Xestar 200retsept bilan

Tarkibi:

6% li 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gidroksietil kraxmal (200/0,5)                6,0 g yordamchi moddalar: natriy xloridi                                           0,9 g natriy gidroksidi                                     rN korrektsiya qilish uchun xlorid kislotasi                                        rN korrektsiya qilish uchun inyektsiya uchun suv                                      100 ml gacha 10% li 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: gidroksietil kraxmal (200/0,5)                10,0 g yordamchi moddalar: natriy xloridi                                           0,9 g natriy gidroksidi                                     rN korrektsiya qilish uchun xlorid kislotasi                                        rN korrektsiya qilish uchun inyektsiya uchun suv                                      100 ml gacha

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidroksietilkraxmal (200/0,5)

Preparatning savdo nomi:

Xestar-200

Farmakalogik guruhi:

plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

tiniq, rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan, ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalardan holi bo‘lgan eritma.

plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

V05AA05.

Gidroksietilkraxmal molekulasi plazmadagi hamda to‘qimalardagi α-amilaza ta’sirida yanada kichikroq fraktsiyalarga parchalanadi. α-amilaza ta’sirida parchalanishi 1,4 glikotsid birikmalarida amalga oshadi. U asosan buyraklar orqali chiqariladi. 24 soatdan keyin taxminan 47% siydikda aniqlanadi va faqatgina 10% plazmada aniqlanadi.

jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, infektsion kasalliklar, kuyishlar, travmatik shikastlanishlar, intoksikatsiyalar va AQH (aylanib yuruvchi qon hajmi) ni to‘ldirishni talab etuvchi boshqa holatlarda shok, gipovolemik holatlarni oldini olish va davolash uchun;qonni terapevtik suyultirish (gemodilyutsiya) uchun;qonni o‘rnini bosishda yuboriladigan qon preparatlarining hajmini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Vena ichiga tomchilab yoki oqim bilan yuboriladi. Preparatning dozasi va yuborish tezligi gemodinamik buzilishlarning yaqqolligi, patsiyentning holatini og‘irligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Birinchi 10-20 ml eritmani sekin yuborish kerak (anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanishi mumkin). Gipovolemiya va shokni davolash va oldini olish: 10% li eritma uchun maksimal sutkalik doza – tana vazniga 20 ml/kg (75 kg tana vazniga 1,5 l yoki 1 kg tana vazniga 2 g gidroksietilkraxmal); maksimal infuziya tezligi – bir soatda tana vazniga 20 ml/kg (1,5 l/75 kg/soat yoki 2 g/kg/soat) ni tashkil etadi. 6% li eritma uchun maksimal sutkalik doza – tana vazniga 33 ml/kg 75 kg tana vazniga 2,5 l yoki 1 kg tana vazniga 2 g gidroksietilkraxmal to‘g‘ri keladi; maksimal yuborish tezligi – bir soatda tana vazniga 20 ml/kg (1,5 l/75 kg/soat yoki 1,2 g/kg/soat) ni tashkil etadi. Qo‘llash davomiyligi gipovolemiyani davomiyligi va darajasiga bilan belgilanadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipovolemiyada o‘rtacha sutkalik doza – 250-1000 ml ni tashkil etadi. 3-12 yoshdagi bolalar: tana vazniga 15-20 ml/kg 6% li eritma va tana vazniga 10-15 ml/kg 10% li eritma yuboriladi. 2-3 yoshdagi bolalar: tana vazniga 15-20 ml/kg 6% li eritma va tana vazniga 10-15 ml/kg 10% li eritma yuboriladi. Sutkalik dozasi va yuborish tezligi yo‘qotilgan qon miqdori, gemoglobin (Nb) va gematokrit ko‘rsatkichlariga qarab hisoblanadi. Yurak-qon tomir tizimi, o‘pkalarni shikastlanish havfi bo‘lmagan yosh patsiyentlarda gematokrit ko‘rsatkichi 30% va undan kam bo‘lishi chegara hisoblanadi. Qon yo‘qotilishi bilan kechuvchi shok rivojlanganida – 500-1500 ml. Operatsion shokni oldini olish maqsadida operatsiya vaqtida – 400-600 ml eritma vena ichiga tomchilab yuboriladi, arterial bosim pasayganida oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrlarda yuboriladigan umumiy doza bemorlarning umumiy holati va gemodinamik ko‘rsatkichlariga qarab aniqlanadiva sutkada 1,5 l ni tashkil etadi. Jarrohlik operatsiyalarda donor qonini yuborishni kamaytirish uchun o‘tkir normovolemik gemodilyutsiya: 6% li eritma bevosita operatsiyadan oldin o‘tkir normovolemik gemodilyutsiyadan so‘ng gematokrit ko‘rsatkichi Tsil bo‘yicha 30% dan kam bo‘lmaganida 1:1 nisbatida yuboriladi. Qon yig‘ish – shaxsiy qon 500 ml dan 2-3 marta, kunduzgi doza 6% li eritma 500 ml dan 2-3 marta, qon yig‘ish tezligi – 15-30 minutda 1 l, preparatni yuborish tezligi 15-30 minutda 1 l ni tashkil etadi. Odatda preparat bevosita operatsiyadan oldin bir marta yuboriladi. Agar gematokritning dastlabki darajasi normal ko‘rsatkichlarda bo‘lsa, takroran yuborish mumkin.

Allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar; ko‘ngil aynishi, qusish, AB ni pasayishi, taxikardiya, tana haroratini oshishi, bosh og‘rig‘i (yuborishni to‘xtatish kerak); Qon zardobida amilazaning faolligini oshishi (pankreatitga tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin); Yuqori dozalari qo‘llanganida – terini qichishishi, gipokoagulyatsiya, gipoproteinemiya, gematokritni pasayishi, qon ketish vaqtini uzayishi, ACHTV ni oshishi, VIII qon ivish omili, Villebrand omilining faolligini pasayishi (suyultirishi tufayli) bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan kraxmalga), bosh miya gipertenziyasi, arterial gipertenziya, bosh miyaga qon quyilishi, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (oligo-, anuriya), o‘pka shishi (shu jumladan, kardiogen), gipergidratatsiya (shu jumladan o‘pka shishi), gipervolemiya, degidratatsiya (zarurat bo‘lganida elektrolitlar almashinuviga tuzatish kiritiladi), qon ivish tizimini yaqqol ifodalangan buzilishlari (shu jumladan og‘ir gemorragik diatez, gipokoagulyatsiya, gipofibrinogenemiya), giperxloremiya, gipernatriyemiya, gipokaliyemiya, gemodializ, oliguriya yoki anuriya bilan kechuvchi og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 1,2-2 mg/dl yoki 106-177 mkmol/l); homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalarning eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir (boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin). Gidroksietilkraxmalni geparin yoki peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. Boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan patsiyentlarga, ayniqsa beta-blokatorlar va vazodilatatorlarni qabul qilganida alohida e’tibor berish kerak, chunki tizimli arterial bosimni va yurak qisqarishlari sonini o‘zgarishi, hajmni o‘rnini bosuvchi davolashga qaramasdan, aniqlanmasligi mumkin. Antibiotiklarning nefrotoksikligini oshiradi.

Anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishini butunlay istisno qilish imkoni yo‘qligi tufayli, birinchi 10-20 ml eritmani sekin, patsiyentning holatini kuzatgan holda yuborish kerak. Organizmdan asosan suv hamda elektrolitlarni yo‘qotilishi (kuchli qusish, ich ketishi, kuyishlar) bilan bog‘liq bo‘lgan shok holatlarida, Xestar-200 (GEK 200/0,5) preparatini qo‘llash bilan davolash boshlanganida so‘ng keyinchalik elektrolitlarning kontsentratsiyasi muvofiqlashtirilgan eritma bilan davolash tavsiya etiladi. Xestar-200 (GEK 200/0,5) preparatining oshirilgan dozalari qonni suyulib ketish samarasini chaqiradi va gematokritni pasayishiga, shuningdek plazmada gemoglobin hamda proteinning kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi. Gemoglobinning qiymatini 10% dan va gematokritning qiymatini 27% dan pasayishi kritik holat hisoblanadi. Umumiy oqsil ko‘rsatkichi < 5,0% bo‘lganida albumin yuborish ko‘rsatilgan. Aylanib yuruvchi qon hajmining 20-25% dan ortiq qismi yo‘qotilganida eritrotsitlarni qo‘shimcha ravishda yuborish ko‘rsatilgan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari: katta hajmlarda tez yuborilganida o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi va o‘pka shishi, qon ivishini buzilishi rivojlanishi mumkin. Davolash: ko‘krak sohasini siqilish hissi, nafas faoliyatini qiyinlashishi, belda og‘riq, et uvishishiga shikoyatlar, tsianoz, qon aylanishi va nafasni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni yuborishni to‘xtatish va simptomatik davolash o‘tkazish kerak. O‘pka shishi rivojlanganida preparatni yuborishni zudlik bilan to‘xtatish, zarurat bo‘lganida diuretik yuborish kerak.

Retsept bo‘yicha

Birlamchi o‘rami: 250 ml yoki 500 ml eritma plastik yoki shisha flakonda. Ikkilamchi o‘rami: 1 flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.