Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: xlorgeksidin biglyukonat eritmasi 20% – 25 ml;
yordamchi modda: tozalangan suv 1 l gacha.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
xlorgeksidin
Preparatning savdo nomi:
Xlorgeksidin
Farmakalogik guruhi:
Antiseptik va dezinfektsiyalovchi vosita.
Dori shakli:
suvli eritma
rangsiz, tiniq yoki biroz tovlanuvchi hidsiz suyuqlik.
ntiseptik va dezinfektsiyalovchi vosita.
D08AC02
Preparat bakteritsid va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pgina grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shuningdek tanosil kasallik qo‘zg‘atuvchilariga (treponemalar, gonokokklar, trixomonadalar) nisbatan faol.
Candida turi zamburug‘lariga, dermatofitlarga va trixofitonlarga qarshi fungistatik faollikka ega.
Infektsiyalangan yaralarga ishlov berish, tsistitda qovuqni yuvish, jarrohlik asboblarini sekinlashgan sterilizatsiya qilish uchun va tanosil kasalliklarini (sifilis, gonoreya, trixomoniaz) oldini olishda qo‘llanadi.
Mahalliy buyuriladi.
Doza va qo‘llash usuli ko‘rsatmalarga bog‘liq.
Infektsiyalangan yaralarga ishlov berish uchun eritma bilan namlangan dokali salfetkalar yara yuzasiga kuniga 2 martadan qo‘yiladi.
Sekin sterilizatsiya qilish uchun jarrohlik asboblariga eritma bilan 30 minut davomida ishlov beriladi.
Qovuqni eritma bilan yuvish esa (avtoklavda 30 minut davomida sterilizatsiya qilingan) kuniga 1 marta amalga oshiriladi, davolash muddati uchun 4 dan 12 gacha muolaja (bir muolaja uchun 300-400 ml eritma) qilinadi.
Terini qurishi va qichishish, dermatit bo‘lishi mumkin.
Allergik kasalliklarda, dermatitda, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Sovun bilan, shuningdek anion guruhini saqlovchi (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetiltsellyuloza) detergentlar bilan nomutanosib.
Kation guruhini saqlovchi preparatlar (tsetrimoniy bromidi, benzalkoniy xloridi) bilan mutanosib.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasi
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.