Vizavirinretsept bilan

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 200 mg ribavirin, yordamchi moddalar: povidon K-30, talk, kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, natriy lauril sulfati, metil paraben, propil paraben, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, glitserin, bronopol, bo‘yovchilar (titan dioksidi, brilliant ko‘ki).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ribavirin

Preparatning savdo nomi:

Vizavirin

Farmakalogik guruhi:

Bevosita ta’sir etuvchi viruslarga qarshi preparatlar. Nukleozidlar va nukleotidlar.

Dori shakli:

kapsulalar 200 mg

Ko‘k rangli qopqoqcha va korpusdan tashkil topgan qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq rangli kukun.

Bevosita ta’sir etuvchi viruslarga qarshi preparatlar. Nukleozidlar va nukleotidlar.

J05AB04

Preparatning bir martalik dozasi ichga qabul qilingandan keyin ribavirin oson so‘riladi (Tmax=1,5 soat), undan keyin organizmda tez taqsimlanadi. Organizmdan chiqarilish fazasi uzoq vaqtni talab etadi. Bir martalik dozani so‘rilish, taqsimlanish va chiqarilish ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda 0,05, 3,73 va 79 soatni tashkil qiladi. Ribaverin jadal so‘riladi. Lekin mutloq biokiraolishligi taxminan 65% ni tashkil qiladi, bu birinchi o‘tishdagi metabolizmi bilan bog‘liq. Ribavirinni 200 mg dan             1200 mg dan bir martalik dozada qabul qilganda doza va biokiraolishlik (AUCtf) orasida to‘g‘ri proportsional bog‘liqlik mavjud. Taqsimlanish xajmi taxminan 5000 l ni tashkil qiladi. Ribavirin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Ribavirinning qon/plazmadagi kontsentratsiyasi nisbati taxminan 60:1 ni tashkil qiladi, qonda ribavirinning ortiqcha miqdori ribavirinning eritrotsitlarda izolyatsiya qilingan nukleotidlari ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Ribavirinning metabolizmi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) qaytuvchan fosforlanish va 2) parchalanuvchi aylanish, unga deribozizatsiya va triazol karboksil metabolitini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi amidli gidroliz kiradi. Ribavirinning o‘zi va uning metabolitlari – triazolkarboksamid va triazolkarbon kislotasi – organizmdan siydik bilan chiqariladi. Ribavirin ko‘p marta yuborilganda plazmada jadal ravishda to‘planadi. Ko‘p marta qabul qilinganda va bir marta qabul qilinganda biokiraolishlikning (AUC12h) nisbatlari oltiga teng. Peroral qabul qilinganda (600 mg kuniga ikki marta) ribavirinning plazmadagi barqaror kontsentratsiyasiga 4 hafta oxirida erishilgan; bunda u taxminan 2200 ng/ml ni tashkil qilgan. Qabul qilish to‘xtatilgandan keyin ribavirinning yarim chiqarilish davri taxminan 298 soatni tashkil qilgan, bu ehtimol uni plazmadan tashqaridagi strukturalardan sekin chiqarilishidan dalolat beradi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ribavirinning farmakokinetikasi bir marta qabul qilinganda (AUCtfva Cmax ko‘rsatkichlari oshadi) o‘zgarmaydi. Bu o‘zgarish bunday bemorlarda haqiqiy klirensni pasayishi bilan bog‘liq. Gemodializda ribavirinning plazmadagi kontsentratsiyasi sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Turli og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda bir martalik dozasi yuborilganda ribavirinning farmakokinetikasi sog‘lom shaxslardagi ribavirinning farmakokinetikasiga o‘xshash. 65 yoshdan oshgan shaxslarda kapsula shaklidagi ribavirinning farmakokinetikasi sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Kapsula shaklidagi ribavirinning farmakokinetikasi surunkali S gepatiti bo‘lgan 3-16 yoshdagi bolalarda sog‘lomlardagi farmakokinetikasiga o‘xshash.

