Xindgraretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saklaydi: faol moddalar: sildenafil tsitratini 50 mg yoki 100 mg. yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, povidon, izopropil spirti, tozalangan talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, dixlormetan, titan oksidi, polisorbat 80, indigokarmin bo‘yog‘i.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil tsitrati

Preparatning savdo nomi:

Xindgra

Farmakalogik guruhi:

Potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

moviy rangli, rombsimon shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

G04BE03

Buzilgan erektil faoliyatni tiklaydi va jinsiy qo‘zg‘alishga nisbatan tabiiy javobni ta’minlaydi. Sildenafil tsGMF-spetsifik fosfodiesteraza 5 turi (FDE5) ni kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi, u g‘ovaksimon tanada tsGMF ni parchalanishiga ma’sul. Sildenafil g‘ovak tanaga bevosita bo‘shashtiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo azot oksidini bu to‘qimaga bo‘shashtiruvchi ta’sirini faol kuchaytiradi. Jinsiy qo‘zg‘alishda sildenafilni ta’siri ostida NO ni lokal ajralishi FDE5 ni susayishiga va g‘ovaksimon tanada tsGMF darajasini oshishiga olib keladi, buning natijasida silliq mushaklarni bo‘shashishi va g‘ovak tanada qon oqimini kuchayishi yuz beradi. Sildenafil yengil va o‘tkinchi rang ajratishni (ko‘k/yashil) buzilishini chaqirishi mumkin. Rangli ko‘rishning buzilishini taxmin qilinadigan mexanizmi, yorug‘likni to‘rsimon qavatga o‘tish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 ni susayishi hisoblanadi.

Sildenafil ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, biokiraolishligi taxminan 40% ni tashkil qiladi. U jigar metabolizmi orqali chiqariladi. Dori dastlabki modda (sildenafil) xususiyatiga ega bo‘lgan faol metabolitga aylanadi. Yarim chiqarilish davri sildenafilda qanday bo‘lsa, uni metabolitida ham shunday – taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Ichga nahorga qabul qilingandan keyin preparatning plazmada cho‘qqi kontsentratsiyaga 30-120 minut (o‘rtacha 60 minut) davomida erishiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi M-desmetil metabolitining taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Sog‘lom keksa ko‘ngillilarda (65 yosh va undan katta) sildenafilning klirensi pasaygan, erkin dori moddasining plazmadagi kontsentratsiyasi sog‘lom yosh ko‘ngillilardagi (18-45 yosh) darajasidan taxminan 40% ga oshiq. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ko‘ngillilarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) sildenafilning klirensi pasaygan bo‘lib, u Smax ni taxminan ikki martagacha oshishiga olib keladi.

Qoniqarli jinsiy aloqa uchun jinsiy olatni yetarli erektsiyasiga erishish yoki saqlash qobiliyatiga ega bo‘lmasligi bilan xarakterli bo‘lgan erektsiya buzilishini davolashda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Rejalashtirilgan seksual faollikdan taxminan 1 soat oldin qo‘llanadi. Bir martalik doza 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorligini va o‘zlashtirilishini hisobga olib dozani 100 mg gacha oshirish yoki 25 mg gacha tushirish mumkin. Maksimal bir martalik doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal qo‘llashlar soni – sutkada 1 marta. 65 yoshdan katta keksa patsiyentlar uchun va buyrak yoki jigar yo‘ldosh faoliyatini buzilishlarida doza 25 mg ni tashkil qiladi.

Bosh og‘rig‘i, qizib ketish xissi, bosh aylanishi, uyqusizlik; dispepsiya, asteniya, diareya, qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi; artralgiyalar, mialgiyalar, mushak tonusini oshishi; burunni bitishi, faringit, rinit, snusit, nafas yo‘llarining infektsiyaslari, nafasni buzilishi; ko‘rishni o‘zgarishi, kon’yunktivit; yakka hollarda – priapizm bo‘lishi mumkin.

Azot oksidi donatorlarini yoki nitratlarni har qanday shakllarini bir vaqtda qabul qilish, sildenafilga yuqori sezuvchanlik.

Ingibitorlar (eritromitsin, tsimetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, sildenafilning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshadi. Indinavir, sakvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax oshadi; ketokonazol yoki itrakonazol sildenafilning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta’siri kuchayadi.

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-tomir tizimini tekshirishni o‘tkazish lozim. Jinsiy olatni anatomik deformatsiyasi bo‘lgan (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibrozi yoki Peyron kasalligi) patsiyentlarda va priapizm rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatnig dozasi oshib yuborilganda yo‘riqnomani tegishli bo‘limida ta’riflangan, nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi oshadi. Bunday holatda preparat bekor qilinadi, zarurat bo‘lganida umumiy detoksikatsiya choralari (me’dani yuvish, jadallashtirilgan diurez),simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha.

Qobiq bilan qoplangan 50 mg va 100 mg dan 4 tabletkalar blisterda. 1 blister qutida.

3 yil.