X Paylsretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Uyatchan mimoza (Mimosa pudica) barglari ekstrakti 5,0 g; Oq eklipta (Eclipta alba) o‘ti ekstrakti 3,0 g; Barbadoss aloe (Aloe barbadensis) barglari ekstrakti 3,0 g; Viteksa (Vitex nigundo) barglari ekstrakti 3,0 g; Hind azadiraxtasi (Azadirachta indica) po‘stlog‘i ekstrakti 0,5 g; Sarisoq piyoz (Allium sativum) ekstrakti 0,5 g; Sariq ituzum (Solanum xanthocarpum) o‘ti ekstrakti 0,5 g; Qora ituzum (Solanum nigrum) o‘ti ekstrakti 0,5 g; Kamfora 1,225 g; Natriy tetraborati 1,0 g; Rux oksidi 1,0 g; yordamchi moddalar: oq parafin – 15,0 g; tsitostearil – 6,8 g; tsitomakrogol 1000 – 1,2 g; suyuq parafin – 6,0 g; stearin kislotasi – 1,0 g; propilenglikol – 7,5 g; xlorokrezol – 0,1 g; tozalangan suv – kerakli miqdorda.

Preparatning savdo nomi:

X-Payls

Farmakalogik guruhi:

bavosilni mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma

C05AX03

bavosilni mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan vosita.

C05AX03

Surtmaning tarkibidagi komponentlar antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, tinchlantiruvchi, jarohatni bitishiga yordam beruvchi, immunomodulyator, gemostatik va og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi va samaradorligi “X-Payls” surtmasining tarkibiga kiruvchi faol moddalarning xususiyatlariga asoslangan. “X-Payls” surtmasi shilliq qavatning regeneratsiyasini tezlashtirishga yordam beradi, qon ketishlarga moyillikni kamaytiradi. Bir-birining ta’sirini kuchaytiradigan tabiiy moddalarning majmuasi hisobiga, umuman surtma qo‘llanganida ijobiy samarasini tez rivojlanishi kuzatiladi.

Tashqi gemorroy, orqa teshikni yoriqlari, eroziyasi va mikrojarohatlari, qichishishida qo‘llanadi.

Preparat gigiyenik muolajalar o‘tkazilganidan so‘ng qo‘llansin. Kattalarga preparatni qo‘llashdan oldin shikastlangan sohani nam salfetka bilan asta-sekin tozalab, surtmani surtishga tayyorlash kerak. So‘ngra namlikni tualet qog‘ozi yoki yumshoq mato yordamida ehtiyotkorlik bilan quritish kerak. Surtma shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta (ertalab, tunda va har safar ich kelganidan keyin) surtiladi. Surtma shuningdek orqa teshik atrofidagi teriga ham surtiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. “X-Payls” tabletkalari bilan birga qo‘llash yanada tezroq sog‘ayishiga olib keladi.

Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotlar vaqtida aniqlanmagan. Preparatning ingrediyentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Kuzatilmagan.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homiladorlik va laktatsiya davrida shifokor bilan maslahatlashib o‘tkaziladi. Preparat qo‘llanganidan so‘ng 24 soat davomida orqa teshikdan ko‘p miqdorda qonli ajralma ajralsa, yoki terapevtik samarasi kuzatilmasa, proktolog bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

+27 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Kuzatilmagan. Tavsiya etilgan bir martalik va sutkalik dozalari ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida allergik reaktsiyalarni rivojlanish ehtimoli oshishi mumkin.

Retseptsiz

30 g dan tubada. Tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan

3 yil.