VivaKof rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: bromgeksin gidroxloridi – 4 mg, difengidramin gidroxloridi – 10 mg, gvayfenezin – 50 mg, fenilefrin gidroxloridi – 5 mg; yordamchi moddalar: saxaroza, 70% li sorbitol eritmasi, dinatriy edetati, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, natriy benzoati, propilenglikol, aralash mevalar ta’mi, natriy saxarini, Ponso 4R bo‘yovchisi, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

bromgeksin gidroxloridi. difengidramin gidroxloridi, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

VivaKof

Farmakalogik guruhi:

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.

Dori shakli:

sirop.

qizil rangli, xushbo‘ylashtirilgan siropsimon suyuqlik.

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar.

R05FB02

Preparatning ta’siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning birgalikdagi ta’siri bilan bog‘liq, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish ilojisi yo‘q.

bronxospazm bilan kechuvchi yo‘talni simptomatik davolash;o‘tkir respirator kasalliklarni (laringit, traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxial astma) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.

Vivakof ichga ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Preparatni suv yoki mevali sharbat bilan aralashtirish mumkin. Siropni dozalash uchun 5 ml, 10 ml, 15 ml ga bo‘lingan o‘lchov stakani ishlatiladi. Vivakof quyidagicha buyuriladi: 0 dan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 3 marta; 2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta; 6 yoshdan boshlab bolalarga – 10 ml dan sutkada 3 marta; kattalarga – 15-20 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya, kam hollarda – peptik yarani zo‘rayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurakni urishini his etish, taxikardiya. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik. Juda kam hollarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;yurak ritmini buzilishi;jigar faoliyatini buzilishi;me’da va o‘n ikki barmoqni peptik yarasi;qon ketishlariga moyillik;homiladorlikning I uch oyligi, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llanganida gvayfenezin markaziy nerv tizimi (MNT) ning faoliyatiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar, shuningdek etanolning ta’sirini kuchaytiradi. Bromgeksin antibiotiklar (amoksitsillin, eritromitsin, tsefaleksin, oksitetratsiklin), sulfanilamid dori vositalarni o‘pka to‘qimasiga o‘tishiga yordam beradi. Yurak glikozidlari, kortikosteroidlar, bronxodilatatorlar, diuretiklarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Balg‘am ko‘chishi jarayoniga qarshilik ko‘rsatuvchi, tarkibida kodein saqlovchi dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida Vivakofni buyurish mumkin emas. Preparat gipertireoz, qandli diabet, yurak-qon tomir tizimini og‘ir darajadagi kasalliklari, arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni b-adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi VivaKof preparatini homiladorlikning I uch oyligi va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II-III uch oyliklarida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Qorong‘i va quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: taxikardiya, ongni buzilishi, tirishishlar, ekstrasistoliya, gipotenziya, gipokaliyemiya bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak. Davolash simptomatik bo‘ladi.

Retseptsiz

Sirop 100 ml dan flakonda. 1 flakon o‘lchov qopqoqchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.