VITRUM OSTЕOMAG FORTЕ rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol ta’sir etuvchi moddalar: Kaltsiyga qayta hisoblanganda kaltsiy karbonati (ustritsa chig‘anog‘idan olingan granulalar – 1460,0 mg)                                   500 mg Kolekaltsiferol (D3 vitamini)                                                             800 XB1) Magniyga qayta hisoblanganda magniy oksidi (magniy oksidi -350 mg)                                                                            200 mg 1) 20 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent, kontsentrat ko‘rinishida (kolekaltsiferol (D3 vitamini) – 0,25% solinadi, alfa tokoferol – 0,2%, dukakli gidrogenizirlangan soya moyi – 7,5%, jelatin gidrolizati – 38%, sukraloza – 38%, makkajo‘xori kraxmali – 16,05%) 10,4 mg miqdorida; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza – 35 mg, kolloid kremniy dioksidi – 36 mg, natriy kroskarmelloza – 26,1 mg, magniy stearati – 17,5 mg; plyonka qobig‘i: oq opadray II (gipromelloza – 18,6 mg, titan dioksidi – 16,2 mg, qora polidekstroza – 15,6 mg, talk – 4,2 mg, maltodekstrin – 3,0 mg, o‘rtacha zanjirli triglitseridlar – 2,4 mg) – 60 mg.

Preparatning savdo nomi:

VITRUM OSTЕOMAG FORTЕ

Farmakalogik guruhi:

kaltsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan, oval shaklidagi tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida – tabletkaning oq xolli dog‘lari bo‘lgan och-kulrang yadrosi ko‘rinadi.

kaltsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi

A12AX.

osteoporoz (menopauzadagi, senil, steroid, idiopatik va boshqalar) va uning asoratlarini (suyaklarni sinishlari) oldini olish va kompleks davolashkaltsiy , magniy va D3 vitaminining tanqisligini o‘rnini qoplash uchun qo‘llaniladi.

Ichga buyuriladi. Kattalarga osteoporoz va uning asoratlarini oldini olish va kompleks davolash, kaltsiy, magniy va D3 vitaminining tanqisligini o‘rnini qoplash uchun menopauza vaqtida va undan keyin, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarga – kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul kursi shifokorning tavsiyasiga muvofiq belgilanadi. 12 yoshdan katta bolalarga osteoporoz va unig asoratlarini oldini olish uchun kompleks davolashda – kuniga 1 tabletkadan buyuriladi. Qabul kursi shifokorning tavsiyasiga muvofiq belgilanadi.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Me’da-ichak yo‘llarining disfunktsiyasi (qabziyat yoki ich ketishi, qorinni dam bo‘lishi, epigastriyada og‘riqlar, ko‘ngil aynishi) kuzatilishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq qo‘llanganda siydik va qonda kaltsiy miqdori oshishi mumkin.

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, siydik yoki qonda kaltsiy miqdorini oshishi (giperkaltsiuriya, giperkaltsiyemiya), siydik-tosh kasalligi (kaltsiy toshlarini hosil bo‘lishi). D3 vitaminiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Preparat tetratsiklin guruhi antibiotiklari, atsetilsalitsil kislotasi va boshqa salitsilatlarni, sulfanilamidlar, beta-adrenoblokatorlar va bilvosita antikoagluyantlarni so‘rilishini sekinlashtiradi. Shu boisdan preparatni boshqa dori vositalarini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.. Tiazid diuretiklari kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi. Shuning uchun ularni preparat bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaltsiyemiyani rivojlanish xavfini hisobga olish lozim. Angishvonagul preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarga yuqori dozalarda buyurilganda aritmiyalarni paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan shaxslar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari lozim. Tavsiya etilgan dozani oshirilmasin. Dori preparatini homilador ayollar, emizikli ayollar, bolalar, surunkali kasalliklari bo‘lgan kattalar tomonidan qo‘llanilishi mumkinligi va o‘ziga xosligi yuzasidan ko‘rsatma: Homiladorlik va laktatsiya davrida dozalash shifokorning tavsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi. Tavsiya etilgan dozani oshirilmasin. Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda 10-30oS haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari: ko‘ngil aynishi, chanqash, poliuriya, holsizlik, me’da-ichak buzilishlari, giperkaltsiuriya, giperkaltsiyemiya, giperkreatininemiya. Dozani oshirib yuborilishi yuz bergan hollarda preparatani qabul qiilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi, me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

60 tabletkadan buraluvchi polietilen qopqog‘i va folgadan himoya klapani bo‘lgan polietilen flakonda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonkaga o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.