kompensatsiya bosqichidagi jigar kasalliklari bo‘lgan 6 yosh va undan katta patsiyentlarda peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatitida qo‘llanadi. Avval Ribavirin qabul qilmagan patsiyentlar Katta patsiyentlar: alaninaminotrasferaza (ALT) darajasi oshgan, S gepatiti virusining ribonuklein kislotasi (HCV-RNA) ijobiy jigar yetishmovchiligi bo‘lgan avval davolanmagan patsiyentlarda peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti; Kompensatsiyalangan jigar tsirrozi va/yoki klinik stabil OITV ko-infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda peginterferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti. 6 yosh va undan katta bolalar va o‘smirlar: S gepatiti virusining ribonuklein kislotasi (HCV-RNA) ijobiy jigar yetishmovchiligi bo‘lgan avval davolanmagan patsiyentlarda peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti. Avval davolangan patsiyentlar Katta patsiyentlar: avval interferon alfa bilan monoterapiyaga javob (davolashni oxirida ALT darajasini normallashishi bilan), lekin keyinchalik kasallikni qaytalanishi kuzatilgan katta patsiyentlarda interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatiti; interferon alfa (pegilirlangan va pegilirlanmagan) yoki ribavirin bilan majmuada davolash muvaffaqiyatsiz bo‘lgan katta patsiyentlarda peginterferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash tarkibida surunkali S gepatitida qo‘llanadi.

Davolashni S gepatiti bo‘lgan bemorlarni davolash tajribasiga ega shifokor tomonidan olib borilishi kerak. Vizavirin kapsulalarini davolashning yagona terapevtik vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki ribavirin S gepatinini monoterapiyasida samarasiz. Vizavirin peginterferon alfa-2b bilan ham, interferon alfa-2b bilan ham majmuada qo‘llanishi mumkin. Majmuaviy davolash tartibini tanlash, tanlangan majmuaning kutilayotgan samaradorligi va xavfsizligiga qarab shaxsiy ravishda amalga oshiriladi. Majmuaviy davolashni buyurilganda shuningdek peginterferon alfa-2b preparatining yoki interferon alfa-2b inyektsiya uchun eritmasi preparatining qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalariga ham rioya qilish kerak. Kattalar. Vizavirin preparatining dozasi patsiyentning tana vazniga (1 jadval) qarab hisoblanadi. Peginterferon alfa-2b preparatining tavsiya etilgan dozasi haftada 1,5 mkg/kg, interferon alfa-2b preparatining tavsiya etilgan dozasi 3 mln XB haftada uch martani tashkil etadi. 1-jadval Patsiyentning tana vazniga qarab Vizavirin preparatining tavsiya etilgan dozalari Patsiyentning tana vazni (kg)Vizavirinning kunlik dozasi200 mg dan kapsulalar soni< 65800 mg4 a65 – 801000 mg5 b81 – 1051200 mg6 c> 1051400 mg7 d a: 2 ertalab, 2 kechqurun b: 2 ertalab, 3 kechqurun c: 3 ertalab, 3 kechqurun d: 3 ertalab, 4 kechqurun Vizavirin preparati va PEG interferon alfa 2b bilan majmuaviy davolash Interferon alfa qabul qilmagan patsiyentlarni davolash davomiyligi S gepatiti virusining RNK aniqlanmaydigan darajasiga erishilmagan 1 genotip virusi bilan infektsiyalangan patsiyentlarda yoki barqaror virusologik javobni paydo bo‘lish ehtimoli past bo‘lgan 4 yoki 12 haftada adekvat virusologik javob paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish zaruratini baholash kerak. 1 genotip: Davolashning 12 haftasida S gepatiti virusining RNK aniqlanmaydigan darajasiga erishilmagan patsiyentlar uchun davolashni yana 9 oy davomida (ya’ni, umuman 48 hafta) davom ettirish kerak.aniqlanmaydigan darajasiga erishilgan, lekin 12 haftada S gepatiti virusining RNK darajasi ≥ 2 log pasayishi bo‘lgan patsiyentlar uchun davolashning 24 haftasida takroran baholash kerak va agar haftada S gepatiti virusining RNK darajasini aniqlab bo‘lsa, to‘liq davolash kursini davom ettirish kerak (ya’ni, umuman 48 hafta). Agar 24 hafta S gepatiti virusining RNK darajasini aniqlab bo‘lsa, davolashni to‘xtatish qarorini qabul qilish kerak.Davolashning 4 haftasida S gepatiti virusining RNK bo‘yicha manfiy bo‘lgan va davolashning 24 haftasida S gepatiti virusining RNK bo‘yicha manfiy bo‘lib qolgan 1 genotip virusi bilan infektsiyalangan va past virusli yuklamali (<600000 XB/ml) patsiyentlarning kichik guruhida davolash ushbu 24 hafta davolash kursidan keyin to‘xtatilishi mumkin yoki yana 24 hafta davomida (ya’ni umumiy davolash davomiyligi 48 haftani tashkil etadi) davom ettirilishi mumkin. 24 hafta davolashning umumiy davomiyligi 48 haftalik davolash kursiga nisbatan kasallikni qaytalanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2 va 3 genotip: Barcha patsiyentlarga 24 hafta davolash kursini o‘tash tavsiya etiladi, S gepatiti/OITV ko-infektsiyalangan patsiyentlardan tashqari ,ular 48 haftalik davolash kursini o‘tashlari kerak. 4 genotip: Umuman olganda 1 genotip virusi bilan infektsiyalangan patsiyentlar davolanishga kamroq beriladigan deb qaraladi, ular uchun 1 genotip uchun davolash davomiyligi mos keladi. Patsiyentlarni takroriy davolash davomiyligi. 12 haftada zardobda S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past bo‘lgan barcha patsiyentlar genotipdan qat’iy nazar 48-haftalik davolanishlari kerak. 12 haftada virusologik javob (masalan, S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past) paydo bo‘lmagan takroran davolangan patsiyentlarda 48 hafta davolaganda barqaror virusologik javob kam ehtimollik bilan paydo bo‘ladi. Davolashga javob paydo bo‘lmagan 1 genotipli patsiyentlarda 48 haftadan ortiq takrorlash davomiyligi Vizavirin bilan pegilirlangan interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolaganda o‘rganilmagan. Vizavirin praparati va interferon alfa-2b bilan majmuaviy davolash Davolash davomiyligi. Patsiyentlarni kamida olti oy davomida davolash tavsiya etiladi. Patsiyentlarni bir yil davomida davolangan tadqiqotlar olti oy davomida davolagandan keyin virusologik javob (S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past)paydo bo‘lmagan patsiyentlarda virusologik javob (davolash to‘xtatilgandan olti oydan keyin S gepatiti virusining RNK darajasi aniqlab bo‘ladigan darajadan past) past ehtimollik bilan paydo bo‘lgan. 1 genotip: Olti oy davolangandan keyin S gepatiti virusining RNK bo‘lmagan patsiyentlarda davolashni yana olti oy (ya’ni, umuman bir yil davomida) davom ettirish kerak. Genotips Non-1: Olti oy davolangandan keyin S gepatiti virusining RNK bo‘lmagan patsiyentlarda davolashni davom ettirish qarori boshqa prognostik omillar (masalan, yoshi >40 yosh, erkak jinsi, ko‘priksimon fibroz) ga asoslanishi kerak. Bolalarda Vizavirin preparatini peginterferon alfa-2b va interferon alfa-2b bilan majmuada qo‘llanishi Tana vazni 47 kg dan kam yoki kapsulani yuta olmaydigan patsiyentlar uchun Ribavirinning ichga qabul qilish uchun eritma 40 mg/ml dori shaklini qo‘llash tavsiya etiladi.

