VITRUM KARDIO OMЕGA 3 rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Omega-3 ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalarining etil efirlari       1000 mg shu jumladan  ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: Eykozapentayen kislotasi (YERA)                                                     300 mg Dokozageksayen kislotasi (DHA)                                                     200 mg Alfa-tokoferol (Ye vitamini)                                                      2,00 mg. Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin – 261,7 mg, glitserol – 117,8 mg, tozalangan suv – 235,5 mg.

Preparatning savdo nomi:

VITRUM KARDIO OMЕGA-3

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

Tiniq, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan oval shaklli yumshoq kapsulalar. Kapsula ichidagisi – tiniq, yog‘simon, o‘ziga xos hidli, och-sariqdan to to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan suyuqlik.

gipolipidemik vosita.

C10AX06

dislipidemiyani (lipid almashinuvni buzilishi) oldini olish;lipidlar almashinuvining buzilishlarini majmuaviy davolash, shu jumladan parhez, statinlarni o‘z ichiga oluvchi.

Kattalarga ichga suv bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi: oldini olish maqsadida – sutkada 1 kapsuladan ovqatdan keyin 30 minut o‘tgach;davolash uchun – 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta, ovqatdan keyin 30 minut o‘tgach Davolash kursi kamida 3 oy. Takroriy kurslar shifokor maslahati bo‘yicha.

Allergik reaktsiyalar. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: gastroezofagal reflyuks yoki baliq hidi yoki mazasi bilan kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida surunkali pankreatitning zo‘rayishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surunkali xoletsistit va pankreatitni zo‘rayishi, gepatobiliar tizim kasalliklarini zo‘rayishi, o‘t-safro tosh kasalligi, gemorragik sindromni o‘z ichiga oluvchi patologik holatlar. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilish qon ketishi vaqtini oshishiga yordam beradi. Varfarin bilan bir vaqtda qabul qilish gemorragik asoratlarning rivojlanishiga olib kelmaydi (lekin majmuaviy qabul qilishda yoki preparat bilan davolash kursi to‘xtatilganidan keyin protrombin vaqtini nazorat qilish kerak). “VITRUM® KARDIO OMЕGA-3” preparatini qabul qilish vaqtida Ye vitaminini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish tavsiya qilinadi. Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta’siri haqida ma’lumotlar Ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ol00000olmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

10-300S haroratda, quruq joyda.

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: epigastral sohasida og‘riqlar, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya). Davolash: simptomatik, preparat bekor qilish.

Retseptsiz

Kapsulalar. 60 kapsuladan xuddi o‘sha materialdan bo‘lgan buraluvchi qopqoqli va folga himoyalovchi klapanli va polietilen himoya tasmali polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan o‘raladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.