Vosulin Rretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

eruvchi insulin (odam gen-injenerli)

Preparatning savdo nomi:

Vosulin-R

Farmakalogik guruhi:

insulin preparatlari

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq rangsiz eritma.

insulin preparatlari

A10AЕ.

So‘rilishining to‘liqligi va samarasini boshlanishi yuborish joyiga (qorin, son, dumba), dozaga (yuborilayotgan insulinning hajmiga), preparatdagi insulinning kontsentratsiyasiga va boshqalarga bog‘liq. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaydi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Jigarda va buyrakda asosan insulinaza ta’sirida parchalanadi. Yarim chiqarilish davri bin necha minutni tashkil qiladi. Buyrak orqali (30-80%) chiqariladi.

qandli diabet insulin bilan davolash o‘tkazish uchun ko‘rsatgichlari bo‘lganida;birinchi marta aniqlangan qandli diabet;II tur (insulinga qaram bo‘lmagan) qandli diabetdagi homiladorlik davri.

Dozani shifokor shaxsiy glikemiya darajasiga qarab belgilaydi. Preparatni teri ostiga, vena ichiga yuborish kerak, mushak ichiga ham yuborish mumkin. Preparat teri ostiga yelka, son, dumba yoki qorin sohasiga yuboriladi. Inyektsiya joyini shunday almashtirib turish kerakki, bir joy bir oyda taxminan 1 martadan ko‘p ishlatilmasin. Teri ostiga yuborilganida qon tomiriga tushishdan saqlanish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Inyektsiyadan keyin yuborilgan joyni uqalash kerak emas. Bemorlar insulinni yuborish uchun moslamani to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatilgan bo‘lishlari kerak. Vosulin-R ni Vosulin-N bilan majmuada yuborish mumkin. Buning uchun flakonga davomiyroq ta’sirli insulinni tushishini oldini olish uchun shpritsga birinchi qisqa ta’sirli insulinni olish kerak. Tayyorlangan aralashmani aralashtirgandan keyin darhol yuborish yaxshiroq. Har bir tur insulin miqdorini aniq yuborish uchun Vosulin-R va Vosulin-N uchun alohida shprits ishlatish mumkin. Doimo yuborilayotgan insulinning kontsentratsiyasiga mos keluvchi insulin shpritsini ishlatish kerak.

Preparatning asosiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samarasi: gipoglikemiya. Og‘ir gipoglikemiya xushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin va alohida hollarda o‘limga olib kelishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: mahalliy allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin – inyektsiya joyida giperemiya, shish yoki qichishish (odatda bir necha kundan to bir necha haftagacha davr davomida yo‘qoladi); tizimli allergik reaktsiyalar (kamroq paydo bo‘ladi, biroq jiddiyroqdir) – yoyilgan qichishish, nafasni qiyinlashishi, hansirash, arterial bosimni pasayishi, pulsni tezlashishi, ter ajralishini oshishi. Tizimli allergik reaktsiyalarni og‘ir hollari hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Boshqalar: lipodistrofiya rivojlanishini ehtimoli minimal.

gipoglikemiya;insulinga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Vosulin-Rning gipoglikemik ta’sirini peroral kontratseptivlar, kortikosteroidlar, qalqonsimon bezi gormonlarini preparatlari, tiazid diuretiklar, diazoksid, tritsiklik antidepressantlar pasaytiradi.Vosulin-Rning gipoglikemik ta’sirini peroral gipoglikemik vositalar, salitsilatlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi), sulfanilamidlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, etanol va etanol saqlovchi preparatlar kuchaytiradi.Beta-adrenoblokatorlar, klofelin, rezerpin gipoglikemiya simptomlari paydo bo‘lishini niqoblashi mumkin.Farmatsevtik o‘zaro ta’siri: odam insulinini hayvonot kelib chiqishiga ega bo‘lgan insulinlar bilan yoki boshqa ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqargan odam insulini bilan aralashtirilganida paydo bo‘ladigan samaralari o‘rganilmagan.