Majmuaviy davolaganda kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar Vizavirin bilan ham, interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya samaralarning tasnifi quyidagicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma’lum.

Majmuaviy davolaganda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Vizavirin bilan ham, interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. ribavirin yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikhomiladorlik (homiladorlikka testni manfiy natijalari haqida ma’lumot olinmaguncha davolashni boshlash mumkin emas)patsiyentlarning sheriklarini homiladorligiemizish davriyurakning og‘ir kasalliklari, shu jumladan davolashni boshlashdan kamida 6 oy davomida kuzatiladigan nostabil va nazoratlanmagan shakllariog‘ir, qiyin kechuvchi kasalliklar, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarjigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V yoki S sinfi) yoki dekompensatsiyalangan jigar tsirrozigemoglobinopatiyalar (masalan, talassemiya, o‘roqsimon-xujayrali anemiya)jigar tsirrozi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha ball ≥6) bilan kechuvchi gepatit S va OITV viruslari ko-infektsiyalangan patsiyentlar uchun peginterferon alfa-2b bilan majmuasididanozin bilan birga yuborishbolalar va o‘smirlar – og‘ir psixologik kasalliklar mavjudligi yoki anamnezida borligi, ayniqsa og‘ir depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikrlar yoki o‘z joniga qasd qilishga urinishlarautoimmun gepatit yoki anamnezida boshqa autoimmun kasalliklarda (interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan majmuasi tufayli) qo‘llash mumkin emas.

