Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 kapsula 0,25 g xondroitin sulfatni saqlaydi.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Xondroitin sulfat
Preparatning savdo nomi:
Xondro Ask
Farmakalogik guruhi:
To‘qimalar regeneratsiyasining stimulyatorlari.
Dori shakli:
Kapsulalar
To‘qimalar regeneratsiyasining stimulyatorlari.
Gialin va tolasimon tog‘aylarda almashinuv jarayonlariga ta’sir qiladi, bo‘g‘imlarning tog‘ay to‘qimalaridagi degenerativ o‘zgarishlarni kamaytiradi.
Tog‘ay to‘qimasining buzilishini chaqiradigan fermentlar faolligini bostiradi, glikozaminglikanlar biosintezini rag‘batlantiradi, bo‘g‘imning tog‘ay yuzasi va bo‘g‘im xaltasining regeneratsiyasiga yordam beradi, bo‘g‘im suyuqligining ishlab chiqarilishini oshiradi.
Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi.va kaltsiyning yo‘qotilishini pasaytiradi, suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Preparat bilan davolanganda shikastlangan bo‘g‘imlarning og‘rig‘i kamayadi va harakatchanligi yaxshilanadi.
Davolash kursi tugaganidan so‘ng terapevtik samarasi uzoq muddat saqlanadi.
Preparat me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi (70%) so‘riladi.
O‘rtacha terapevtik doza 1 marta qabul qilinganidan so‘ng xondroitin sulfatining qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 3-4 soatdan, sinovial suyuqligida 4-5 soatdan so‘ng erishiladi.
Preparatning biokirisha-olishligi 13% ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi asosan buyraklar orqali 24 soat davomida amalga oshiriladi.
Ichga, kattalarga 0,75 g dan (3 kapsula) kuniga 3 marta birinchi 3 hafta davomida, so‘ngra 0,5 g dan (2 kapsula) kuniga 2 marta 9 hafta davomida buyuriladi; bolalar uchun sutkalik doza yoshga bog‘liq bo‘ladi va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,25 g dan (1 kapsula), 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 0,5 g dan (2 kapsula), 5 yoshdan oshganlarga – 0,5-0,75 g ni (2-3 ta kapsula) tashkil qiladi.
Kamdan–kam: allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, meteorizm, diareya, kolit.
Preparat bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar va fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning ta’sirini kuchayishi mumkin.
Qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarga va qon ketishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Paradontopatiyani turli shakllarida davolash kursi kamida 3 oy davom etishi kerak.
Aterosklerozi bo‘lgan keksa bemorlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar bor bo‘lib, bunda qon plazmasida xolesterin va triglitseridlar kontsentratsiyasini biroz kamayishi aniqlangan.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan.
Retseptsiz.
10 kapsuladan PVX/alyuminiy folga kontur uyali o‘ramlarda