Vitrum Prenatal rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Retinol atsetati (A vitamini)Xolekaltsiferol (D3 vitamini)Alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini)Askorbin kislotasi (S vitamini)Tiamin mononitrati (B1 vitamini)Riboflavin (V2 vitamini)Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)NikotinamidTsianokobalamin (V12 vitamini)Folat kislotasiKaltsiyga hisoblanganda kaltsiy karbonatiKaltsiyga hisoblanganida kaltsiy sulfatiTemirga hisoblanganida temir fumaratiRuxga hisoblaganda rux oksid4000 XB1)400 XB2)11 XB3)100 mg1,5 mg1,7 mg2,6 mg18 mg4 mkg800 mkg200 mg 60 mg25 mg 1,376 mg retinol atsetatiga ekvivalent10 mkg xolekaltsiferolga ekvivalent11 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, stearin kislotasi, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi; qobig‘i: gipromelloza, titan dioksidi, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110), qizil bo‘yovchi (Ye129).

Preparatning savdo nomi:

Vitrum Prenatal

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

vitaminlar.

Homiladorlik va laktatsiya davrida gipovitaminozlar, mineral moddalarning tanqisligini oldini olish;homilador ayollarda temir tanqisligi, qamqonlik va kaltsiy tanqisligining oldini olish uchun qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Ayollarga homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda kuniga 1 tabletkadan nonushtadan keyin suv bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni qabul qilish kursi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Preparat qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, siydikni to‘q sariq rangga bo‘yalishi mumkin bo‘lib, bu xavf tug‘dirmaydi, chunki u preparatning tarkibida riboflavinning borligi bilan ifodalanadi.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozida, organizmda temirni haddan ziyod to‘planishida, qonda kaltsiy miqdorini oshishida, kaltsiyni siydik bilan ko‘p chiqarilishida va siydik-tosh kasalligida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Preparat temir va kaltsiy saqlaydi, shuning uchun ichakda tetratsiklin guruhi antibiotiklarining, shuningdek mikrobga qarshi vositalari – ftorxinolon hosilalarining so‘rilishini kechiktirishi mumkin. Askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalarini ta’sirini va nojo‘ya samarasini (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi) kuchaytiradi. Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek kolestiramin, temirni so‘rilishini kamaytiradi. Tiazid guruhi siydik haydovchi vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida, giperkaltsiyemiya ehtimoli oshadi.

Tavsiya qilingan dozadan oshirilmasin. A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan preparatni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu vitaminlarni dozasini oshirib yuborilish xavfini oshiradi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 10-30°S haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me’da-ichak buzilishlari. Davolash: me’dani yuvish, ichga faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 30, 60, 100, 200 tabletkadan buraluvchi qopqoqli polietilen flakonlarda. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

5 yil.