Vitomatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 3 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: V1 vitamini (tiamin gidroxloridi)                   25 mg; V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)          5 mg; V12 vitamini (tsianokobalamin)                           375 mkg; V5 vitamini (kaltsiy pantotenat)                       3 mg; yordamchi moddalar: benzil spirti, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Vitomat

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

qizil rangli tiniq eritma.

vitaminlar

A11DB

Parenteral yuborilganidan keyin tiamin gidroxloridi inyektsiya joyidan tez so‘riladi va organizmda taqsimlanadi. Qonda kontsentratsiyasi nisbatan past, bunda plazmada asosan erkin tiamin aylanadi, eritrotsitlarda va leykotsitlarda – uning fosforli efirlari aylanadi. Fosforlanishi jigarda kechadi. Eng faol fosforli efiri koferment faollikka ega bo‘lgan tiamindifosfatidir. Taxminan 1 mg V1 vitamini har kuni metabolizmga uchraydi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Biologik yarim parchalanish davri – 0,35 soat. Yog‘larda kuchsiz erishi tufayli, organizmda tiamin gidroxloridini to‘planishi yuz bermaydi. Gematoentsefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ona sutida aniqlanadi. V6 vitamini fosforlanadi va piridoksal-5-fosfatgacha oksidlanadi. Qon plazmasida piridoksal-5-fosfati va piridoksal albuminlar bilan bog‘lanadi. Xujayra membranasi orqali o‘tish uchun albumin bilan bog‘langan piridoksal-5-fosfati ishqoriy fosfataza orqali piridoksalga gidrolizlanadi. Vitaminning taxminan 80% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Piridoksin gidroxloridi butun organizm bo‘ylab taqsimlanadi, yo‘ldosh orqali va ona sutiga o‘tadi. Organizmda 40-150 mg V6 vitamini saqlanadi, uning kundalik chiqarilish tezligi, o‘rnini to‘ldirilish tezligi 2,2-2,4% bo‘lganida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil etadi. Jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasigacha oksidlanadi, u so‘rilganidan keyin maksimum 2-5 soat o‘tgach siydik bilan chiqariladi. V12 vitamini parenteral yuborilganidan keyin tashiluvchi oqsil komplekslarini hosil qiladi, ular jigar, suyak ko‘migi va boshqa a’zolar tomonidan tez so‘riladi. V12 vitamini safroga tushadi va ichak-jigar aylanishida ishtirok etadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Quyidagilar kabi nevritlar va nevralgiyalarni davolash: uch shoxli nerv nevralgiyasi;qovurg‘alararo nevralgiya;ishias;bel sindromi (lyumbago);pleksit (bo‘yin va yelka chigali);umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklari oqibatidagi tugunli nevritlar;prozoplegiya (yuz nervini shikastlanishi).

Mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Og‘ir (o‘tkir) holatlarda: sutkada 1 ampuladan o‘tkir simptomlar yo‘qolgunicha yuborladi. Simptomlar yengillashganidan so‘ng yoki o‘rtacha og‘irlikdagi holatlarda: 1 ampuladan haftada 1-3 marta yuboriladi. Davolash muddati kasallikning xarakteri va kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan belgilanadi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, bezovtalik hissi. Teri tomonidan: toshma, qichishish, eshakemi. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda angionevrotik shish, anafilaktik shok bo‘lishi mumkin. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng nojo‘ya samaralari yo‘qolishi kerak. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.

Preparatning komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Piridoksin gidroxloridi yuqori dozalarda levodopaning terapevtik samarasini pasaytirishi mumkin. Gidralazin yoki izoniazid bilan bir vaqtda buyurish piridoksinga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bemorlarda V12 vitamini bilan davolashga javoban xloramfenikolni yondosh qo‘llash bloklanishi mumkin.

Tavsiya etilgan sutkalik dozadan oshirish mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin homilador va emizadigan ayollar shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Dozasi oshirib yuborilganida davolash simptomatik va tutib turuvchi bo‘lishi kerak.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 3 ml dan ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.