Xartil Dretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

2,5 mg/12,5 mg; 5 mg/25 mg (ramipril/gidroxlorotiazid)

Preparatning savdo nomi:

Xartil -D

Dori shakli:

tabletkalar

Xartil®-D preparati arterial bosimni pasaytiruvchi ikkita faol modda, ramipril va gidroxlorotiazidning majmuasini saqlaydi. Ramipril – uzoq ta’sir etuvchi AAF (angiotenzinga-aylantiruvchi ferment) ingibitori hisoblanadi, preparatning ta’siri quyidagilardan iborat: arterial bosimni oshirishga mas’ul moddalarning ishlab chiqarilishini pasaytiradi. qon tomirlarni kengayishi va bo‘shashini chaqiradi qonni xaydash bo‘yicha yurakning ishini yengillashtiradi. Gidroxlorotiazid “tiazid diuretik”, ya’ni siydik haydovchi vosita hisoblanadi. Gidroxlorotiazid organizmdan chiqariladigan siydik hajmini oshiradi, bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Xartil®-D preparati oshgan arterial bosimni davolash uchun qo‘llanadi. Ikkala moddalar birga ta’sir ko‘rsatadi, bosimni pasaytirish bo‘yicha yaqqolroq samara ko‘rsatadi. Agar ushbu komponentlardan faqat bittasi bilan davolash samarasiz bo‘lsa, ushbu moddalarni bir vaqtda qabul qilish mumkin.

Xartil®-D preparati bilan davolanish vaqtida alkogol istemol qilish, bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Agar Xartil®-D tabletkalari qo‘llanganida Siz qancha ichishingiz mumkinligiga Sizda ishonch bo‘lmasa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing, chunki arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlar va alkogol bir-birining samaralarini kuchaytirishi mumkin. Xartil®-D tabletkalarini ovqat bilan yoki och qoringa qabul qilish mumkin.

