Yurak qisqarishlarini tezlashishi, muntazam bo‘lmagan yoki kuchli yurak qisqarishlari (yurak urishini his qilish), ko‘krakda og‘riq, ko‘krak qafasida bosilish hissi yoki jiddiyroq kasalliklar, shu jumladan miokard infarkti va insult;
Hansirash yoki yo‘tal.
Bu nafas faoliyatini buzilishi belgisi bo‘lishi mumkin;
Terida qon talashlarni tez-tez paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan davomliroq qon ketishi yoki qon ketishini xar qanday belgilari (masalan, milklardan qon ketishi), terida to‘q-qizil nuqtalarni paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan ko‘proq infektsion kasalliklarni rivojlanishi, tomoq og‘rig‘i va tana haroratini oshishi, charchoqlik, xolsizlik, bosh aylanishi, teri qoplamalarini oqarishi.
Bu simptomlar suyak ko‘migining yoki qon yaratish a’zolarining kasalliklariga ishora qilishi mumkin.
Belda aks etuvchi qorinda keskin og‘riq.
Bu simptomlar pankreatit (me’da osti bezining yallig‘lanishi) ga ishora qilishi mumkin;
Isitma, etni uvishishi, toliqish, ishtaxani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, teri yoki ko‘zlarni sarg‘ayishi (sariqlik).
Bu simptomlar jigar kasalliga ishora qilishi mumkin, masalan gepatit (jigarni yallig‘lanishi) yoki jigar to‘qimasini shikastlanishi.
Boshqa nojo‘ya samaralari: (agar sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birontasi kuchaysa yoki bir necha kundan uzoqroq davom etsa, davolovchi shifokoringizga murojaat eting) quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi):
uyquchanlik (ayniqsa davolashni boshida);
yurak urishini kuchayishi (yuragingizni urishini his qilishingiz), yuzni qizarishi;
to‘piq bo‘g‘imlarini shishi (shishlar);
bosh og‘rig‘i yoki toliqish hissi;
bosh aylanishi.
Bu ko‘pincha Xartil® Amlo preparati bilan davolashni boshida yoki uning dozasi oshirilganida uchraydi
hushdan ketish, gipotenziya (arterial bosimni anomal pasayishi), ayniqsa Siz yotgan holatdan tez turganingizda yoki o‘tirganingizda;
quruq, ta’sirlovchi yo‘tal, burun bo‘shliqlarini yallig‘lanishi (sinusit) yoki bronxit, hansirash;
po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan yoki usiz kechuvchi terida toshmalar;
ko‘krakda og‘riq;
mushaklarda tirishish yoki og‘riq;
hushdan ketish;
qonda kaliy darajasini oshishi (qonning biokimyoviy tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan)
Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi):
kayfiyatni o‘zagarishi, uyqusizlik
qaltirash
ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, diplopiya), quloqda shang‘illash
aksirish/tumov
ichak motorikasini buzilishi (shu jumladan, diareya va qabziyatlar)
sochlarni to‘kilishi
ekzantema
siyishni tezlashishi, ayniqsa kechasi, erektsiyaga erishishni qiyinlashishi va erishib bo‘lmaslik
o‘zini yomon his qilish
belda og‘riq
tana vaznini oshishi yoki kamayishi
erkaklarda sut bezlarida diskomfort hissi yoki kattalashishi
muvozanatni buzilishi (bosh aylanishi)
qichishish va uvishish, sanchish, achishish yoki terida chumoli o‘rmalashi (paresteziya) kabi terida odatdagi bo‘lmagan hislar
ta’m bilashni yo‘qolishi yoki o‘zgarishi
uyquni buzilishi
depressiya, bezovtalik, yuqori asabiylik yoki qo‘zg‘aluvchanlik
burunni bitishi, nafas olishni qiyinlashishi yoki astmani kechishini zo‘rayishi
ichak shishini paydo bo‘lishi (ichakning angionevrotik shishi deb nomlanuvchi), qorinda yaqqol og‘riqlar, quchish va ich ketishi
jig‘ildon qaynashi, qabziyat yoki og‘izni qurishi hissi
kun davomida ajralayotgan siydik xajmini oshishi
ko‘p terlash
ishtahani pasayishi yoki oshishi (anoreksiya)
yurak urishini tezlashishi yoki aritmiya
qo‘l va oyoqlarni shishi.
Bu Sizning organizmingizda ortiqcha suyuqlik miqdori tutib qolinishini bildirishi mumkin
ko‘rishni noaniqligi
bo‘g‘imlarda og‘riq
isitmalash holatlari
erkaklarda jinsiy ojizlik, erkaklar va ayollarda jinsiy mayilni pasayishi
qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan ayrim oq qon xujayralari darajasini oshishi (eozinofiliya)
qon tahlili va biokimyoviy tahlil natijasida aniqlangan jigar, me’da osti bezi va buyraklarning funktsional qobiliyatini o‘zgarishi
miokard infarkti
Kam hollarda (10000 patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi):
o‘zini yomon his qilish yoki ongni chalkashishi
tilni qizarishi va shishi
terini yaqqol qavatlarga ajralishi yoki kepaklanishi, qichishish, yo‘l-yo‘l teri toshmasi
tirnoq kasalliklari (masalan, tirnoqlarni kuchsizlanishi yoki ko‘chishi)
terida toshma yoki qon talashlar
terida dog‘lar va qo‘l-oyoqlarni sovushi
ko‘zlarni qizarishi, qichishish, shish yoki ko‘z yoshi oqishini namoyon bo‘lishi
eshitishni buzilishi
qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar sonini kamayishi yoki gemoglobin darajasini pasayishi.
Juda kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamrog‘ida qayd etiladi):
qonda qand darajasini oshishi
eshakemi
qorinni dam bo‘lishi yoki gastrit
me’da osti bezini yallig‘lanishi
jigarni yallig‘lanishi, terini sarg‘ayishi (sariqlik)
quyosh nurlariga sezuvchanlikni oshishi
eksfoliativ dermatit
milklarni kattalashishi
mushaklar tonusini oshishi
qon tomirlarni yallig‘lanishi
Qayd etilgan boshqa nojo‘ya samaralar (tez-tezligi noma’lum)
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birontasi kuchaysa yoki bir necha kundan uzoqroq davom etsa, iltimos, davolovchi shifokoringizga murojaat eting:
diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi
ahamiyatsiz yaralarni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi
qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan qon tanachalari sonini kamayishi
biokimyoviy tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan qonda natriy kontsentratsiyasini pasayishi
sovuqda yoki hayajonlanganda qo‘l kafti rangini o‘zgarishi, xuruj so‘ngida esa, qon aylanishi tiklanganda – qizish hissi va og‘riqli sanchish hissi (Reyno sindromi)
psixomotor reaktsiyalarni sekinlashishi yoki buzilishi
hid bilishni buzilishi
psoriaz.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Siz dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali har qanday nojo‘ya samara haqida xabar berishingiz mumkin.
Sizning xabarlaringiz tufayli, bu dori vositasining xavfsizligi xaqida qo‘shimcha ma’lumot olishga yordam berasiz.