentratsiyasi 1,5 mkg/ml gacha pasayadi. Davolashning birinchi kuni 200 mg va keyingi kunlari sutkada 100 mg dan qabul qilinganidan keyin, doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyaning darajasi 1,5-3mkg/ml ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi Doksitsiklin plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (80-90%), a’zolar va to‘qimalarga yaxshi kiradi, orqa-miya suyuqligiga – yomon kiradi (qon plazmasidagi darajasining 10-20%), biroq doksitsiklinning orqa-miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi orqa-miya pardasini yallig‘lanishida oshadi. Taqsimlanish hajmi – 1,58 l/kg. Ichga qabul qilinganidan keyin 30-45 minut o‘tgach doksitsiklin terapevtik kontsentratsiyalarda jigarda, buyraklarda, o‘pkada, taloqda, suyaklarda, tishlarda, prostata bezida, ko‘z to‘qimalarida, plevral va astsitik suyuqliklarida, safroda, sinovial ekssudatda, gaymorov va peshona bo‘shliqlarining ekssudatida, milk jo‘yaklari suyuqligida aniqlanadi. Jigarning normal faoliyatida preparatning safrodagi darajasi, plazmadagiga qaraganda 5-10 marta yuqori. So‘lakda doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining ko‘rsatkichini 5-27% aniqlanadi. Doksitsiklin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga oz miqdorda chiqadi. Dentinda va suyak to‘qimasida to‘planadi. Metabolizmi Doksitsiklinning juda oz miqdori metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Ichga bir marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri – 16-18 soat, takroriy dozalar qabul qilinganidan keyin – 22-23 soat. Qabul qilingan preparatning taxminan 40% buyraklar orqali va 20-40% ichak orqali faol bo‘lmagan shakllar (xelatlar) ko‘rinishida chiqariladi. Alohida klinik holatlaridagi farmakokinetikasi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi, chunki uni ichak orqali chiqarilishi oshadi. Gemodializ va peritoneal dializ doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga ta’sir qilmaydi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarining infektsiyalari, shu jumladan faringit, o‘tkir bronxit, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini zo‘rayishi, traxeit, bronxopnevmoniya, bo‘lakli pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi;LOR-a’zolarining infektsiyalari, shu jumladan otit, sinusit, tonzillit;siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari: tsistit, piyelonefrit, bakterial prostatit, uretrit, uretrotsistit, urogenital mikoplazmoz, o‘tkir orxiepididimit; endometrit, endotservitsit va salpingoofiorit va boshqa majmuaviy davolash tarkibida; shu jumladan jinsiy yo‘li bilan yuqadigan infektsiyalar: urogenital xlamidioz, penitsillinni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlardagi sifilis, asoratlanmagan gonoreya (muqobil davolash sifatida), chov granulemasi, tanosil limfogranulema;me’da-ichak yo‘llari va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (vabo, iyersinioz, xoletsistit, xolangit, gastroenterokolit, batsillyar va amyobali dizenteriya, “sayohatchilar” diareyasi);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan, hayvonlar tishlaganidan keyingi yarali infektsiyalar), og‘ir xusnbuzar kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida);boshqa kasalliklar: frambeziya, legionellyoz, kelib chiqishi turli xlamidioz (shu jumladan prostatit va proktit), rikketsioz, Ku isitmasi, qoyali tog‘lar dog‘li isitmasi, tif (shu jumladan toshmali, qaytuvchan kana), Layma kasalligi (I bosq. – erythema migrans), tulyaremiya, o‘lat, aktinomikoz, bezgak; ko‘zning infektsion kasalliklari, majmuaviy davolash tarkibida – traxoma, leptospiroz, psittakoz, ornitoz, kuydirgi (shu jumladan o‘pka shakli), bartonellyoz, granulotsitar erlixioz; ko‘kyo‘tal, brutsellyoz, osteomiyelit; sepsis, nimo‘tkir septik endokardit, peritonit;operatsiyadan keyingi yiringli asoratlarni oldini olish; Plasmodium falciparum chaqirgan bezgak, xloroxin va/yoki pirimetamin-sulfadoksinga chidamli shtammlar tarqalgan xududlarga qisqa muddatli sayohatlarda (4 oydan kam) qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, disfagiya, diareya, enterokolit (stafilokokk enterit), glossit, stomatit, anogenital kandidoz, anal qichishish, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qizilo‘ngach yarasi, tilni to‘q rangga bo‘yalishi. Uzoq muddatli davolaganda ichak mikroflorasi tarkibida V guruhi vitaminlarini hosil qiluvchi bakteriyalarni o‘sishini bostirilishi tufayli, V guruhi vitaminlari tanqisligi kuzatilishi mumkin. Dermatologik va allergik reaktsiyalar: eshakemi, fotosensibilizatsiya, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi, makulo-papulyoz va eritematoz toshma, zardob kasalligiga o‘xshash eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, Shyonleyn-Genox purpurasi, fotoonixolizis. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: perikardit. Jigar tomonidan: ba’zida pankreatit bilan assotsiatsiyalangan jigarni shikastlanishi (preparatni uzoq muddat qabul qilishda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda). Buyrak tomonidan: preparatning antianabolik samarasi bilan bog‘liq bo‘lgan mochevina qoldiq azotini oshishi, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda azotemiyani og‘irlashishi. Doksitsiklinni qabul qilish fonida limon kislotasini saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish Fankoni sindromiga o‘xshash simptomlarni: albuminuriya, glyukozuriya, gipofosfatemiya, gipokaliyemiya va buyrak kanalchalar atsidoz. Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, protrombin faolligini pasayishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh miya ichki bosimini xavfsiz oshishi (anoreksiya, qusish, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, tremor, ko‘rish nervini shishi), vestibulyar buzilishlar (bosh aylanishi yoki muvozanatsizlik), gallyutsinatsiyalar, ko‘rishni noaniqligi, skotoma, ko‘zda ikkilanish. Qalqonsimon bezi tomonidan: doksitsiklin guruhiga mansub antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilgan patsiyentlarda, ko‘pgina hollarda qalqonsimon bezining faoliyatini buzilishisiz, uning to‘qimasi qaytuvchan to‘q jigarrangga bo‘yalishi mumkin. Tishlar va suyaklar tomonidan: doksitsiklin osteogenezni sekinlashtiradi, bolalarda tishlarning normal rivojlanishini buzadi (tishlarning rangini qaytmas o‘zgartiradi, emalning gipoplaziyasi rivojlanadi). Boshqalar: superinfektsiya ko‘rinishlari sifatida kandidoz (stomatit, glossit, proktit, vaginit).

tetratsiklinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlikhomiladorliklaktatsiya8 yoshgacha bo‘lgan bolalarjigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlariporfiriyada qo‘llash mumkin emas.

Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsidlar, temir preparatlari, natriy gidrokarbonati, magniy saqlovchi surgi vositalari doksitsiklinni so‘rilishini kamaytiradi, shuning uchun ularni 3 soatlik interval bilan alohida qo‘llash kerak. Doksitsiklin tomonidan ichakning mikroflorasini bostirilishi tufayli protrombin indeksi pasayadi, bu bilvosita antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi. Doksitsiklin xujayra devorining sintezini buzuvchi bakteritsid antibiotiklar (penitsillinlar, tsefalosporinlar) bilan birga qo‘llanganida bu antibiotiklarning samaradorligi pasayadi. Estrogen saqlovchi gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida doksitsiklin kontratseptsiyaning ishonchliligini pasaytiradi va atsiklik qon ketishlarini rivojlanishi tez-tezligini oshiradi. Etanol, barbituratlar, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin va mikrosomal oksidlanishning boshqa rag‘batlantiruvchilari, doksitsiklinning metabolizmini tezlashtirib, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasaytiradi. Doksitsiklin va retinolni bir vaqtda qo‘llash bosh miya ichki bosimini oshishiga olib keladi.

