Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: Xondroitin sulfati
Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, suvsiz lanolin, vazelin, tozalangan suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Xondroitin sulfati
Preparatning savdo nomi:
Xondroksin
Farmakalogik guruhi:
To‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini muvofiqlashtiruvchi vosita.
Dori shakli:
Surtma
Och-sariq rangli, dimetilsulfoksid hidli surtma.
To‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini muvofiqlashtiruvchi vosita.
M09AX02
Xondroksin surtmasi quyidagi ta’sirlarga ega:
osteoartroz va osteoxondrozni rivojlanib borishini sekinlashtiradi;
og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi;
yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega;
bo‘g‘im tog‘ayini tiklanishini rag‘batlantiradi;
bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi;
bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi.
Xondroksin surtmasi preparatini qo‘llash qabul qilinayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozasini kamaytirish imkoniyatini beradi.
Xondroksin tog‘ay to‘qimasini shakllanishida ishtirok etuvchi tabiiy komponent xondriotin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi.
Xondriotin sulfati:
tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini yaxshilaydi;
tog‘ay to‘qimasining parchalovchi fermentlarining faolligini pasaytiradi;
tog‘ay to‘qimasining degeneratsiyasi (parchalanishi) jarayonlarini tormozlaydi;
glyukozaminoglikanlarning sintezini rag‘batlantiradi;
biriktiruvchi to‘qimaning kollapsiga to‘sqinlik qiladi.
Bu og‘riqni kamayishiga va shikastlangan bo‘g‘imlarning harakatchanliligini oshishiga olib keladi.
Xondroksin surtmasi yaxshi so‘riladi.
Sichqonlardagi radionishonlangan 3N-xondriotin sulfatini bilan o‘tkazilgan eksperimental tekshirishlarda olingan ma’lumotlarga muvofiq, xondriotin sulfatini so‘rilish ko‘rsatgichi 14% ni tashkil qiladi.
Dimetilsulfoksid xondriotin sulfatini xujayra membranalari orqali to‘qimalarning ichiga yaxshiroq kirishiga yordam beradi.
Xondroksin surtmasi teriga qo‘yilganidan keyin xondriotin sulfati bo‘g‘imlarga tanlab tez kiradi va 30 minut o‘tgach maksimal kontsentratsiyasiga yetishi bilan tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichda chiqariladi.
Chiqarilishining tez bosqichini yakunlanishi, qo‘llanganidan keyin 1 soat o‘tgach yuz beradi.
Preparatni bo‘g‘imda tutib turilish vaqti 5 soatni tashkil qiladi.
Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteoartroz va umurtqa pog‘onasining osteoxondrozini davolash va oldini olishda qo‘llanadi.
Sirtga: Xondroksin surtmasi shikastlanish o‘chog‘i ustidagi teriga kuniga 2-3 marta qo‘yiladi va 2-3 minut davomida, to to‘liq so‘rilib ketgunicha ishqalanadi.
Davolash kursi 2-3 haftadan to 2-3 oygacha.
Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Allergik reaktsiyalar
Preparatni komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
– Preparatni qo‘yish sohasida bo‘lgan teri qoplamalarini shikastlanishi.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Dorilarning o‘zaro ta’siri yoki nomutanosibligi hollari ta’riflanmagan.
Xondroksin preparatini shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida, bolalik yoshida preparat shifokorning maslahatisiz qo‘llanmasin
Xondroksin surtmasi sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va patsiyentning yuqori diqqatni va tezkor ruxiy va harakat reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Xondroksin preparatini shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida, bolalik yoshida preparat shifokorning maslahatisiz qo‘llanmasin
Xondroksin surtmasi sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va patsiyentning yuqori diqqatni va tezkor ruxiy va harakat reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Xondroksin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.
Retseptsiz
Sirtga qo‘llash uchun surtma 20 g, 25 g yoki 30 g dan tubalarda.
Saqlash sharoiti