Vitrum bebi rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Betakaroten900mkg1)Kolekaltsiferol (D3 vitamini)5mkg2)d-alfa Tokoferol atsetati (Ye vitamini)4,5mg3)Askorbin kislotasi (S vitamini)60mgTiamin mononitrati (V1 vitamini)0,7mgRiboflavin (V2 vitamini)0,8mgPiridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)1mgTsianokobalamin (V12 vitamini)1,1mkgNikotinamid10mgBiotin20mkgFolat kislotasi150mkgPantoten kislotasiga qayta hisoblaganda kaltsiy panotenati3mgFitomenadion (K1 vitamini)10mkgKaltsiyga qayta hisoblaganda kaltsiy karbonati100mgMagniyga qayta hisoblaganda magniy oksidi40mgTemirga qayta hisoblaganda temir fumarati9mgMisga qayta hisoblaganda mis oksidi1mgRuxga qayta hisoblaganda rux oksidi10mgMarganetsga qayta hisoblaganda marganets sulfati1mgXromga qayta hisoblaganda xrom xelat aminokislota tuzi20mkgMolibdenga qayta hisoblaganda natriy molibdati20mkgSelenga qayta hisoblaganda natriy selenati25mkgFosforga qayta hisoblaganda kaltsiy gidroksid fosfati20mgYodga qayta hisoblaganda kaliy yodidi80mkg

Preparatning savdo nomi:

Vitrum bebi

Farmakalogik guruhi:

Polivitamin vosita + Minerallar.

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar.

och-kulrangdan to zarg‘aldoq kulranggacha rangli, birmuncha och va to‘q dog‘lari bo‘lgan, yengil meva – vanil ta’mi va xidili, hayvonlar shaklidagi chaynaladigan tabletkalar.

Polivitamin vosita + Minerallar.

3-5 yoshli bolalarda preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlar yoki mineral moddalarining yetishmovchiligini oldini olish: – bolalarda jadal o‘sish va rivojlanish davrida; – o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davrida; – muvozanatlanmagan yoki sifatsiz ovqatlanishda; – yuqori jismoniy va emotsional yuklamalarda.

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga 1 tabletkadan. Ichga, ovqatdan keyin, tabletka chaynab qabul qilinadi. Preparatni qabul qilish kursi – 2-3 oy. Takroriy kurslar shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Siydik to‘q-sariq rangga bo‘yalishi (bu xavfli emas, chunki preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi bilan bog‘liq), ahlat to‘q rangga bo‘yalishi (bu xavfli emas, chunki preparatning tarkibida temir bo‘lganligi bilan bog‘liq) mumkin.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, A va D gipervitaminozi, Vilson-Konovalov kasalligi, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun A, Ye, D vitaminlar va temir saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Tavsiya etilgan dozalar oshirilmasin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 10-30oS haroratda.

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, holsizlik, me’da-ichak buzilishlari. Tasodifan doza oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qiling. Davolash: ichga faollashtirilgan ko‘mir buyurish, me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Chaynaladigan tabletkalar. 30 yoki 60 chaynaladigan tabletkalar burab yopiladigan himoyalovchi folgasi bo‘lgan qopqoqchali va folgali himoyalovchi klapanli polietilen flakonlarda. Flakonga yorliq yopishtiriladi, flakon polietilen plyonka bilan yopiladi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, rangli varaqa bilan ta’minlangan karton qutilarga joylashtiriladi.

5 yil.