Vobi Kids rasmini ko'rish

Tarkibi:

150 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: oddiy chernika sharbatining kontsentrati          15,000 ml; oq qayin barglarining quruq kontsentrati        2,775 g; pivo achitqilari                                                     3,000 g; xitoy shizandrasi mevalarining ekstrakti       1,500 g; pardali astragal ildizining ekstrakti             1,500 g; hind qalqonbargi o‘tlarining ekstrakti            15,000 mg; liofilizatsiya qilingan asalari ona suti          750 mg; yordamchi moddalar: polietilenglikol 400, kaliy sorbati, glitserin, maltitol, “Gilos” aromatizatori, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Vobi Kids

Farmakalogik guruhi:

tonusni oshiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop.

qizg‘ish rangdan qizil ranggacha bo‘lgan, gilos hidli sirop.

tonusni oshiruvchi vosita.

A13A

Vobi Kids preparatining ta’siri uning tarkibidagi komponentlarning hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

Vobi Kids preparati maktabgacha va maktab yoshidagi (ayniqsa, kichik va o‘rta maktab yoshidagi) bolalarda xotirani yaxshilash, reaktsiyalar tezligini oshirish, diqqatni jamlash va bilim olish qobiyatini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Vobi Kids siropi ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Qabul qilishdan oldin siropni chayqatish kerak. Zarurat bo‘lganida siropni suvga yoki mevali sharbatga qo‘shish mumkin. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Siropni dozalash uchun 2,5 ml, 3 ml, 5 ml, 7,5 ml, 10 ml, 15 ml hajmlarga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi. Davolash kursi va davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Tavsiya etilgan dozalardan ortiq dozalarda ishlatilganida ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning biror-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Preparatning tarkibida tabiiy komponentlar borligi tufayli, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlikda va laktatsiyada preparatni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Pediatriyada qo‘llanishi Preparat 3 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri o‘rganilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Vobi Kids preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida me’dani yuvish va simptomatik davolashni buyurish tavsiya etiladi.

Retseptsiz beriladi

Ichga qabul qilish uchun sirop 150 ml dan buraladigan himoya qopqoqli sariq rangli shisha flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakani bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.