Xlorofillipt sprey rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: xlorofilliptning quyuq ekstrakti (10,76:1) (ekstragent etanol 93%) − 30 mg; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (Ye 218), propilparagidroksibenzoat (Ye 216), etanol (96%), glitserin, polisorbat (polisorbat-80), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorofillipt

Preparatning savdo nomi:

Xlorofillipt sprey

Farmakalogik guruhi:

antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.

Dori shakli:

sprey

och-yashil rangdan yashil rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli tovlanuvchi suyuqlik.

antiseptik va dezinfektsiyalovchi vositalar.

D08AX.

Xlorofillipt evkaliptning barglaridan olingan xlorofillarning aralashmasi hisoblanadi. Preparat stafilokokklarga nisbatan antibakterial (bakteriostatik va bakteritsid) faollik ko‘rsatadi, shuningdek antiseptik va yallig‘lanishga qarshi faollik namoyon qiladi.

Tekshirilmagan

Antibiotikka chidamli stafilokokklar chaqirgan kasalliklar: bachadon bo‘ynini eroziyasi, kuyishlar, trofik yaralar, o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), anginalarni davolashda qo‘llanadi.

Xlorofillipt mahalliy qo‘llanadi. Yuqori nafas yo‘llari a’zolarining yallig‘lanishlarida (angina, O‘RK) kattalarga sutkada 3-4 marta 3-4 kun davomida konteynerning klapani 2 marta bosilib tomoqqa sepiladi. Eroziya, trofik yaralar, kuyishlarni davolashda dokali salfetka Xlorofillipt bilan namlanadi va teri va shilliq qavatlarning yuzasiga 15-20 minutga qo‘yiladi. Muolaja sutkada 2 marta o‘tkaziladi. Muolajalar har kuni 10 kun davomida takrorlanadi. Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llashning tajribasi yo‘q.

Preparat qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, angionevrotik shish, giperemiya kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Antiseptik preparatlarning ta’siri kuchaytiradi.

Qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin Xlorofilliptga sezuvchanlik aniqlanadi, buning uchun bemorning og‘iz bo‘shlig‘iga preparat sinab sepiladi (konteynerning klapani 1 marta bosiladi). 6-8 soatdan keyin allergiyaning belgilari (lablar, shilliq qavatlarning shishi) kuzatilmagan holda, preparatni qo‘llash mumkin. Xlorofilliptga sezuvchanlik preparatning biron-bir dori shaklida Xlorofilliptning 0,25% spirtli eritmasini ichga qabul qilish yo‘li bilan aniqlanadi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashning samaradorligi va havfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun preparatni bu guruh patsiyentlarida qo‘llash mumkin emas.

Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ta’siridan himoya qilinsin.

Nojo‘ya reaktsiyalari kuchayishi mumkin.

Retseptsiz

15 ml dan konteynerda, 1 konteyner qutida.

3 yil