Volfuranretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: nifuratel – 0,2 g; yordamchi moddalar: tabletkaning yadrosi: kraxmal – 0,06 g, polietilenglikol 6000 – 0,015 g, talk – 0,005 g, magniy stearati – 0,005 g; tabletkaning qobig‘i: saxaroza – 0,1 g; talk – 0,15 g; emulgatsiyalovchi mum – 0,00014 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

nifuratel

Preparatning savdo nomi:

Volfuran

Farmakalogik guruhi:

ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

tabletkalar

ikki tomonlama qavariq, qandli qobiq bilan qoplangan, oq rangli tabletkalar.

ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi preparatlar.

Preparatni 200 mg dozada qabul qilingandan keyin nifuratelni tez so‘rilishi aniqlangan; qon plazmasidagi kontsentratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 2 soatdan keyin 9,48±3,6 mkg/ml ni tashkil qiladi. Nifuratel jigarda va organizmning deyarli barcha to‘qimalarida tez metabolizmga uchraydi, T1/2 2,75±0,8 soatni tashkil qiladi. Nifuratelning taxminan 0,31% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qolgan qismi metabolit shaklida chiqariladi.

Nifuratelga sezgir mikroorganizmlar chiqargan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida: preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (patogen mikroorganizmlar, kandida, trixomonadalar, bakteriyalar, xlamidiyalar) tomonidan chaqirilgan vulvovaginal infektsiyalarsiydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, piyelonefrit, uretrit, tsistit, piyelitichak amyobiazi i lyamblioziHelicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini surunkali yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi.

Preparatni ichga, tavsiyalarga amal qilgan holda qabul qilinadi.

Klinik amaliyotda nojo‘ya samaralar juda kam kuzatiladi, quyidagilar bo‘lishi mumkin: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda achchiq ta’m, diareya, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya; allergik reaktsiyalar: terida toshma, qichishish.

Nifuratelga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Nifuratel nistatin bilan birga qo‘llanganda nistatinning zamburug‘larga qarshi ta’sirini kuchaytiradi. Preparatni qabul qilinganda alkogolni iste’mol qilish mumkin emas.

Nifuratel yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuning uchun preparatni, faqat kutiladigan terapevtik samara homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qat’iy ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash mumkin. Nifuratel ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparat buyurilganda emizishni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.

Nifuratel yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuning uchun preparatni, faqat kutiladigan terapevtik samara homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qat’iy ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash mumkin. Nifuratel ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparat buyurilganda emizishni to‘xtatish masalasini xal qilish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan.

14 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.