Xartil®-D preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing Agar Sizda yurak, jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lsa; Agar Sizda suyuqlik yoki tuzni ahamiyatli yo‘qotilishi bo‘lsa (masalan, qusishda, ich ketishida, haddan ziyod terlash, tuzni iste’mol qilish cheklangan parhezda, siydik haydovchi vositalar davomli qo‘llanganida, gemodializ bilan davolashda); Agar Siz hasharotlarni chaqishiga allergiyani davolash uchun desensibilizatsiyalovchi davolash o‘tkazilayotgan bo‘lsa; Agar Sizga jarrohlik operatsiyasi yoki stomatologik operatsiya o‘tkazishda anestetik vositalar yuborilishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa. Bunday operatsiyalardan bir kun oldin Xartil®-D preparatini bekor qilish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing; Agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz tomirli kasalliklar bo‘lsa; Agar Siz homiladorman deb taxmin qilsangiz (yoki homilador bo‘lishingiz ehtimoli bo‘lsa) davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz kerak. Xartil®-D preparatini homiladorlikning erta muddatlarida qo‘llash tavsiya etilmaydi va agar homiladorlikning muddati 3 oydan katta bo‘lsa uni qabul qilish mumkin emas, chunki homiladorlikning bunday muddatlarida uni qo‘llash bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (Fertillik, homiladorlik va emizish bo‘limiga qarang); Agar Sizda yaqinni ko‘ra olmaslik yoki ko‘z ichki bosimini oshishi (glaukoma) bo‘lsa; Agar Siz ikkita har xil turlarga mansub arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Xartil®-D preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Agar quyidagi nojo‘ya samaralarida birontasi og‘irlashsa yoki bir necha kun davom etsa, shifokoringizga xabar bering. Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi): bosh og‘rig‘i, holsizlik, charchoqlik bosh aylanishi – ko‘pincha Xartil®-D preparati bilan davolashni boshida yoki uning dozasi oshirilganida uchraydi quruq, ta’sirlovchi yo‘tal yoki bronxit qonda glyukoza darajasini oshishi. Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa, bu diabetni kechishini yomonlashtirishi mumkin qonda mochevina va yog‘lar darajasini oshishi bo‘g‘imlarda og‘riq, qizarish, shish. Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi): teri yuzasidan ko‘tarilib turuvchi yoki ko‘tarilib turmaydigan teri toshmalari qizib ketish hissi, hushdan ketish, arterial gipotenziya (bosimni normal bo‘lmagan pasayishi), ayniqsa agar Siz tez tursangiz yoki yotgan holatdan o‘tirgan holatga o‘tsangiz, muvozanatni buzilishi (vertigo) qichishish va uvishish, sanchish, achishish hissi yoki terida chumoli o‘rmalashi (paresteziya) kabi teri tomonidan odatdagi bo‘lmagan hissiyotlar ta’m bilishni buzilishi yoki o‘zgarishi uyquni buzilishi depressiya, xavotirlik, yuqori asabiylik, titrash burun bitishi, burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishi (sinusit), hansirash milklarni yallig‘lanishi (gingivit), og‘izni shishi ko‘zlarni qichishishi, qizarishi, ko‘zlar atrofini shishi, ko‘zlarni yoshlanishi quloqlarda shovqin ko‘rishni noaniqligi sochlarni to‘kilishi ko‘krakda og‘riq mushaklarda og‘riq qabziyat, me’da yoki ichakda og‘riq ovqat hazm bo‘lmasligi yoki ko‘ngil aynishi sutkada normaga nisbatan ko‘proq siydik ajralishi ko‘p terlash yoki chanqoqlik ishtahani yo‘qolishi yoki yomonlashishi (anoreksiya), ochlik hissini kamayishi yurak qisqarishlarini tezlashishi yoki muntazam bo‘lmasligi qo‘l va oyoqlarni shishi (bu organizmda suyuqlikni tutilishi belgisi bo‘lishi mumkin) isitma erkaklarda impotentsiya qon tahlilida qizil va oq qon tanachalari, qon plastinkalari sonini yoki gemoglobin darajasini kamayishi qon tahlilida jigar, me’da osti bezi yoki buyrak faoliyatini o‘zgarishi qon tahlilida kaliy darajasini kamayishi. Juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamroq uchraydi): ko‘ngil aynishi, diareya yoki jig‘ildon qaynashi tilni qizarishi, shishi yoki og‘izni qurishi qon tahlilida kaliy darajasini oshishi Tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi): diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, bezovtalik hissi, ongni chalkashishi sovuqda qo‘l va oyoq barmoqlari rangini o‘zgarishi, keyinchalik isitganda sanchish yoki og‘riq hissi (bu Reyno kasalligining simptomlari bo‘lishi mumkin) erkaklarda sut bezini kattalashishi tomirlarda qon quyqalari eshitishni buzilishi ko‘zlarni qurishi Siz atrofdagi predmetlarni sariq rangda ko‘rasiz ko‘z ichki bosimini oshishi suvsizlanish chakkalarni shishi, qizarishi va og‘riqliligi (so‘lak bezlarini yallig‘lanishi) qorinda og‘riq, qusish va diareya kabi simptomlar bilan kechuvchi “angionevrotik shish” deb nomlanuvchi ichakni shishi quyosh nuriga yuqori sezuvchanlik terini kuchli kepaklanishi yoki ko‘chishi, qichishuvchi, teri yuzasidan ko‘tarilib turuvchi teri toshmalari yoki yuzda yoki peshonada teri tomonidan boshqa reaktsiyalar teri toshmasi yoki ko‘karishlar terida dog‘lar va qo‘l-oyoqlarni sovushi tirnoqlarni o‘zgarishi (tirnoqni harakatchanligi yoki tirnoqni ko‘chishi) skelet-mushak tangligi yoki jag‘ni harakatlantiraolmaslik (tetaniya) mushaklarni kuchsizligi yoki spazm erkaklar va ayollarda jinsiy mayillikni pasayishi siydikda qon, bu buyrak kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin (interstitsial nefrit) siydikda normaga nisbatan qand darajasini oshishi qon tahlilida ma’lum oq qon tanachalari sonini oshishi (eozinofiliya) qon tahlilida qon tanachalari sonini yaqqol kamayishi (pantsitopeniya) qon tahlilida qonda tuzlar (natriy, kaltsiy, magniy va xlorid) miqdorini o‘zgarishi reaktsiyalarni sekinlashishi yoki buzilishi hid bilishni o‘zgarishi nafas olishni qiyinlashishi yoki astmani yomonlashishi. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Siz dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali har qanday nojo‘ya samara haqida xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, bu dori vositasining xavfsizligi xaqida qo‘shimcha ma’lumot olishga yordam berasiz.

