VITRUM KIDS rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Retinol atsetati (A vitamini)2500 XB1)Kolekaltsiferol (D3 vitamini)400 XB2)Alfa-tokoferol atsetati (Ye vitamini)15 XB3)Askorbin kislotasi (S vitamini)60 mgTiamin mononitrati (V1 vitamini)1,05 mgRiboflavin (V2 vitamini)1,2 mgPiridoksin (V6 vitamini)1,05 mgNikotinamid13,5 mgTsianokobalamin (V12 vitamini)4,5 mkgBiotin20 mkgFolat kislotasi300 mkgKaltsiy pantotenati5 mgKaltsiy karbonati kaltsiyga qayta hisoblanganda100 mgMagniy fosfati magniyga qayta hisoblanganda40 mgTemir fumarati temirga qayta hisoblanganda15 mgMis oksidi misga qayta hisoblanganda1 mgRux oksidi ruxga qayta hisoblanganda10 mgMarganets tsitrati marganetsga qayta hisoblanganda1 mgNatriy selenati selenga qayta hisoblanganda25 mkgXrom aminoati xromga qayta hisoblanganda20 mkgMagniy fosfati fosforga qayta hisoblanganda50 mgKaliy yodidi yodga qayda hisoblanganda150 mkg 1) 0,86 mg retinolga ekvivalent 2) 10 mkg kolekaltsiferolga ekvivalent 3) 15 mg alfa-tokoferol atsetatiga ekvivalent. Yordamchi moddalar: saxaroza – 488,53 mg, stearin kislotasi – 29,53 mg, kolloid kremniy dioksidi – 12,0 mg, magniy stearati – 8,0 mg, qulupnay xushbo‘yi – 10,0 mg, sukraloza –    1,0 mg, qizil bo‘yovchi (Ye129) – 1,6 mg.

Preparatning savdo nomi:

VITRUM KIDS

Farmakalogik guruhi:

polivitamin vosita + minerallar.

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar

och-pushtidan to to‘q-pushti rangligacha bo‘lgan, och va to‘q rangli dog‘lari bo‘lgan, yengil meva ta’mli va hidli, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.

polivitamin vosita + minerallar.

[A11AA04].

bolalarda jadal o‘sish davridagi gipovitaminoz, mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash;o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanish, ishtahani pasayishi.

Ichga, ovqatdan keyin, tabletka yaxshilab chaynab qabul qilinadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Siydikni to‘q sariq rangiga bo‘yalishi mumkin, bu xavfli emas, chunki bu preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq.

Preparatning har qanday komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dozani oshrib yuborilishidan saqlanish uchun, A, Ye, D vitaminlari va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Fosfatlar va kaltsiy tuzlari me’da-ichak yo‘llarida magniyning so‘rilishini pasaytiradi; magniy tetratsiklinning so‘rilishini pasaytiradi. Piridoksin levodopaning faolligini susaytiradi.

Tavsiya etiladigan dozalar oshirilmasin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: ma’lumotlar yo‘q. Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta’siri haqida ma’lumotlar: ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 10-30oS haroratda.

Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Chaynaladigan tabletkalar. 30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta’minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.

5 yil.