Xondroksid tabletkalar rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: ta’sir etuvchi modda: xondroitin sulfat natriy – 250,0 mg. yordamchi moddalar: kaltsiy stearati – 4,8 mg, krospovidon – 12,39 mg, povidon K-30 – 9,312 mg, mikrokristall tsellyuloza – 96,0 mg, magniy gidroksikarbonati pentagidrati – 107,498 mg.

Preparatning savdo nomi:

Xondroksid tabletkalar

Farmakalogik guruhi:

to‘qimalar reparatsiyasining tabiiy stimulyatori.

Dori shakli:

tabletkalar

oqdan sarg‘ish yoki och sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, riskali va faskali tabletkalar, kiritmalar bo‘lishi mumkin.

to‘qimalar reparatsiyasining tabiiy stimulyatori.

M01AX25]

Tog‘ay to‘qimasini shakllanishini rag‘batlantiruvchi, regeneratsiya qiluvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Xondroksid® tog‘ay va suyak to‘qimasining asosiy moddasini hosil qilishda ishtirok etadi: gialin va tolasimon tog‘aylardagi almashinuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Preparat tog‘ay to‘qimasining parchalanish jarayonlarini tormozlaydi va bo‘g‘im tog‘ayida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi. Xondoksid® proteoglikanlarning biosintezini rag‘batlantiradi, bo‘g‘im xaltachasining va bo‘g‘imlarning tog‘ayli yuzalarining regeneratsiyasiga yordam beradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qotilishini kuchaytiradi, suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Xondroksid® osteoartroz va osteoxondrozning rivojlanib borishini sekinlashtiradi. Xondroksid® preparati qo‘llanganida shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqlar kamayadi va harakat yaxshilanadi, bunda terapevtik samara davolash kursi tugatilganidan keyin ham uzoq vaqt saqlanadi. Geparin bilan struktur o‘xshashlikka ega bo‘lib, sinovial va subxondral mikrotsirkulyator havzada fibrinli tromblarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

So‘rilishi Ichga bir marta o‘rtacha terapevtik doza qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 3-4 soat o‘tgach, sinovial suyuqligida 4-5 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 13% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi Asosan tog‘ay to‘qimasida yig‘iladi (bo‘g‘im tog‘ayida maksimal kontsentratsiyasiga 48 soatdan so‘ng erishiladi); sinovial xaltachasi bo‘g‘im ichiga kirishi uchun to‘sqinlik qilaolmaydi. Chiqarilishi Buyraklar orqali 24 soat davomida chiqariladi.

Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteoartroz va umurtqa pog‘onasining osteoxondrozini davolash va oldini olishda qo‘llanadi.

Ichga, 0,5 g dan (2 tabletka) sutkada 2 marta. Tabletkalar suv bilan birga qabul qilinadi. Tavsiya etiladigan boshlang‘ich davolash kursi 6 oyni tashkil qiladi. Preparatning terapevtik samarasi qo‘llash to‘xtatilganidan keyin ham kasallikning joylashishi va bosqichiga qarab 3-5 oy davom etadi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin, kurslarning davomiyligi shaxsiy belgilanadi.

Tez-tezligini baholash: kam hollarda – >= 0,01% dan <0,1% gacha. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda – allergik reaktsiyalar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar (bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Qon ketishlari yoki qon ketishiga moyillik.

Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklarning ta’siri kuchayishi mumkin

Preparat bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklar bilan birga qo‘llanganida qon ivishining ko‘rsatkichlarini ko‘proq nazorat qilish talab qilinadi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, haddan ziyod yuqori dozalarda (sutkada 3 g dan ko‘proq) uzoq muddat qabul qilinganida gemorragik toshmalar bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik davolashni o‘tkazish.

Retseptsiz

Tabletkalar 250 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3, 5, 6, 9 yoki 10 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.