Agar Sizda ramiprilga, gidroxlorotiazidga, shuningdek 8-bo‘limda keltirilgan preparatning yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa. Agar Sizda Xartil®-D ga o‘xshash dori vositalariga (AAF boshqa ingibitorlari yoki sulfonamid guruhi dori vositalari) allergiya bo‘lsa. Allergik reaktsiya belgilariga teri toshmasi, yutish va nafas olishni qiyinlashishi, lab, yuz, tomoq yoki tilni shishi kiradi. Agar Sizda ilgari “angionevrotik shish” deb nomlanuvchi og‘ir allergik reaktsiya kuzatilgan bo‘lsa. Uning simptomlariga: qichishish, eshakemi, qo‘llar, oyoqlar va tomoqda qizil dog‘larni paydo bo‘lishi, tomoq va tilni shishi, ko‘zlar atrofini shishi va lablarni shishi, yutish yoki nafasni qiyinlashishi kiradi. Agar Siz gemodializ yoki qonni filtratsiyasini boshqa usullari bilan davolanayotgan bo‘lsangiz. Ishlatilayotgan jixozlarga qarab, Xartil®-D preparati Siz uchun to‘g‘ri kelmaydigan dori vositasi bo‘lishi mumkin. Agar Sizda jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa. Agar Sizda qonda ba’zi tuzlarning (kaltsiy, kaliy, natriy) miqdorini o‘zgarishi bo‘lsa. Agar Sizda buyrakni qon bilan ta’minlanishi pasayadigan buyrak kasalligi bo‘lsa (buyrak arteriyasini stenozi). Agar Siz 3 oylikdan katta muddatdagi homilador bo‘lsangiz (homiladorlikning erta muddatlarida ham Xartil®-D prepatini qabul qilmagan afzal (Fertillik, homiladorlik va emizish bo‘limiga qarang)). Agar Sizda qandli diabet bo‘lsa yoki Sizda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa va Siz aliskiren saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Xartil®-D tabletkalarini qabul qilmang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, Xartil®-D ni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Bu guruh patsiyentlarida ramiprilni qo‘llashni samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi tufayli, Xartil®-D preparatini bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Shifokoringizga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlar va fitopreparatlar haqida xabar bering. Bu muhim, chunki Xartil®-D preparati bir qator preparatlarning samarasiga ta’sir qilishi va aksincha, boshqa dori vositalari Xartil®-D preparatining samarasiga ta’sir qilishi mumkin. Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering, chunki ular Xartil®-D preparatining samaradorligini yomonlashtirishlari mumkin: Yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi preparatlar (masalan, ibuprofen, indometatsin yoki aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar). Efedrin, noradrenalin, adrenalin kabi past arterial bosim, shok, yurak yetishmovchiligi, astma yoki allergiyani davolash uchun dori vositalari. Shifokoringiz Sizning arterial bosimingizni nazorat qiladi. Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering, chunki agar Siz ularni Xartil®-D tabletkalari bilan birga qo‘llanayot bo‘lsangiz,ular nojo‘ya samaralar xavfini oshirishi mumkin. Yallig‘lanishag qarshi va og‘riqni qoldiruvchi preparatlar (masalan, ibuprofen, indometatsin yoki aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) Qonda kaliyning darajasini pasayrishi qobiliyatiga ega bo‘lgan preparatlar, masalan, qabziyatni davolash uchun, siydik haydovchi dori vositalari, amfoteritsin V (zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun) va AKTG (buyrak usti bezi faoliyatini tekshirish uchun) O‘smalarga qarshi preparatlar (ximioterapiya) Yurak kasalliklarini, shu jumladan yurak ritmini davolash uchun preparatlar Ko‘chirib o‘tkazilgan a’zolarni ko‘chib ketishiga qarshi preparatlar, masalan, tsiklosporin Siydik haydovchi vositalar, masalan, furosemid Spironolakton, triamteren, amilorid, kaliy tuzlari va geparin (qon suyultirish uchun vosita) kabi qonda kaltsiy miqdorini oshirish qobiliyatiga ega preparatlar Yallig‘lanishlarni davolash uchun steroidlar, masalan, prednizolon Allopurinol (qonda siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi preparat) Prokainamid (yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun preparat) Xolestiramin (qonda yog‘larning darajasini kamaytirish uchun) Karbamazepin (tutqanoqni davolash uchun). Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering, chunki Xartil®-D preparati ularning samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Ichga qabul qilish uchun diabetni davolash uchun qand miqdorini pasaytiruvchi vositalar (vildagliptin) va insulin. Xartil®-D preparati ularning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi mumkin va qonda qand darajasini kamaytirishi mumkin. Xartil®-D preparati bilan davolanish vaqtida Sizning qoningizdagi qand darajasini muntazam nazorat qilishingiz kerak. Litiy preparatlari (ruhiy buzilishlarni davolash uchun vosita). Xartil®-D qonda litiy darajasini oshirishi mumkin. Shifokoringiz qondagi litiyning darajasini sinchiklab nazorat qiladi. Mushaklarni bo‘shashtiruvchi preparatlar. Xinidin (bezgakni davolash uchun). Siz kasalxonada radiologik tekshiruvdan o‘tayotganingizda qo‘llanadigan yod saqlovchi rentgenokontrast preparatlar. Penitsillin (infektsiyalarni davolash uchun). Qonni suyultirish uchun varfarin kabi ichga qabul qilish uchun yoki geparin kabi inyektsiya uchun preparatlar. Agar Siz yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa, Xartil®-D preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Xartil®-D tabletkalarini qanday qabul qilish kerak Dozalash tartibi Ushbu preparatni doimo qat’iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Yuqori arterial bosimni davolash Arterial bosimni nazorat qilish uchun Sizga zarur dozani davolovchi shifokoringiz belgilaydi. Patsiyentlarning alohida guruhlari Keksa patsiyentlar Keksa patsiyentlar uchun tavsiya etilgan doza odatdagi dozadan pastroq va shifokor tomonidan shaxsiy ravishda tanlanishi lozim, shundan keyin shifokor zarur dozani asta-sekin tanlaydi. