VITRUM MЕMORI rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir parda qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi: faol modda: ginko biloba barglarining ekstrakti                     – 60 mg (flavonli glikozidlar 24%*) *- 14,4 mg flavonli glikozidlarning miqdori bo‘yicha standartlangan yordamchi moddalar: kaltsiy fosfati – 313 mg, mikrokristallik tsellyuloza – 50 mg, stearin kislotasi – 9 mg, natriy kroskarmelloza– 11 mg, magniy stearati – 5 mg, kremniy dioksidi – 2 mg; qobig‘i: gipromelloza – 9,7 mg, triatsetin – 2,8 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ginko biloba barglarining standartlangan quruq ekstrakti

Preparatning savdo nomi:

VITRUM MЕMORI

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan angioprotektor vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Ikki tomoni qabariq dumaloq, tiniq parda qobiq bilan qoplangan, och jigarrangdan to to‘q-jigarrangacha rangli, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida bo‘luv riskali tabletkalar. O‘ziga xos xidi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

o‘simliklardan olinadigan angioprotektor vosita.

N06DX02

Diqqatni, xotirani, fikrlash tezligini pasayishi, intellektual qobiliyatlarni, eshitishni, ko‘rishni, nutq faoliyatini (shu jumladan yoshga bog‘liq o‘zgarishlar natijasidagi) pasayishi. Periferik qon aylanishini va oyoqlarning mikrotsirkulyatsiyasini buzilishlarini majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Ichga, ovqatlanish vaqtida 1 tabletkadan sutkada 2 marta qabul qilinadi.  Davolashning o‘rtacha davomiyligi – 3 oy. Takroriy kurslar shifokor bilan maslahatlashgandan keyin o‘tkaziladi.

Dispepsiya, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, teri allergik reaktsiyalari, bosh aylanishi.

Preparatning komponentlariga bo‘lgan shaxsiy yuqori sezuvchanlik, gipokoagulyatsiya, miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari, o‘tkir miokard infarkti, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit, arterial gipertenziya, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Atsetilsalitsil kislotasi, varfarin, tiazid diuretiklar, tritsiklik antidepressantlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, gentamitsinni muntazam qabul qiluvchi patsiyentlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.

Tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas. Davolanish boshlanganidan keyin 1 oy o‘tgach holatni yaxshilanishi kuzatiladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qabul qilish davrida alohida e’tiborni va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (avtotransportni boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash) bajarish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq joyda, 10-300S haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, xolsizlik, me’da-ichak buzilishlari. Dozani oshirib yuborilgan holda shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir, me’dani  yuvish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 60 mg. 30 tabletkadan parda qobiq bilan qoplangan alyuminiy folga/PVX blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.