Vitango rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Rodiola roza (Rhodiola rosea) ildizining quruq ekstrakti (1,5-5:1) (WS®1375) – 200 mg (ekstragent – 60% li etanol (m/m)), yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmeloza, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromeloza, stearin kislotasi, temir (II) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), ko‘pikka qarshi emulsiya (simetikon, metiltsellyuloza, sorbin kislotasi).

Preparatning savdo nomi:

Vitango

Farmakalogik guruhi:

umumiy tonusni oshiruvchi vositalar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, qizg‘ish-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

umumiy tonusni oshiruvchi vositalar.

A13A

Stress va toliqishning mental va jismoniy simptomlarini (toliqish, nevrasteniya, vegeto-tomir distoniyasi, ta’sirchanlik, zo‘riqish) oldini olish va yengillashtirish uchun qo‘llanadigan o‘simlikdan olinadigan adaptogen preparatdir.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2 tabletkadan ovqatlanishdan 30 minut oldin qabul qilish buyuriladi. Bir tabletka nonushtadan oldin, ikkinchisi tushlikdan oldin bir stakan suv bilan qabul qilinadi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shuningdek gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.

Rodiola roza ildizining ekstraktiga yoki dori vositasining yordamchi komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikdahomiladorlik va laktatsiya davrida12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Ta’riflanmagan.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka PVX/PVDX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

4 yil.