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda ramiprilning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, ushbu yosh guruhida Xartil®-D preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qo‘llash usuli Ichga qabul qilish uchun tabletkalar. Xartil®-D ni har kuni, kuniga bir marta, odatda ertalab qabul qilinadi. Tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak. Ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Tabletkalarni riska bo‘ylab sindirib, teng ikki dozaga bo‘lish mumkin. Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Xartil®-D tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz Doza oshirib yuborilganida darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling. Avtomobilni boshqarmang – Sizni shifoxonaga olib borishni boshqalardan so‘rang yoki tez yordam chaqiring. Siz qanday preparatni qabul qilganligingizni shifokorga ko‘rsatish uchun bu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni o‘zingiz bilan olib boring. Agar Siz Xartil®-D tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz agar Siz dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi tartibda qabul qiling o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Agar Siz Xartil®-D tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz Xartil®-D preparatini qabul qilishni mustaqil ravishda to‘xtatmang, chunki Sizning kasalligingiz yana yomonlashishi mumkin. Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birontasi paydo bo‘lganida Xartil®-D preparatini qabul qilmang va darhol shifokorga – Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin: yutish yoki nafasni qiyinlashishi bilan yuz, lablar yoki tomoqni shishi, shuningdek qichishish va teri toshma. Bu Xartil®-D ga og‘ir allergik reaktsiyalarning belgilari bo‘lishi mumkin. teri tomonidan og‘ir reaktsiyalar, shu jumladan toshma, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, mavjud bo‘lgan teri kasalliklarini yomonlashishi, terini qizarishi, po‘rsildoqlar va terini ko‘chishi (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz yoki ko‘p shaklli eritema) Quyidagi xolatlar rivojlanganida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering: Yurak qisqarishlarini tezlashishi, muntazam bo‘lmagan yoki kuchli yurak qisqarishlari, ko‘krakda og‘riq, ko‘krak qafasida bosilish hissi yoki jiddiyroq kasalliklar, shu jumladan miokard infarkti va insult; Havo yetmasligi hissi yoki yo‘tal, 2-3 kun davomida tana haroratini oshishi, ishtahani yomonlashishi, bu o‘pka kasalliklarining belgisi bo‘lishi mumkin (shu jumladan o‘pkani yallig‘lanishi). Yengil paydo bo‘ladigan ko‘karishlar, odatdagiga nisbatan davomliroq qon ketishi yoki qon ketishini xar qanday belgilari (masalan, milklardan qon ketishi), terida to‘q-qizil nuqtalarni paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan ko‘proq infektsion kasalliklarni rivojlanishi, tomoq og‘rig‘i va tana haroratini oshishi, charchoqlik, xolsizlik, bosh aylanishi, teri qoplamalarini oqarishi. Bu simptomlar suyak ko‘migining va qon yaratish a’zolarining kasalliklariga ishora qilishi mumkin. Belda aks etuvchi qorinda keskin og‘riq, Bu simptomlar me’da osti bezining yallig‘lanishiga (pankreatit) ishora qilishi mumkin. Isitma, etni uvishishi, ishtahani yo‘qolishi, me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, teri yoki ko‘zlarni sarg‘ayishi (sariqlik). Bu simptomlar jigar kasalliga ishora qilishi mumkin, masalan gepatit (jigarni yallig‘lanishi) yoki jigarni shikastlanishi.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki bolali bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering. Homiladorlik Davolovchi shifokoringiz homiladorlikkacha yoki Siz homilador ekanligingizni bilgan zahotingiz Xartil®-D preparati bilan davolashni bekor qilishni tavsiya etadi va Xartil®-D preparati preparatini o‘rniga boshqa preparatni tavsiya etadi. Bu preparatni homiladorlikning erta davrlarida tavsiya etilmaydi va uni qabul qilish mumkin emas, agar homiladorlikning muddati 3 oydan oshiq bo‘lmasa, chunki uni homiladorlikning bunday muddatlarida qo‘llash bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Emizish Agar Siz emizikli ona bo‘lsangiz yoki emizishni boshlamoqchi bo‘lsangiz davolovchi shifokoringizga xabar bering. Xartil®-D ni emizik onalarga tavsiya etilmaydi va agar Siz emizmoqchi bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz boshqa preparat buyuradi. Bu ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun muhim. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Xartil®-D preparatini qo‘llanilganda Sizda bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa davolashni boshida yoki doza oshirilganida namoyon bo‘ladi. Bunda, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi

