Xondroksid gel rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: xondrotin natriy sulfati – 0,05 g (100% quruq moddaga hisoblanganda); yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid (dimeksid) – 0,1 g, propilenglikol (1,2-propandiol) – 0,05 g, izopropanol (izopropil spirti, 2-propanol)-0,05 g, etanol (etil spirti) – 0,2 g, natriy disulfati (natriy metabisulfiti) – 0,0005 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin, metilparaben) – 0,0012 g, propilparagidroksi-benzoat (nipazol, propilparaben) – 0,0003 g, karbomer (karbopol) – 0,035 g, apelsin aromatizatori (ozuqa “Apelsin” aromatizatori) – 0,005 g, suv (tozalangan suv) – 1 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Xondroitin sulfati

Preparatning savdo nomi:

Xondroksid® gel

Farmakalogik guruhi:

To‘qimalarning reparatsiyasini rag‘batlantiruvchisi

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun gel

Sarg‘ish, yarimtiniq, meva hidli bir xil gel.

To‘qimalarning reparatsiyasini rag‘batlantiruvchisi

M01AX25.

Xondroksid® geli majmuviy ta’sirga ega: osteoartrozni va osteoxondrozni kuchayib borishini sekinlashtiradi; og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi; yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi; bo‘g‘im tog‘ayining tiklanishini rag‘batlantiradi; bo‘g‘imlarning harakatchanligini yaxshilaydi; bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi. Gelning komponentlarini optimal mos qo‘shilishi tufayli ularning og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi samaralarini o‘zaro kuchayishi aniqlanadi. Xondroksid® gel preparatini qo‘llash qabul qilayotgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning dozalarini kamaytirish imkonini beradi. Xondroksid® tabiiy komponent xondroitin sulfatini (yuqori molekulyar mukopolisaxarid) saqlaydi, u tog‘ay to‘qimalarni qurilishida ishtirok etadi. Xondroitin sulfati: tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini yaxshilaydi; tog‘ay to‘qimasini parchalaydigan fermentlarning faolligini pasaytiradi; tog‘ay to‘qimasida degeneratsiya (parchalanish) jarayonlarini tormozlaydi; glikozaminoglikanlar sintezini rag‘batlantiradi; biriktiruvchi to‘qimasining kollapsiga to‘sqinlik qiladi; Bu shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqni kamayishiga va harakatchanlikni oshishiga olib keladi.

Xondroksid® geli yaxshi so‘riladi. Sichqonlarda radionishonlangan 3N-xondroitin sulfati ishlatilgan holda eksperimental tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga muvofiq xondroitin sulfatining so‘rilish ko‘rsatkichi 14% ni tashkil qiladi. Dimetilsulfoksid xondroitin sulfatni xujayra membranalari orqali to‘qimalarni ichkarisiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Xondroksid® gel preparati teriga surtilgandan keyin xondroitin sulfat bo‘g‘imlarga tez va tanlab o‘tadi, 30 minutdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi va keyinchalik preparat tog‘ay to‘qimasidan ikki bosqichli chiqariladi. Chiqarilishining tez bosqichini tugallanishi qo‘llangandan 1 soatdan keyin yuz beradi. Preparatni bo‘g‘imlarda tutilib qolishi 5 soatni tashkil qiladi.

Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteartroz, umurtqa pog‘onasining osteoxondrozni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Sirtga. Xondroksid® geli teriga shikastlanish o‘chog‘i ustiga kuniga 2-3 marta surtiladi va yengil qarsaksimon harakatlar bilan to‘liq shimilguncha 2-3 minut davomida ishqalanadi. Davolash kursi 2-3 haftadan 2-3 oygacha tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.

Allergik reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparat surtilgan sohada teri qoplamalarini shikastlanishida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlik, laktatsiya davri, bolalik yoshi.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi yoki nomutanosibligi hollari noma’lum.

Preparatni shilliq qavati va ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Teriga yoki kiyimga tushganida gel suv bilan iz qoldirmasdan oson yuviladi. Preparat homiladorlikda, laktatsiya davrida, bolalik yoshida shifokorni maslahatsiz qo‘llash mumkin emas.

Xondroksid® geli sedativ samara, psixomotor buzilishlar chaqirmaydi va patsiyentni yuqori e’tibor va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Xondroksid® gel preparati dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

Retseptsiz.

Sirtga qo‘llash uchun 5% li gel. 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyuminiy tubalarda yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.

2 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.