Tetratsiklin qatorining boshqa preparatlari bilan kesishgan chidamlilik va o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishining imkoniyati mavjud. Tetratsiklinlar protrombin vaqtini oshirishi mumkin, koagulopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda tetratsiklinlarning buyurilishi sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak. Tetratsiklinlarning antianabolik samarasi qonda mochevina qoldiq azotining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda bu buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun jiddiy ahamiyatga ega emas. Biroq buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda azotemiyani o‘sishi kuzatilishi mumkin. Tetratsiklinlarni buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash shifokor nazoratini talab qiladi. Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida qonning laborator ko‘rsatkichlarini, jigar va buyrak faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish talab qilinadi. Fotodermatitni rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida va undan keyin 4-5 kun davomida insolyatsiyani cheklash kerak. Antibiotiklarni qabul qilish sezgir bo‘lmagan, shu jumladan Candida avlodi zamburug‘larining ortiqcha o‘sishini chaqirishi mumkin. Bunday holda preparat qabul qilishni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak. Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan doksitsiklinni qabul qilishda soxtamembranoz kolit rivojlanishi hollari ta’riflangan. Uning og‘irlik darajasi yengildan hayot uchun xavfli holatlargacha bo‘lgan. Antibakterial preparatlar qabul qilish fonida rivojlangan diareyali patsiyentlarda ushbu tashxisni e’tiborga olish kerak. Anamnezni sinchiklab yig‘ish kerak, chunki Clostridium difficile chaqirgan diareya antibakterial preparatlarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 2 oy davomida rivojlanishi mumkin. Miasteniya gravis (Myasthenia gravis): nerv-mushak blokadasini rivojlanishi mumkinligi tufayli, bu kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga tetratsiklinlarni buyurishda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Tizimli qizil yugurik: tetratsiklinlar tizimli qizil yugirikni zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Dispeptik holatlarni oldini olish uchun preparatni ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya qilinadi. Ezofagit yoki qizilo‘ngach yarasini rivojlanishini oldini olish uchun preparatni ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilish va uyqudan oldin preparatni qabul qilmaslik kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Doksitsiklin gemato-yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Tetratsiklinlar homilaga (osteogenezni sekinlashishi) va tish emalini shakllanishiga (rangini qaytmas o‘zgarishi, gipoplaziya) salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, shuningdek onada jigarni shikastlanishi xavfini oshishi sababli, tetratsiklinlar preparat o‘ta xavfli va og‘ir infektsiyalarni (qoyali tog‘lar dog‘ili isitmasi, Bacillus anthracis ni ingalyatsion ta’siri va boshqalar) davolash va oldini olish uchun yaga vosita bo‘lgan hollardan tashqari qo‘llanilmaydi. Tug‘ish yoshidagi ayollarga doksitsiklinni buyurishgacha homiladorlikni inkor etish lozim. Doksitsiklin ko‘krak sutiga kiradi. Bolalarda tishlar va suyaklarni shakllanishiga noxush ta’siri tufayli, doksitsiklin boshqa tetratsiklinlar kabi emizish vaqtida qo‘llanilmaydi. Agar tetratsiklinlarni buyurish zarurati bo‘lganida emizish to‘xtatiladi. Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari tekshirilmagan. Transport vositalari, mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri noma’lum. Bosh aylinishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘zlarda ikkilanish paydo bo‘lgan hollarda avtotransport yoki mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi. Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarga qarang.

15 dan 25oS gacha haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Simptomlari: jigarni shikastlanishi chaqirgan nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi – qusish, isitmali holat, sariqlik, azotemiya, transaminazalarning darajasini oshishi, protrombin vaqtini oshishi. Davolash: katta dozalar qabul qilinganidan keyin darhol me’dani yuvish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, zarurati bo‘lganida – qusishni qo‘zg‘atish tavsiya qilinadi. Faollashtirilgan ko‘mir va osmotik surgi vositalari qabul qilinadi. Past samaradorligi tufayli gemodializ va peritoneal dializ tavsiya qilinmaydi.

Retsept bo‘yicha

100 mg dispersiyalanuvchi tabletkalar; 10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.