25 S dan past xaroratda saqlansin.

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.

Ta’sir etuvchi moddalar: ramipril va gidroxlorotiazid Xartil®-D tabletkalari 2,5 mg/12,5 mg: har bir tabletka 2,5 mg ramipril va 12,5 mg gidroxlorotiazid saqlaydi. Xartil®-D tabletkalari 5 mg/25 mg: har bir tabletka 5 mg ramipril va 25 mg gidroxlorotiazid saqlaydi. Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, krospovidon, mikrokristall tsellyuloza, natriy stearilfumarati. Xartil®-D tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi Ichga qabul qilish uchun tabletkalar Tashqi ko‘rinishi: Xartil®-D tabletkalari 2,5 mg/12,5 mg: Oq rangli, oval, ikki tomonida riskali, tabletkaning bir tomonida riskaning turli tomonlarida “2,5” va “12,5” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozalarga bo‘lish mumkin. Xartil®-D tabletkalari 5 mg/25 mg: Oq rangli, oval, ikki tomonida riskali, tabletkaning bir tomonida riskaning turli tomonlarida “5” va “25” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Riska yordamida tabletkalarni ikki bir xil dozalarga bo‘lish mumkin. O‘rami: 14 tabletkadan blisterga qadoqlangan, 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Ulashish: