Me’da-ichak yo‘llariga ta’siri Barcha NYAQP, shu jumladan dikolfenak qo‘llanganida, me’da-ichak qon ketishi, yaralar yoki perforatsiya paydo bo‘lish hollari qayd etilgan, ular fatal bo‘lishi yoki davolash davrida ogoxlantiruvchi simptomlar borligi fonida yoki bo‘lmaganda, yoki anamnezida jiddiy me’da-ichak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda aniqlanadi.
Umuman bunday ko‘rinishlar keksa yoshdagi patsiyentlar uchun juda xavfli.
Agar Voltaren® preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda me’da-ichak qon ketishlari yoki yara hosil bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Boshqa NYAQP, shu jumladan diklofenak qo‘llashdagi kabi, MIY tomonidan buzilishlar xaqida dalolat beruvchi simptomlari bo‘lgan, anamnezida yaralari, qon ketishi yoki MIY perforatsiyasi xaqida ma’lumotlari bo‘lgan patsiyentlar uchun, tibbiy kuzatuv va alohida ehtiyotkorlik shart xisoblanadi.
Qon ketishlar, yara yoki MIY perforatsiyasi paydo bo‘lishini xavfi NYAQP, shu jumladan diklofenak, oshishi bilan, va anamnezida yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi bilan asoratlangan patsiyentlarda, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda oshadi.
MIY bunday toksik ta’siri xavfini pasaytirish uchun, davolashni minimal samarali dozalar bilan boshlash va tutib turish kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan patsiyentlar va atsetilsalitsil kislotasi (ASK)/aspirinni yoki me’da-ichak yo‘llarida noxush reaktsiyalar xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarning kichik dozalarini saqlovchi dori dori vositalarini yondosh qo‘llashni talab qiluvchi patsiyentlarda, ximoyalovchi preparatlarni (masalan, proton pompasining ingibitorlari yoki mizoprestolni) qo‘llash bilan majmuaviy davolashning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak.
Anamnezida me’da-ichak buzilishlari bo‘lgan, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar, xar qanday odatdagi bo‘lmagan abdominal simptomlar (ayniqsa MIY qon ketishi) xaqida xabar berishlari kerak.
Ehtiyotkorlik shuningdek, tizimli kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, antitrombotsitar vositalar yoai serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari kabi yaralar yoki qon ketishi paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlar uchun ham talab etiladi.
Preparat bilan davolash vaqtida yarali koliti yoki Kron kasalligi bo‘lgan patsiyentlarni sinchikov tibbiy kuzatuvini amalga oshirish va ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ularning holati yomonlashishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri NYAQP yuqori dozalarda ishlatilganida va uzoq muddat qabul qilinganida, jiddiy yurak-qon tomir trombotik ko‘rinishlar, shu jumladan insult va miokard infarkti, paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.
Anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari (dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalligi) yoki nazorat qilinmaydigan gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda, Voltaren® preparati bilan davolash tavsiya etilmaydi.
Zarurati bo‘lganda Voltaren® preparati anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari, nozorat qilinmaydigan arterial gipertenziyasi yoki yurak-qon tomir kasalliklarining (gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet va chekish) ahamiyatli xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarga, faqat sinchiklab baxolangandan keyin va faqat ≤100 mg sutkalik dozalar chegarasida, 4 haftadan ortiq davomiylikdagi davolash xolida buyuriladi.
Dozasi va ekspozitsiyasining oshishi natijasida yurak-qon tomir tizimi tomonidan xavflarini oshishi mumkinligi tufayli, diklofenakning minimal samarali dozasini minimal davr davomida ishlatish kerak.
Simptomlarning yengillashishi va davolashga javobni, ayniqsa agar davolash 4 haftadan ortiq davom etsa, patsiyentning ehtiyojini vaqti-vaqti bilan takroriy baholashni o‘tkazish talab qilinadi.
Patsiyentlar og‘ir arteriotrombotik ko‘rinishlar (masalan, ko‘krakda og‘riq, xansirash, kuchsizlik, noaniq nutq) paydo bo‘lishi xavfiga nisbatan xabardor qilingan bo‘lishlari kerak, ular xar qanday vaqtda va ogohlantiruvchi simptomlarsiz paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda patsiyentlar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari kerak.
Gematologik ko‘rsatgichlarga ta’siri Boshqa NYAQP kabi bu preparat uzoq muddut buyurilganda, muntazam gemogrammani tekshirish kerak.