Bemorni boshqa tur insulinga yoki boshqa savdo nomli insulin preparatiga o‘tkazish qat’iy shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Insulin faolligini, uni turini (masalan, Regulyar, kombinatsiyalangan) turga taalluqligini (cho‘chqa, odam insulini, odam insulinini analogi) yoki ishlab chiqarish usulini (DNK-rekombinant insulini yoki hayvonot kelib chiqishga ega bo‘lgan insulin) o‘zgarishi, dozaga tuzatish kiritishni zaruratiga olib kelishi mumkin. Dozaga tuzatish kiritishni zarurati hayvonot kelib chiqishga ega bo‘lgan insulin preparatidan keyin odam insulini preparatini birinchi yuborilishidayoq yoki o‘tkazilganidan keyin bir necha hafta yoki oylar davomida asta-sekin talab qilinishi mumkin. Buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bezi faoliyatini yetishmovchiligida, buyrak yoki jagar yetishmovchiligida insulinga bo‘lgan talab pasayishi mumkin. Ayrim kasalliklarda yoki emotsional zo‘riqishda insulinga bo‘lgan talab oshishi mumkin. Jismoniy yuklama oshganida yoki odatdagi parhez o‘zgarganida ham dozaga tuzatish kiritishni talab qilinishi mumkin. Odam insulini yuborilishi fonida ayrim bemorlarda gipoglikemiya simptomlarini – xabarchilari kuchsizroq namoyon bo‘lishi yoki hayvonot kelib chiqishiga ega bo‘lgan insulin yuborilishi fonida ularda kuzatiladiganidan farqlanishi mumkin. Qondagi glyukoza darajasi normallashganida, masalan, insulin bilan jadal davolash natijasida, gipoglikemiyani xabarchi – simptomlarini hammasi yoki ayrimlari yo‘qolishi mumkin, bu haqida bemorlar xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. Gipoglikemiyani xabarchi-simptomlari qandli diabet uzoq muddat davom etganida, diabetik nevropatiyada yoki bir vaqtda beta-adrenoblokatorlar qo‘llanganida o‘zgarishi yoki kuchsizroq namoyon bo‘lishi mumkin. Qator hollarda mahalliy allergik reaktsiyalarni preparat ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar chaqirgan bo‘lishi mumkin, masalan, tozalovchi agent tomonidan yoki inyektsiyani noto‘g‘ri o‘tkazilishidan terini qo‘zg‘alishi. Kamdan-kam hollarda tizimli allergik reaktsiyalarni rivojlanishi darhol davolash o‘tkazishni talab qiladi. Ba’zida insulinni almashtirish, yoki desensibilizatsiya o‘tkazish talab qilinishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya Qandli diabeti bor patsiyentlardagi homiladorlikda glikemiyani yaxshi nazoratini qo‘llab turish ayniqsa muhim. Homiladorlikda insulinga bo‘lgan talab odatda I uch oyligida pasayadi va II va III uch oyliklarida oshadi. Qandli diabetli bemorlarga homilador bo‘lganlarida yoki homiladorlik rejalashtirilganida shifokorga xabar berish tavsiya qilinadi. Qandli diabetli bemorlarda laktaktsiya davrida (emizish) insulin dozasini, parhezni yoki unisini ham, bunisini ham to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin. in vitro va in vivo seriyalarda genetik zaharliligi tekshirishlarida odam insulini mutagen ta’sir ko‘rsatmagan. Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Gipoglikemiya vaqtida bemorda diqqatni jamlash qobiliyati yomonlashishi va psixomotor reaktsiyalar tezligi pasayishi mumkin. Bu qobiliyatlar ayniqsa zarur bo‘lgan vaziyatlarda (avtomobil haydash yoki mexanizmlarni boshqarish) bu xavf tug‘dirishi mumkin. Avtomobil haydash vaqtida gipoglikemiyadan saqlanish uchun bemorlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni tavsiya qilish kerak. Gipoglikemiyani xabarchi – simptomlari kuchsiz namoyon bo‘lgan yoki bo‘lmagan patsiyentlar uchun yoki gipoglikemiya tez-tez rivojlanganida bu juda muhim. Bunday hollarda shifokor patsiyentni avtomobil haydashini maqsadga muvofiqligini baholashi kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Preparatni sovutgichda +2o dan +8oS gacha haroratda saqlash kerak, muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorug‘lik va issiqlik ta’siridan ehtiyot qiling. Ishlatilishda bo‘lgan flakondagi (kartridjlardagi) preparatni 15o dan 25oS gacha haroratda 6 haftadan ko‘p saqlash mumkin emas.

Simptomlari: bo‘shashish, ko‘p terlash, taxikardiya, teri qoplamalarini oqarishi, bosh og‘rig‘i, qaltirash, qusish, ongni chalkashishi bilan birga kechuvchi gipoglikemiya. Ayrim sharoitlarda, masalan, uzoq muddatli yoki qandli diabetni jadal nazoratida, gipoglikemiyani xabarchi – simptomlari o‘zgarishi mumkin. Davolash: gipoglikemiyani yengil holatlarini odatda glyukoza yoki qandni ichga qabul qilish bilan bartaraf qilish mumkin. Insulin dozasini, parhezni yoki jismoniy faollikni muvofiqlashtirish talab qilinishi mumkin. O‘rtacha og‘irlikdagi gipoglikemiyani muvofiqlashtirishni mushak ichiga yoki teri ostiga glyukagon yuborish yordamida, keyingi karbon suvlarni ichga qabul qilish bilan o‘tkazish mumkin. Koma, tirishishlar yoki nevrologik buzilishlar bilan birga kechuvchi gipoglikemiyani og‘ir holatlari glyukagonni mushak ichiga yoki teri ostiga yuborish yoki vena ichiga glyukozani kontsentrirlangan eritmasini yuborish bilan bartaraf qilinadi. Xushiga keltirilganidan keyin bemorga, gipoglikemiyani takroriy rivojlanishidan saqlanish uchun, karbonsuvlarga boy ovqat beriladi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 100 TB/ml. 3 ml dan neytral shisha (I tur) kartridjlarda. Kartridjlarga etiketka yopishtiriladi. 1 yoki 5 kartridj PVX/alyumin folga blisterga joylanadi. 10 ml dan rezina tiqin bilan berkitilgan va ximoyalovchi plastmassa qopqoqli alyumin qopqoqchalar bilan o‘ralgan rangsiz neytral shisha flakonlarda. №1 yoki №5 li har bir flakon yoki har bir kartridjli blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.