VITRUM OSTЕOMAG rasmini ko'rish

Tarkibi:

bir qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi: Faol ta’sir qiluvchi moddalar: Ustritsalar chig‘anoqlaridan olingan kaltsiy karbonati kaltsiyga qayta hisoblaganda        600 mg Kolekaltsiferol (D3 vitamini)1)                                                 200 XB2) Magniy oksidi magniyga qayta hisoblaganda                40 mg Rux oksidi ruxga qayta hisoblaganda                             7,5 mg Mis oksidi misga qayta hisoblaganda                            1 mg Marganets sulfati marganetsga qayta hisoblaganda     1,8 mg Natriy borati borga qayta hisoblaganda                                   250 mkg. 1) ozuqa yog‘i, kartoshka kraxmali, jelatin, sukraloza, alfa-tokoferol saqlovchi kolekaltsiferol kontsentrati ko‘rinishida solinadi. 2) – 5 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent. Yordamchi moddalar: natriy kroskarmelloza – 80 mg, mikrokristallik tsellyuloza – 20,70 mg, magniy stearati – 20 mg. Plyonka qobig‘i: gipromelloza – 19,345 mg, titan dioksidi – 10,00 mg, triatsetin – 0,20 mg, qizil bo‘yovchi AS (Ye129) – 0,44 mg, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (Ye110) – 0,01 mg, indigokarmin (Ye132) – 0,005 mg.

Preparatning savdo nomi:

VITRUM® OSTЕOMAG

Farmakalogik guruhi:

Kaltsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Oval shaklli, chetlari qiya, pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida “VITRUM” gravirovkasi va ikkinchi tomonida “OSTEOMAG” gravirovkasi bor. Ko‘ndalang kesimda – tabletkaning yadrosi oqdan to kulrang rangligacha.

Kaltsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi.

Organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Preparatning farmakologik ta’siri uni tarkibiga kiruvchi ingrediyentlarning xususiyati bilan belgilanadi. D3 vitamini organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi, suyak skeletining shakllanishida ishtirok etadi, suyaklar strukturasini saqlanishiga yordam beradi, ichakda kaltsiyning so‘rilishini va buyrak naychalarida fosfor reabsorbtsiyasini kuchaytiradi. Magniy D3 vitamini bilan birga kaltsiyning o‘zlashtirilishini oshiradi, suyaklarning o‘sishi va mineralizatsiyasiga ta’sir qiladi, kaltsiy-oksalatli – toshlar hosil bo‘lishini oldini oladi. Kaltsiy suyak to‘qimasining shakllanishida, arterial bosimni nazoratida va qon ivishi jarayonida ishtirok qiladi. Suyaklar, tishlarning shakllanishiga, suyak to‘qimasining zichligini oshishiga yordam beradi. Osteoporoz rivojlanishi xavfini kamaytiradi. Nerv va mushak tizimini normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi. Rux suyaklarning shakllanishida ishtirok qiladi. Marganets energiya hosil bo‘lishi jarayonlarida, oqsillar va yog‘lar metabolizmida, suyaklar va qo‘shiluvchi to‘qimalarning hosil bo‘lishida, osteosintezda ishtirok qiladi. Mis suyak massasi, gemoglobin va eritrotsitlar hosil bo‘lishi jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Suyak va qo‘shiluvchi to‘qima tarkibiga kiruvchi kollagenning shakllanishida ishtirok qiladi, osteoporozni oldini olishga yordam beradi. Bor suyaklar xolatini sog‘lom tutib turishda, kaltsiy, fosfor, magniyning metabolizmi jarayonlarida ishtirok qiladi. Kaltsiyning so‘rilishini yaxshilaydi, D3 vitaminining tanqisligini rivojlanish xavfini kamaytiradi, menopauzadan keyingi osteoporozni oldini olishga yordam beradi.

osteoporozni (menopauzal, senil, steroid va boshq.) va uning asoratlarini (suyaklarni sinishi) oldini olish va kompleks davolash;menopauza vaqtida va undan keyingi vaqtda kaltsiy, magniy va D3 vitaminining yetishmovchiligini to‘ldirish;keksalik yoshida kaltsiy, magniy va D3 vitaminining yetishmovchiligini to‘ldirish.

Ichga. Kattalarga osteoporoz va uning asoratlarini oldini olish va kompleks davolash uchun, menopauza vaqtida va keyin kaltsiy, magniy va D3 vitaminining tanqisligini to‘ldirish uchun, shuningdek keksa yoshli shaxslarda – kuniga 1-2 tabletkadan. Qabul qilish kursi shifokorning tavsiyalariga muvofiq. 12 yoshdan oshgan bolalarda osteoporoz va uning asoratlarini oldini olish va kompleks davolash uchun – kuniga 1-2 tabletkadan. Qabul qilish kursi shifokorning tavsiyasiga muvofiq.

Buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari, siydikda yoki qonda kaltsiy miqdorini yuqori bo‘lishi (giperkaltsiuriya, giperkaltsiyemiya), siydik-tosh kasalligi (kaltsiyli toshlarini hosil bo‘lishi), kaltsiyni siydik bilan ko‘p chiqishi. D vitamini va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida dozalash shifokor tavsiyasiga muvofiq. Tavsiya qilingan doza oshirilmasin.

10-300S haroratda, quruq joyda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me’da-ichak buzilishlari. Doza oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me’dani yuvish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 30 yoki 60 tabletkadan polietilen materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Flakon polietilen plyonka bilan o‘ralgan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.