Tsitoxrom R450 fermentlari ribavirinning metabolik jarayonlarida ishtirok etmaydi. Ribavirin tsitoxrom R450 fermentlarini susaytirmaydi. Ribavirin jigarning fermentativ faolligini rag‘batlantiradi. Shuning uchun tsitoxrom R450 bilan o‘zaro ta’sirining ehtimoli minimal darajada. Ribavirin inozinmonofosfatdegidrgenazaga ingibitsiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatib azatioprin metabolizmiga xalaqit berishi mumkin, u azatioprin bilan davolangan patsiyentlar orasida miyelotoksik bilan bog‘liq 6-metiltiozinmonofosfat (6-MTIMP) to‘planishiga olib kelishi mumkin. Pegilirlangan alfa-interferonlar va ribavirinni azatioprin bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Ayrim hollarda Ribavirinni azatioprin bilan birga yuborishdan foyda potentsial xafdan yuqori bo‘lgan hollarda miyelotoksiklik belgilarini aniqlash uchun davolash vaqtida sinchkovlik bilan gematologik monitoring olib borish tavsiya etiladi, ular aniqlanganda ushbu preparatlar bilan davolashni to‘xtatish kerak. Peginterferon alfa-2b va interferon alfa-2b. Ribavirin va peginterferon alfa-2b yoki interferon alfa-2b orasida o‘zaro ta’sir belgilari aniqlanmagan. Antatsidlar. Magniy va alyuminiy yoki simetikon saqlovchi antatsid bilan qabul qilinganda 600 mg dozadagi rabavirinning biokiraolishligi kamaygan. Nukleozid analoglari. Ribavirinning zidovudin va stavudinning fosforlanishini susaytirish qobiliyati aniqlangan. Ribavirinni zidovudin yoki stavudin bilan raqobatli qo‘llanishi qon plazmasida OITV kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi deb hisoblanadi. Shuning uchun Ribavirinni bu dori vositalaridan biri bilan majmuada davolanayotgan bemorlarda qon plazmasida RNK-OITV kontsentratsiyasi darajasini sinchkovlik bilan monitoringi olib borish tavsiya etiladi. Plazmada RNK-OITV kontsentratsiyasi darajasi oshganda Vizavirinni teskari transkriptaza ingibitorlari bilan birga qo‘llashni qayta ko‘rib chiqish kerak. Nukleozid analoglarini alohida yoki boshqa nukleozidlar bilan majmuada qo‘llanishi laktatatsidozga olib kelishi mumkin. Ribavirin purin nukleozidlarining fosforlangan metabolitlarining darajasini oshishiga olib keladi. Bu samara nukleozidlarning purin analoglari (masalan, didanozin yoki abakavir) chaqirgan laktatatsidoz paydo bo‘lishi xavfini kuchaytirishi mumkin. YUFARD (yuqori faol antiretrovirus davolash) olayotgan OITV-infektsiyalangan patsiyentlarda laktoatsidoz paydo bo‘lishi xavfi oshadi. Shuning uchun YUFARD (yuqori faol antiretrovirus davolash) fonida majmuaviy davolashni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davomli yarim chiqarilish davri tufayli, qo‘llash to‘xtatilgandan keyin Ribavirin bilan o‘zaro ta’sir ehtimoli ikki oy (ribavirinning 5 yarim chiqarilish davri) saqlanib qoladi. Ribavirinni teskari transkriptazaning nukleozid bo‘lmagan ingibitorlari yoki proteaza ingibitorlari bilan o‘zaro ta’sirining isbotlari yo‘q. Vizavirin preparati va didanozinni birga yuborish mumkin emas, chunki didanozinning faol metabolitlari (dideoksifdenozin 5’-trifosfat) ta’siri kuchayadi. Fatal jigar yetishmovchiligi, shuningdek periferik neyropatiya, pankreatit va simptomatik giperlaktatemiya/laktotsidoz paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Ribavirinni monoterapiya sifatida qo‘llash mumkin emas, shuning uchun Vizavirin kapsulalarini S gepatitini davolaganda mustaqil ravishda qabul qilish mumkin emas. Majmuaviy davolashning samaradorligi va xavfsizligi faqat Ribavirinni peginterferon alfa-2b/interferon alfa-2b inyektsiya uchun eritmasi bilan aniqlangan.

Salqin, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Ribavirin bilan davolash vaqtida dozani oshirib yuborilishining jiddiy simptomlari aniqlanmagan. Noxush ko‘rinishlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan va davolashni bekor qilishni talab etmagan. Dori vositasining dozasi oshirib yuborilganda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lgan hollarda hayot uchun muhim a’zolar faoliyatini monitoringi va patsiyentning holatini muntazam nazorati ostida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 kapsuladan alyumin folgali (Alu/Alu)kontur uyali o‘ramda. 1, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil