Xoup rasmini ko'rish

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi. faol moddalar: 1 Oddiy Sarsabil (Asparagus adscendens) 110,0 mg 2 Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus terrestris) 110,0 mg 3 Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens) 140,0 mg 4 Kengbargli Yartish (Orchis latifolia) 140,0 mg yordamchi moddalar: 5 Kolloidli kremniy dioksidi 4,0 mg 6 Tozalangan talk 4,0 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

oddiy Sarsabil (Asparagus adscendens), Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus terrestris), Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens), Kengbargli Yartish (Orchis latifolia).

Preparatning savdo nomi:

Xoup

Farmakalogik guruhi:

Urologiyada qo‘llaniladigan vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

O‘ziga xos hidli dorivor o‘simliklarning mayda elimentlari bo‘lgan jigarrangsimon rangli g‘ovak kukun saqlovchi “0” o‘lchamli to‘q-qizil rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Urologiyada qo‘llaniladigan vosita.

O‘simliklar: oddiy sarsabil, yerbag‘irlagan temirtikan, kengbargli yartishdan original texnologiya bo‘yicha olinadigan, o‘simliklardan olinadigan vosita, asosan furostanol turidagi steroid saponinlar saqlaydi. Organizmning umumiy tonusini oshiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ayrim faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda jinsiy libidoni yaxshilaydi va tiklaydi, erektsiya vaqtini uzaytiradi, vaqtidan oldin sperma tashlashni bartaraf qiladi, spermatozoidlar sonini va ularning xarakatchanligini oshirib, organizmda sog‘lom spermani ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Asosiy birikma hisoblangan protodiostsin organizmda degidroepiandrosteron (DHEA) gacha metabolizmga uchraydi, u immunitetga, hujayra membranalari butunligi, erektil faoliyat va xolesterin metabolizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki xolesterin xamma steroidlar uchun shu jumladan DHEA, tetstosteron va estradiol uchun ham, dastlabki modda hisoblanadi, bu Xoupning gipolipidemik samarasidan dalolat beradi. Tarkibiga kiruvchi boshqa faol furastanol saponinlar protodiostsinning samarasini modulyatsiya qiladi. Xoup gipolipidemik samaraga ega: past zichlikdagi lipoproteidlarning (PZLP) umumiy xolesterinini pasaytiradi, ayniqsa erkaklarda bu samara yaqqolroq namoyon bo‘ladi, zardobdagi triglitseridlar va YUZLP (yuqori zichlikdagi liporoteidlar) ko‘rsatkichiga ta’sir qilmaydi. Jigar faoliyatini yaxshilaydi va siydik ajralishini kuchaytiradi. Safro ajralib chiqishini oshiradi, me’da shirasini sekretsiyasini rag‘batlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Preparat periferik qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi, amplitudani kattalashtiradi va yurak qisqarishlar ritmini sekinlashtiradi.

Preparat organizmda DHEA gacha jadal metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan protodiostsin qon plazmasidan tez chiqariladi va 3 soatdan keyin uning kontsentratsiyasi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Preparat ichga qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida safro bilan protodiastsinning– 2 dan 4% gacha minimal miqdori chiqariladi. Siydikda o‘zgarmagan protodiastsinni o‘lchash mumkin bo‘lgan kontsentratsiyasi aniqlanmaydi. Xoup vena ichiga bir marta qo‘llanganda sutka davomida protodiostsinning safro bilan taxminan 12-14%, buyrak orqali taxminan 6-7% chiqariladi.

Idopatik oligoastenoteratozoospermiya (ajralgan spermada spermatozoidlar sifatini va sonini kamayishi) bilan bog‘liq erkaklardagi bepushtlik varikotsele yuzasidan jarroxlik aralashuvi (moyakning urug‘i kanatikini varkioz kengayishi), immunologik infertillik; erektil disfunktsiya; dislipidemiyada umumiy xolesterin darajasini pasaytirish uchun; siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari (tsistit, piyelonefritlar); podagrada qo‘llaniladi.

Ichga qo‘llanadi. Erkaklarda jinsiy faoliyatlarni buzilishini davolash uchun: kuniga 1-2 kapsuladan ovqat vaqtida buyuriladi. Erektil funktsiyani buzilishini davolash davomiyligi – kamida 40-50 kunni tashkil etadi, bepushtlikda – 70-90 kunni tashkil qiladi. Dislipidemiya: 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi kamida 3 oyni davom ettishi kerak. Takroriy kurslar – shifokor tavsiyasiga binoan belgilanadi.

Doza kamaytirilganda yoki vaqtinchalik (2-3 kunga) preparatni qabul qilish to‘xtatilganda o‘tib ketuvchi ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning hamma komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Prostata bezi adenomasi. Og‘ir yurak-qon tomir va buyrak kasalliklari. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ta’riflanmagan.

Ta’riflanmagan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz.

500 mg dan kapsulalar. 60 kapsuladan flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramlarda.

3 yil.