Boshqa NYAQP kabi diklofenak ham vaqtincha trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilshi mumkin, shuning uchun gemostazning buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Teri reaktsiyalari NYAQP, shu jumladan Voltaren® preparati, qo‘llanganda, juda kam hollarda og‘ir, ayrim hollarda fatal teri reaktsiyalari, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, hollari xaqida xabar berilgan.
Bu reaktsiyalarning paydo bo‘lishini yuqori xavfi davolash kursini boshida, ko‘pchilik hollarda davolashning birinchi oyida aniqlangan.
Teri toshmalari, shilliq qavatlarning shikastlanishini birinchi ko‘rinishlarida yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning xar qanday boshqa ko‘rinishlarida Voltaren® preparatini bekor qilish kerak.
Ilgari Voltaren® preparatini qabul qilmagan patsiyentlarda, davolash davrida kam hollarda, lekin anafilaktik va anafilaktoid allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda (65 yoshdan oshgan) qo‘llanishi Keksa yoshdagi patsiyentlarda, ayniqsa kuchsizlangan keksa yoshdagi patsiyentlarda va tana vazni yetarli bo‘lmagan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Nafas a’zolariga ta’siri (oldingi astma) Astmasi, mavsumiy allergik riniti, burun shilliq qavatining shishi (masalan, nazal poliplar), o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yo‘llarining surunkali infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda, NYAQP qabul qilganda, boshqa patsiyentlarga qaraganda ko‘proq astmani zo‘rayishi (analgetiklarni o‘zlashtiraolmaslik deb nomlanadigan yoki analgetik astma), Kvinke shishi yoki eshakemi kabi nojo‘ya samaralar paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, bunday patsiyentlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bu shuningdek boshqa moddalarga allergiyasi, masalan, teri reaktsiyalari, qichishish yoki eshakemi bo‘lgan patsiyentlarga ham taalluqlidir.
Jigarga ta’sirpi Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga Voltaren® preparati buyurilgan xolda, uning yomonlashishi tufayli, ularning holatini doimiy tibbiy kuzatuvini ta’minlash kerak.
Boshqa NYAQP kabi Voltaren® preparati qo‘llanganda, bir yoki bir necha jigar fermentlarining darajasi oshishi mumkin.
Voltaren® preparati bilan uzoq muddatli davolashda, oldini olish chorasi sifatida jigar funktsiyasini muntazam tekshirish ko‘rsatilgan.
Agar jigarning funktsional ko‘rsatgichlari tomonidan buzilishlar saqlansa yoki kuchaysa, agar shikoyatlar yoki jigar kasalligini zo‘rayishiga ishora qiluvchi simtomlar rivojlansa, shuningdek boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar (masalan, eozinofiliya, toshma va boshqalar) paydo bo‘lsa, bunday xolda Voltaren® preparatini bekor qilish kerak.
Preparatni qabul qilishda gepatitning kechishi prodromal ko‘rinishlarsiz o‘tishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Jigar porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarga Voltaren® preparatini buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki u xurujni qo‘zg‘atishi mumkin.
Buyraklarga ta’siri NYAQP, shu jumladan diklofenak bilan davolashda, suyuqlikni tutilish hollari va shishlar qayd qilingan, yurak va buyrak funktsiyasining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, anamnezida gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlar, keksa yoshdagi patsiyentlar, diuretiklar yoki buyrak funktsiyasiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlar, shuningdek xar qanday sababga ko‘ra, masalan, jiddiy xirurgik aralashuvlargacha va keyingi davrda suyuqlikni xujayradan tashqari xajmi ahamiyatli pasaygan patsiyentlarda aloxida ehtiyotkorlik kerak.
Bu hollarda, Voltaren® preparatini qo‘llash vaqtida oldini olish chorasi sifatida buyrak funktsiyasini muntazam nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Preparatni qabul qilishni to‘xtatish odatda buyrak funktsiyasini dastlabki darajagacha tiklanishiga olib keladi.
Boshqa NYAQP kabi Voltaren® preparati davomli qo‘llanganda, periferik qonning holatini muntazam nazorat qilish ko‘rsatilgan.
NYAQP bilan o‘zaro ta’siri Voltaren® preparatini tizimli NYAQP, shu jumladan tsiklooksigenaza-2 (TsOG-2) ning selektiv ingibitorliri, noxush ta’siri tufayli, bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Infektsion kasalliklarning ko‘rinishlarini niqoblanishi Boshqa NYAQP kabi Voltaren® preparati, o‘zining farmakodinamik xususiyatlari tufayli, infektsion kasalliklarning ko‘rinishlari va simptomlarini niqoblashi mumkin.